MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTINING YILLIK ISH REJASININING TUZISHILI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Muammoning o’rganilganlik darajasi: Tadqiqot jarayonida muammoning nazariy jihatdan ishlanganlik darajasini o’rganish yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash hamda maktabgacha ta’lim yo’nalishida bolalarni milliy tarbiyalashning o’ziga xos jihatlari bir guruh pedagog va psixolog olimlarimiz tomonidan yetarli darajada tadqiq etilganligini ko’rsatdi.
O`zbekistonda ta`lim tizimidagi ulkan yuksalishlar XX asrning 50-yillariga to`g`ri keladi. Bu yillarga kelib, maktabgacha tarbiya sohasida malakali oliy ma’lumotga ega bo`lgan kadrlar tayyorlashga kuchli ehtiyoj sezildi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorga binoan 1935-yilda Nizomiy nomli TDPI tashkil etildi va xuddi shu yildan boshlab, «Maktabgacha pedagogika» kafedrasi o`z faoliyatini boshlaydi. 70-yillik tarixiy davr mobaynida maktabgacha pedagogika kafedrasi katta ijodiy yo`lni bosib o`tdi.
O`zbekistonda maktabgacha tarbiya bo`yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash borasida tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik, o`quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda maktabgacha pedagogika kafedrasi namunali ishlarni tashkil etdi. 1954-yilgacha «Maktabgacha pedagogika» kafedrasining tashkil etilishi quyidagi bosqichlarda rivojlandi:
1928-29 yillarda Belinskiy nomidagi kechki pedagogika Instituti «Maktabgacha tarbiya bo`limi»ni 28 ta talaba bitirib chiqdi. Bular: 15 ta o`zbek va 13 rus guruhi talabalaridan iborat edi.
«Maktabgacha pedagogika» sohasi fani o`qituvchilari yetishmasligi sababli, bitiruvchilar bu fanni tinglash maqsadida Moskva shahriga yuboriladi. Toshkent shahriga bu mutaxassisilik yetakchi pedagog-olimlardan Flerina Ye.A., Chuvashev, Krasnogorskaya, D.V.Mendjeritskaya, A.M.Leushina, Rudnevlar taklif qilinadi.
Farg`ona shahriga esa Bass, Rudnik, Kvilg’man F.T lar yuboriladi. 1954-yilgacha 493 ta mutaxassis tayyorlandi. O`zbekistonning bir qancha viloyatlarida ham maktabgacha tarbiya bo`limi va fakultetlari jadallik bilan tashkil etildi.
1933-yilda Farg`ona pedagogika Institutida maktabgacha ta`lim mutaxassisligi bo`yicha 21 ta, 1936-yilda 18 ta kadrlar tayyorlandi, 1937-\yilda esa o`qituvchi kadrlar yetishmasligi tufayli tugatildi.
Qo`qon kechki pedagogika Institutida ham 1928-yilda maktabgacha tarbiya bo`yicha kadrlar tayyorlandi.
SHu yillardan boshlab, kafedra Z.A.Yagudina, L.Kai’ova, G.G.Korneeva, K.Saidalieva, S.A.Ishniyozova, A.G.Nazarova, E.M.Rozbaeva kabi o`qituvchilar bilan to`ldirildi.