Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish 2


II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi



Yüklə 75,54 Kb.
səhifə4/9
tarix02.06.2023
ölçüsü75,54 Kb.
#123567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTINING YILLIK ISH REJASININING TUZISHILI, MAQSAD VA VAZIFALARI

II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi 1. Maktabgacha ta`lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.
2. Quyidagilar: davlat boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari; davlat korxonalari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta`lim muassasasining muassislari bo`lishi mumkin.
3. Maktabgacha ta`lim muassasalari o`z ishining o`ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo`linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasi;
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar
mavjud bo`lgan bolalar uchun);
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan,
surunkali asoratlarga ega bo`lgan bolalar uchun).
4. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z nizomiga, bank muassasalarida
hisob raqamiga, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z
nomi ko`rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko`rsatilgan shtam’ga ega bo`ladi.
5. Maktabgacha ta`lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli
organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
III. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
6. Maktabgacha ta`lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va
maktabgacha ta`lim muassasasiga qo`yiladigan talablarga muvofiq bolalarni
tarbiyalashni, o`qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda
sog`lomlashtirishni ta`minlaydi.
7. Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim mazmuni O`zbekiston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan
dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z (mualliflik)
dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
8. Maktabgacha ta`lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda
qancha vaqt bo`lishi maktabgacha ta`lim muassasasi ustavi va muassisning qarori
bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki
vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yiladi.
9. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni o`qitish va tarbiyalash davlat
tilida va «Davlat tili haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq
boshqa tillarda olib boriladi.
10. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish
maktabgacha ta`lim muassasasiga yuklanadi hamda O`zbekiston Respublikasida
tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari,
ham maktabgacha ta`lim muassasalariga biriktirilgan sog`liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta`minlanadi, ular maktabgacha ta`lim
muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy
rivojlanishi, davolash-’rofilaktika tadbirlari o`tkazilishi, sanitariya-gigiena
normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog`liqni saqlash
organlariga yuklanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi
uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog`liqni saqlash
organlarida be’pul tibbiy ko`rikdan o`tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar
davlat tomonidan ajratiladigan mablag`lar doirasida belgilanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza
qilishni tashkil etish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
12. Maktabgacha ta`lim muassasasi nizomda qayd etilgan o`z maqsadlarini
va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar
bilan tuzilgan shartnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda
asosiy ta`lim dasturlaridan tashqari qo`shimcha pulli ta`lim xizmatlari ko`rsatishga
haqlidir. Pulli ta`lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy
ta`lim faoliyati o`rniga va uning doirasida ko`rsatilishi mumkin emas.

Yüklə 75,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin