MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTINING YILLIK ISH REJASININING TUZISHILI, MAQSAD VA VAZIFALARI
II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligining pedagogik asoslari 2.3 Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Sog’lom bola yili” Davlat dasturiga asosan
maktabgacha ta’lim muassasalari
(МТМ)ga qamrab olinmagan bolalarni
maktabga tayyorlashga mo’ljallab chop etilgan besh nomdagi («Nutq o’stirish,
o’qish va savodga tayyorgarlik», «Matematik tasavvurlarni shakllantirish»,
«She’riy asarlar to’plami», «Nasriy asarlar to’plami», «Sog’ tanda — sog’lom
aql») qo’llanmalarning joylarga yetkazilishi va ulardan oilalarning foydalanilishini
ta’minlash tartibi tasdiqlandi. «Mazkur tartib besh nomdagi rangli, suratli
kitoblarni manzilli ro’yxat asosida bosqichma –bosqich joylarga yetkazishni
ko’zda tutadi.
Unga ko’ra, jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
Avvalo, Respublika “Ta’lim-taminot” unitar korxonasi qo’llanmalarni
nashriyotdan qabul qilib olgach, ularning Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalariga yetib borishini ta’minlaydi.
Kitoblar tashkilotlar orqali taqsimotga asosan umumta’lim maktablari
kutubxonasiga yetkaziladi. Ularni tarqatish yuzasidan tuman(shahar) xalq ta’limi
muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlarining
buyrug’i chiqarilib, mas’ullar tayinlangach, qo’llanmalar ota-onalar va
maktabgacha ta’lim muassasalariga beriladi. Kitoblarda to’g’ri foydalanish
bo’yicha ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalariga yo’l yo’riq ko’rsatish
borasida ham muayyan vazifalar belgilanadi.
Jumladan, tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik
ta’minlash va tashkil etish bo’limlari metodistlari, maktabgacha ta’lim
muassasalari pedagoglari o’z hududlaridagi 5-6 yoshli farzandlari maktabgacha
ta’lim muassasasiga qamrab olinmagan oilalarga besh nomdagi qo’llanmalardan
foydalanish yuzasidan maslahatlar berishadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014-yil – “Sog’lom bola
yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tuman(shahar)dagi barcha ta’lim
muassasalarida sog’lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning
rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish,
ularda hamkorlik asosidagi ta’lim tarbiyani yanada oshirish, ularni yuqori malakali
va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash borasidagi ishlarning ko’lami yanada
kengaydi. Jumladan, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda
bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, bunda bevosita ta’lim
jarayonidagi hamkorlikka alohida e’tibor berish, ilg’or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, bolalar, ayniqsa,
qizlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo’yicha aniq chora
tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Barkamol avlodni tarbiyalashda «Oila, mahalla, ta’lim muassasasi
hamkorligi» konsepsiyasi asosida o’tkazib kelinayotgan «Sog’lom bolani
tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz», «Bola tarbiyasida oila va mahallaning
roli, ahamiyati va mas’uliyati» kabi mavzulardagi tadbirlar, davra suhbatlari,
uchrashib va kechalar tumandagi barcha ta’lim muassasalarida reja asosida amalga
oshirilmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarning bilim va ko’nikmalarini
mustahkamlashga puxta zamin yaratadi.
Tarbiyalanayotgan bolalarning nutqini oshirish, ularning fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, kelgusida bolajonlarning yuksak iqtidor egasi bo’lib kamolga
yetishida muhim o’rin tutadi.
Bugungi davr talabi sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga
yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko’rsatiladigan yordam hamdamadadni
kuchaytirish, ta’lim muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-
sharoitlarni yaratishdan iborat. Shu boisdan sog’lom bolani tarbiyalash bo’yicha
ilg’or xalqaro tajribalar keng ko’lamda o’rganilib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Shu jumladan ta’lim tizimidagi hamkorlik ishlari yoshlarni bilimli ilg’or,
qiziquvchanlik fazilatlarini, iqtidorini oshirish yo’lidagi yana bir samaradorli ishlar
sirasiga kiradi.