Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə17/20
tarix02.01.2022
ölçüsü93,84 Kb.
#40274
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni
Shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. Undan, MTTlari ta’lim-tarbiya jarayonida foydala- nishda qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga ega bo’lib, ular animasiya bilan berilgan bo’ladi.

Ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o’ziga jalb etadi (dinamik vosita).

Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTTlari ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus tashkilotdan taiqari, har bir MTT tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin.

DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha



afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi.

MTTlarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo’lish mumkin:

  1. Monitor ekranidan to’g’ridan-to’g’ri bilim berishga mo’ljallangan vositalar (elektron ko’llanma, mashg’ulotlar ishlanmasi, kompyuterli "ekskursiya ", kompyuterli ta’lim o’yinlari va h.k.).

  2. Ko’rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun mo’ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va h.k.).

MTT bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali, harakatlanuvchi, rangli, multifikasiyali va jozibali bo’lishi shart.

So’nggi yillarda ta’lim tashkilotlarida keng foydalanish uchun Respublikamizda multimedia ta’lim vositalarini ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan. Jumladan, shunday ta’lim manbalari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi "Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi"da tayyorlanmoqda. Ikkinchi manba, Internet ashyolari hisoblanadi. Internet veb-sahifalariga turli sohdlar bo’yicha, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ko’plab multimedia vositalari joylashtirilgan. Tegishli veb-saytlardan multimedia vositasini topib, ulardan MTTlarining ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanish maqsadga muvofikdir.



Yuqorida aytilganlarga qaramay, Respublika MTTlarida foydalanishga mo’ljallangan tayyor multimedia vositalari yetarli emas. Shuning uchun, har bir MTTda tarbiyachining o’zi multimedia vositalarini tayyorlashi va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishi maqsadga muvofiq. Quyida MTTlarida multimedia vositalarining ba’zi turlarini tayyorlash va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari ustida to’xtalamiz.

Odatda multimedia vositalarini ikki: dasturli va rolli usullarda tayyorlash mumkin.



1. Dasturli usul. Dasturli vositalar tayyorlashda Powyer Point, Macromedia Flash kabi dasturlardan foydalaniladi.

Mashg’ulot ishlanmasini tayyorlash. Mashg’ulot ishlanmasi deganda monitor

ekraniga chiqarib, tarbiyalanuvchilarga o’rgatishga mo’ljallangan mashg’ulot materiali va mazmuni tushuniladi. Quyida ekologik ta’lim- tarbiyaga oid "Toza

havo - dardga davo" mavzusi bo’yicha mashg’ulot ishlanmasini tayyorlashni ko’rib chiqamiz.

Avval mashg’ulot mavzusi anig’lanadi, so’ngra ishlanmani tayyorlash uchun quyidagicha algoritm tuziladi: ekin maydonini tayyorlash, gul urug’i sepish, ekish, sug’orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona o’tlardan tozalash, parvarish qilish, gullarni o’sishini kuzatish, gullardan zavqlanish.



Ishlanma tayyorlash algoritmi:

  1. Shu lavhalarga oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi (to’planadi).

  2. Ushbu fotosuratlar skaner yordamida fayl sifatida saqlanadi va kompyuter xotirasiga kiritiladi.

  3. Powyer Point dasturidan foydalanib, animasiya effektlari yordamida multimediali taqdimot materiallari tayyorlanadi.

  4. Mikrofon tovush platasiga (adapteriga) ulanadi va tarbiyachi fotosuratlar mazmuniga qarab mos holda ovoz beradi hamda taqdimot materiallarini sharhlab boradi (1-ilova).

Slayd tayyorlash. Slayd tayyorlash uchun Powyer Point dasturidan foydalanish mumkin. Microsoft Powyer Point universal, imkoniyatlari keng bo’lgan ko’rgazmali amaliy dasturlar qatoriga kiradi. Powyer Point dasturi yordamida matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya samaralari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlar va taqdimotlar yaratiladi, ya’ni multimediali ta’lim vositasi tayyorlanadi.

Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish, shuningdek, ba’zi joylarda malumotlar bazasi sifatida hamqo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boiqarish va ularni qo’llab namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarni bajarish mumkin.

Slayd - ma’lum bir ulchamga ega bo’lgan muloqot varakdari hisoblanadi. Unda biron maqsad uchun yaratilayotgan va namoyish etishga mo’ljallangan materiallarning elementlari joylashadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazma yoki mashg’ulot materialini kompyuter ekranida yoki elektron doskada namoyish qilish mumkin.

Slayd tayyorlash uchun birinchi navbatda Powyer Point dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun, Windows ish stolidagi quyidagi buyruqdarni bajarish kerak: "PUSK - Programmы - Microsoft Powyer Point". Bu buyruqlar "Sichkoncha"ning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.


Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin