Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə19/20
tarix02.01.2022
ölçüsü93,84 Kb.
#40274
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish

X U L O S A



Maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturlarida belgilanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorlarni andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruchi kuchidir» deyiladi.

Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib

chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir.

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o’stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat.

Shunga ko’ra, tarbiyachi mashg’ulotlarda turli o’quv pedagogik dasturlardan, elektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalansa tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg’ulotda majburiy bilim berish bo’lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi. MTTlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Ushbu bitiruv ishida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini aqliy va axloqi jihatdan tarbiyalashda multimedia va axborot texnologiyalarilardan foydanishning nazariy jihatlariga to’xtalib o’tgan.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, kompyuter texnologiyalaridan maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida foydalanishning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin.

MTTda tarbiyaviy jarayonning kompyuterli qo’llab-qo’vvatlanishi uchun dasturiy metodik vositalar yaratish; maktabgacha ta’lim jarayonini

kompyuterlashtirishning psixologik va ijtimoiy oqibatlarini tadqiq qilish va baholash metodikalarini o’rganish; kompyuter texnologiyalaidan foydalanuvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlovchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun metodik kurslarni ishlab chiqish lozimdir. Kuzatishlar shuni ko’satadiki, 80-90 % bolalar kompyuter o’yinlarini o’ynashga qiziqishar ekan. Bundan dalolat beradiki yosh bolalarni qiziqishlariga qarab turli xildagi o’yinlar, mashg’ulotlar, rangli tas’virdagi chizmalarni ko’rsatish orqali ularning dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini shakllantirish mumkin ekan. Ushbu kurs ishda mazkur masalalarga oydinlik kiritidi va uning nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilindi.


Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin