Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə2/20
tarix02.01.2022
ölçüsü93,84 Kb.
#40274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish

KIRISh
Mavzuning dolzarbligi: Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratayotganimiz bejiz emas,— Yoshlar tarbiyasiga bugundan e’tibor bermasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin” deb aytgan gap bugungi kunda MTT sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga zamin bo’lmoqda. O`zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek, -“Tarbiya sohasi islohati bugungi kunning eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammodir”. Darhaqiqat, huddi shunday. Biz tarixda misli ko‘rilmagan yangi jamiyat qurmoqdamiz. Bu jamiyatning tamal toshini qo‘yish bizning zimmamizga tushgan ekan, uni bajarish mas’uliyatini to‘g‘ri anglash, vijdon amri bilan ado etish g‘oyat murakkab va sharafli burchdir. Ziyolilar bu burchni qanchalik iftixor bilan ado etsalar, mustaqil imoratni poydevori shunchalik baquvvat bo‘ladi. Muhataram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak1” deb aytgan gaplari har bir MTT hodimlarining shioriga aylandi.

Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan.

Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi.

Mamlakatimizda Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin ta’lim-tarbiya ishlariga jiddiy e’tibor berildi.

Jumladan, ta’lim qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturning hamda tegishli me’yoriy hujjatlarning qabul qilishni sohada tub islohatlarning amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturlari “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat” g’oyasiga asoslanadi va unga xizmat qiladi. Ana shu buyuk maqsad mamlakatimizning barcha qatlamlarini va halqimizni birlashtiradi.

Barkamol avlodni shakllantirish dastlab oilada, sungra maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshiriladi. Bu borada Birinchi prezident I.Karimovning "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch" asarida "Ko’p yillik ilmiy kuzatish va Kurs ishilar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha axborotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.

Kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi.

Multimediali kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik



xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida nomoyon bo’ladi:

  1. ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3) musiqada; 4) animasiyada; 5) multifikasiyada.

O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldiki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni MTTlarda samarali qo’llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin