Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni



Yüklə 450,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix05.01.2023
ölçüsü450,69 Kb.
#78490
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan ta



Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan talablar. 
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni 
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning 
muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, 
kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan 
savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) 
birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash 
xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni 
bajaradi. 
Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib 
qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni 
ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror 
kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, 
shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, 
barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi yo‘lboshchisi 
bo‘ladi. 
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, 
qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir. 
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek 
muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining 
siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z 
ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z 
mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga 
ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini 
bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. 
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-
yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi 
murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni 
jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol 
qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari 
uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, 
tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», 
«Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq 
ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga 
bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh .M.Mirziyoev tashabbuslari bilan 
jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, 
turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini 
oshirish 
ilmiy-metodik 
markazlari 
kengaytirilmoqda, 
ularning 
siyosiy 
tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari 
uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. 



Yüklə 450,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin