Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari,
kattalarning mehnati haqida boshlang’ich
bilim va tushunchalar beradi, ularga
madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish
odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat,
jasurlik, kamtarinlik,
kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish,
kuzatuvchanlik, o‘simlik va
hayvonlarga g’amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati
natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Xalq san’ati, musiqa, ashula,
adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga
muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida
yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir izchillik
bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi
natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish
uchun maxsus
tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli
bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan
ishlay oladigan, ilg’or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq
eta oladigan bo‘lishi;
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini
to‘g’ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi;
3.
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun
pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda
texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka,
ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan
foydalanishi;
4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha
faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg’ota olish, ularning diqqatini jalb kilib, faolligini
o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi;
6. Kun tartibini to‘g’ri tashkil eta bilishi, bolalar
jamoasiga undagi har bir
a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan
amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi;
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar
o‘tkazib, axborot almashtirib turishi;
9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola
uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntira olishi;
10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini
tahlil qila bilishi va uni
yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.
Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning
mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g’ri
taqdirlashi va mustaqil
faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.