vatanparvarlik va xizmat burchiga sodiqlik – vazirlik tizimi xodimlari o‘z faoliyatini ma’naviy va vatanparvarlik qadriyatlari, Vatanga sadoqat, xizmat burchiga sodiqlik asosida jamiyatning tizimga bo‘lgan talabini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Vazirlik tizimi xodimlari o‘z xizmat burchlarini shaxsiy xayrihoxlik, o‘z manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qatiy nazar bajaradilar; davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat – maktabgacha ta’lim tuzilmalari va tashkilotlarining xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga hamda davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlashga to‘sqinlik qiladigan shaxsiy manfaatdorligi ta’siri bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zlarini tiyishlari lozim;adolat, xalollik va xolislik – vazirlik tizimiga murojaat qilgan barcha shaxslarga nisbatan adolatli, xalol va xolis munosabatda bo‘lishni ta’minlaydilar; professionallik va kompetentlilik – vazirlik tizimi xodimlari tizimning asosiy qadriyati bo‘lib hisoblanadi, ularning malakasi, ishonchi, ezgu niyati, hamkorligi va jamoaviy ruhi qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda sohani takomillashtirish imkonini beradi. Vazirlik tizimi xodimlari professionallik, benuqson ishchanlik obrusi, jamoada qulay ma’naviy va ruhiy muhitni yaratishda yordam berish, shuningdek, hamkasblari bilan samarali bilim va tajriba almashishni ta’minlashi majburiydir; samaradorlik va tejamkorlik – vazirlik tizimi o‘z faoliyati samaradorligini oshirishni, jumladan, erishilishi jamiyat va davlat farovonligini oshirish imkonini beradigan strategik vazifalardan biri sifatida ichki boshqaruv, fuqarolar, tashkilotlar va davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar tizimini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda ko‘rib chiqadilar. Soha xodimlari, o‘z navbatida, tizimning mulkiga, o‘zining va boshqa xodimlarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. O‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning axloqiy xulq-atvorini shakllantirishda quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish zarur:
o‘z mansab majburiyatlarini bajarishda xodimlarining odob-axloq qoidalari”da belgilangan odob-axloq normalari va tamoyillariga so‘zsiz rioya qilinishida shaxsiy namuna ko‘rsatish; – xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarda halol bo‘lish, ularning takliflari, g‘oyalari, talablari va shikoyatlariga o‘z vaqtida javob berish; – kamsitishga oid siyosatga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarga mehnatga haq to‘lash va xizmat bo‘yicha ko‘tarilishida teng huquq va imkoniyatlarga kafolat berish; – xodimlarga ularning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan sharoitlarni yaratish; – xodimlar bilan munosabatlarini uzoq muddatli hamkorlik qilish, maqsadlar umumiyligi, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va hisobga olish, ijtimoiy sheriklik asosida o‘rnatish; – manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilish bo‘yicha o‘z vaqtida birlamchi choralarni ko‘rish; – korrupsiyani oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol qatnashadigan xodimlarni himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish; vazifalar doirasini aniq belgilab olish va bo‘ysunuvchi xodimlar o‘rtasida ularning mansabi va kasbiy layoqatidan kelib chiqib taqsimlash, xodimlarning lavozim majburiyatlari doirasidan chetga chiqadigan vazifalarni bermaslik; – xodimni asossiz ravishda rag‘batlantirish va lavozim bo‘yicha ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, g‘ayrihuquqiy harakatlarga e’tibor bermaslikka qarshi choralar ko‘rish (masalan, xodimlar tomonidan o‘z faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli darajada choralar ko‘rilmasligi); – xodimlarni majburiy mehnatda, jumladan, shahar hududlarini obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida, metall qoldiqlarini yig‘ishda, shuningdek, boshqa mavsumiy tadbirlarda qatnashishlarini oldini olish (tegishli tashkilot hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga katiy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik tashkil etilgan hollar bundan mustasno); – xodimlarni samarali boshqarish, ularning tizim mol-mulki va moliyaviy resurslari bilan ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lishlarini kuzatish;

o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar tomonidan mazkur qoidalar buzilishini oldini olishga bo‘lgan harakatsizligi uchun javob berish. – vazirlik tizimi rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar bilan munosabatlarda professional, halol va adolatli xulq-avtor namunasi bo‘lishi, qulay ish muhitini yaratishi hamda sohada ijobiy ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirishga ko‘maklashishlari lozim. – vazirlik tizimi rahbarlari nepotizm, favoritizm, mahalliychilik, homiylik, urug‘-aymoqchilik va boshqa belgilarga ko‘ra xodimlarni yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash,rag‘batlantirish yoki jazolash, shuningdek, ularga boshqacha sub’ektiv munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Maktabgacha ta’lim tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida odob-axloq qoidalarida rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Buyrug‘i (2021-yil 11-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i)da maktabgacha ta’lim tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilangan. Vazirlik tizimi xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar: – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirlik Hay’ati qarorlari, vazirning buyruqlari va ichki idoraviy hujjatlarini bajarish; – o‘z xizmat majburiyatini vijdonan va professional darajada bajarish; – yuqori turuvchi davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan farmoyishlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish; – o‘z faoliyatini qonunchilik va ichki hujjatlarda belgilangan kompetensiya doirasida amalga oshirishi; – o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ular ta’siridan o‘z mustaqilligini saqlab qolish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish; – xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilishi yoki ularni bajarishda biron-bir shaxsiy, mulkiy yoki boshqa manfaatlarga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlardan o‘zini tiyish; – xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish; – o‘z vakolatlaridan davlat organlari,
boshqa tashkilotlar yoki ular mansabdor shaxslari faoliyatiga noqonuniy aralashish maqsadida foydalanmaslik; – turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, ijtimoiy barqarorlik, millatlar va konfessiyalararo totuvlikka ko‘maklashgan holda O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining urf-odatlari va an’analarini xurmat qilish; – xodimlar tomonidan o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha o‘yg‘otishi mumkin bo‘lgan xulq-avtordan o‘zini tiyish va o‘z obrusi yoki soha nufuzini tahdid ostiga olishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldini olish; – egallab turgan lavozimi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, yuqori darajada ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lish, hamkasblariga, fuqarolarga va boshqa uchinchi shaxslarga xurmat, xushmuomalalik va xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish; – maktabgacha ta’lim tizimi ishi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatiga xurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, belgilangan tartibda ishonchli ma’lumotlarni olishga ko‘maklashish; – maxfiy axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish, shuningdek, maxfiy axborot va shaxsiy ma’lumotlarni nobud qilish, yo‘qotish, o‘zgartirish, oshkor qilish, zarar yetkazish, ruxsatsiz foydalanish xavfidan tegishli darajada himoya qilinishini ta’minlash; – haqoratli, hurmatsiz va kamsituvchi xulq-atvorda bo‘lishga, shuningdek, maktabgacha ta’limi tuzilmalari hamda tashkilotlari va/yoki ular xodimlarining obro‘siga putur yetkazadigan zo‘ravonlik yoki yolg‘on mish-mishlarni tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik; o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda xizmat xonalari, davlat mulki, moddiy-texnik bazadan hamda tizimni boshqa mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish;– xatlar va xizmat xabarlarini yetkazish va olishning tizimda belgilangan qoidalariga rioya qilishi; – qonunbuzarlik sodir etishga undab o‘ziga murojaat qilgan holatlar, shuningdek, vazirlik tizimi boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan va o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday qonunbuzarlik holatlari hakida o‘z rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslarni zudlik bilan xabardor qilish; – tizimdagi yangi va boshqa xodimlarga zarur amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish
hamkasblarini ularning kasbiy intilishlarida qo‘llab-quvvatlash; – mehnat intizomiga rioya qilish va ish vaqtidan samarali foydalanish, ish joyida va/yoki o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda alkogol, giyoxvand va boshqa taqiqlangan vositalarni iste’mol qilishdan, shuningdek, ish joyida alkogol yoki giyoxvand vositalar ta’sirida bo‘lish holatidan voz kechish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik; – hamkasblari va boshqa shaxslardan tanqidni tug‘ri qabul qilish, shuningdek, xolis e’tirozlar bo‘lganda xulq-atvorini o‘zgartirish; – berilgan vazifalarni bajarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tinch emotsional holatda bo‘lish. Siyosiy, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik, shuningdek, shaxsiy va boshqa sub’ektiv sabablar xodim tomonidan mazkur qoidalar talablarini buzishga asos bo‘lib hisoblanmaydi. Mehnat shartlari va xizmat turidan kelib chiqib, xodimning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishida tashqi ko‘rinishi fuqarolar tomonidan ommaviy hokimiyatni xurmat qilishga ko‘maklashishi, umumqabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, kamtarlik va intizomlilikni alohida ta’kidlashi lozim. Xodimlar ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan odob-axloq normalariga rioya qilishlari va axloqqa zid keluvchi xulq-atvordan o‘zlarini tiyishlari kerak. Tizimi xodimlariga xodim o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish muomalasida mehmondo‘stlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi.