Oylikishrejadaftariquyidagichatoʻldiriladi: ish rejaning titul varagʻi;
tasdiqlangan haftalik mashgʻulotlar jadvali; bir oylik mavzuli reja;
15 kunga moʻljallangan ertalabki badantarbiya mashqlari;
ota-onalar bilan ishlash rejasi;
rejaning asosiy qismida kundalik faoliyat turlari qayd etib boriladi.
11-04.Bolaningrivojlanishxaritasi.Yillikhisobot:
TPPK xulosasi asosida tashkilotga qabul qilingan kunidan аlohida extiyojga ega boʻlgan bola oʻquv yili davomida doimiy ravishda kuzatilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dastlabki kuzatish oʻquv yili boshida oʻtkaziladi (taxminan sentyabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlangʻich imkoniyatlari (boshlangʻich, ayni damdagi dolzarb rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning shu davrgacha erishgan yutuqlari, kuchli tomonlari,shuningdek oʻquv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda ularni hal qilish uchun pedagogning yordami talab qilinadi. Pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini toʻldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (+) bilan belgilaydi. Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari boʻyicha olib boriladi. Agar u yoki bu rivojlanish sohasidagi indikator (kutilayotgan natijalar) “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) “Pedagog izohi” ustunida eslatma yozishi lozim.
Alohida extiyojga ega boʻlgan bolalarda boshlangʻich imkoniyatlarini, joriy rivojlanish darajasini aniqlab, individual taʻlim yoʻnalishini tuzish hamda ushbu maʻlumotlardan foydalanish uchun 0 yoshdan boshlab belgilanishi maqsadga muvofiq.
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B – baʼzida kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki maʼlum vaziyatlarda).