T – tez-tez kuzatiladi (bola asosiy koʻnikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D – doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti- harakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish shu tartibga binoan oʻtkaziladi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim yillik oxiri (dekabr, yanvar)da oʻtkaziladi. Bunday kuzatishni oʻtkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning toʻgʻriligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish natijalariga koʻra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tugʻilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Oʻquv yili oxirida (odatda may oyida) pedagog yakuniy kuzatishni oʻtkazadi. Mazkur kuzatish asosida yil boshida qoʻyilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan koʻzda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatishni oʻtkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish kamida ikki hafta (yoki bir oy) mobaynida olib boriladi.
pedagog bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin.
Bolalarni kuzatish natijalariga ko'ra, ushbu bolaning rivojlanish sohalarida rivojlanishida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda, keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari aniqlanadi. 6-7 yoshli bolalarning yakuniy kuzatuvidan so'ng bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to'ldiriladi.
Yillikhisobot.(05-04indeksostidanamunasiko’rsatilgan)