Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.
Ta’limni ikki yo‘l bilan amalga oshirish muvofiqdir:
Birinchi yo‘l - bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati vash u kabilar bilan belgilanadi.
Ikkinchi yo‘li – maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv tashkilotlarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Aqliy tarbiya va ta’lim metodlari.
Kuzatish metodi: Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo‘llaniladi.
Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum ob’ektlarni kuzatishda etakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi: Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi. Bu bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o‘simliklar, kishilar hayoti bilan) qo‘llaniladi.
Xikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilish.O‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib berish.
Suhbat metodi: 3-4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o‘tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi.
Nazorat savollari.
“Yosh avlodni aqliy tarbiyalash mohiyatini ochib bering va uning xozirgi vazifalarni belgilang
Aqliy faoliyat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish bilish jarayonlari va qobiliyatlarini rivojlanishini ifodalaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashni asosiy vositalarni ta’riflang.
Bolalarga ta’lim berish jarayoniga tarbiyachi tomonidan yo‘laniladigan metod va usullarni ifodalang.