Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar shaxsini shakllantiruvchi faoliyat turlarini tashkil qilish



Yüklə 83,06 Kb.
səhifə4/8
tarix16.05.2023
ölçüsü83,06 Kb.
#114386
1   2   3   4   5   6   7   8
Alimova Zarnigor kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob, to‘rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
I.BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHLARINING SHAXSIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


1.1 Shaxsni komil inson sifatida rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o'yin, mehnat, o'quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o'ziga xos bo'lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijti moiy tajribani egallashga yordam beradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, yetakchisi bo'ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
Bola tug'ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o'zlashtirib olishi mumkin. Bu o'z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o'zlashtirishda etakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo'lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o'rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar - bu bir-biriga bog'liq bo'lmagan ikki parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo'shilib ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o'ta muhim bo'lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat deganda bolalar genetik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o'xshashlik, xususiyatlarning o'tishi tushuniladi. Irsiyatga ko'ra bolaga ota -onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg'u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o'tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo'yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o'tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko'zda tutadi. Psixologik ma'lumotlarga ko'ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo'la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo'lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog'liq.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo'lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo'lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o'rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va shu yo'l bilan hayoti va o'z tabiatini o'zgartiradi.
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin.
To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so'zlarini keltirishni joiz bilamiz «Yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz».SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta'sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir.
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa shaxsni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligin i namoyon etadi. SHaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir.
SHaxs rivojlanishining yosh va individual xususiyatlari. Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola organizmining o'sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin, Ushinskiy va Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o'tganlar.
Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz ishlashi, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zar
Ta'lim-tarbiya yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bu bola rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. SHaxs, shuningdek, individual, shaxsiy, o'ziga xos xususiyatlarga ham ega bo'ladi.
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam shaxs bo'lishi uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilanboshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo'ladi. U o'zining xarakteri qiziqishi va qobiliyati aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsni o'ziga xos xususiyati bo'lib, ana shu ruhiy xususiyatlari rivojlanib ma'lum bir bosqichga yetsagina u mukammal kamol topgan inson deyiladi. Shaxsning ijtimoiy voqe'likka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo'lgan munosabati turlicha,uning faollik darajasi va odob-axloq borasida yetukligi ham turlicha.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o'rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy -biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, deydilar.XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. "Tarbiya" arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: "Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga
yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir".
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): "Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi..." Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir..." deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: "Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi" degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch" nomli asarida: "Bu yorug' olamda har - bir odam o'zining mehribon ota
- onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnaddorlik tuyg'usi bilan yashaydi. Inson o'z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasi, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta'lim tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutahasis bo'lib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz"
Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u "mudroq" holda bo'lib, uning uyg'onishi - rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit - insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi.
Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti - insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit - ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi..Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
"Fozil inson o'z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi unga amal qiladi, fikrlaydi, o'z kasbining ustasi, lozim bo'lganda Vatani uchun jon fido qiladi." Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri".



Yüklə 83,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin