Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar shaxsini shakllantiruvchi faoliyat turlarini tashkil qilish



Yüklə 83,06 Kb.
səhifə3/8
tarix16.05.2023
ölçüsü83,06 Kb.
#114386
1   2   3   4   5   6   7   8
Alimova Zarnigor kurs ishi

Mavzuning dolzarbligi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o'yin, mehnat, o'quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o'ziga xos bo'lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijti moiy tajribani egallashga yordam beradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, yetakchisi bo'ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
Kurs ishining maqsadi: Bola tug'ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o'zlashtirib olishi mumkin. Bu o'z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o'zlashtirishda etakchi vazifani bajaradi.
Kurs ishining obуekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchilar.
Kurs ishining vazifalari:
- Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar shaxsiga ta’sir etuvchi omillar;
- Tarbiyalanuvchilar shaxsini shakllantiruvchi faoliayat turlar mazmuni;
- Bolalar shaxsiga ta’sir etuvchi omillar;
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha pedagogika fani shaxsning kamolotiga yetishning murakkab va ziddiyatli jarayon deb beradi. Shaxsning kamolga yetishishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari yuksak bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma’naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi. Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini takomillashtirib boradi. Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.

Yüklə 83,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin