Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar shaxsini shakllantiruvchi faoliyat turlarini tashkil qilish


II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA FAOLIYAT TURLARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI



Yüklə 83,06 Kb.
səhifə6/8
tarix16.05.2023
ölçüsü83,06 Kb.
#114386
1   2   3   4   5   6   7   8
Alimova Zarnigor kurs ishi

II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA FAOLIYAT TURLARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI


2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat turlarini tashkil etishga qo`yiladigan talablar

Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o‘yin, mehnat, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi.


Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma tizimini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekinasta murakkablashtirib boriladi.
Tarbiyachi maktabgacha ta’lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g‘oyaviytarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g‘oyaviy-siyosiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo‘lgan ijodiy munosabatiga bog‘liq. Bolaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati ko‘proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi. Tarbiyachining o‘ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi – bolaning ruhiyatini, yosh va o‘ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir. Tarbiyachi o‘z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o‘ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o‘ziga xos xususiyatlarni (zararli bo‘lsa) yo‘qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo‘yadi. Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo‘lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta’siri juda katta bo‘ladi. CHunki bu davrdagi har bir ta’surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo‘r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo‘lish – fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo‘lmaydi. Mashg‘ulotda tarbiyachi o‘z ovozidan qurol sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq ta’sir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiqroq va qat’iy tapirish mumkin, ammo bunda so‘z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta’sir etishi lozim.
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqiyoti asosi bo‘lgan jismoniy rivojlanishiga alohida e’tibor berishi lozim.Bolaning ko‘p vaqt harakatsiz o‘tirishi uning sog‘lig‘i uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi.
Bolaning ko‘p harakatlarni o‘tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto‘g‘pi o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirib borish maqsadga muvofiqdir.Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch, quvnoq muhitni tashkil etish lozim. Bolani: «Tezroq yuvininglar – nonushtaga kech qolyapmiz», «O‘yinchoqni tezroq yirishtiringlar, sayrga yoki mashg‘ulotga kech qolyapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas. Ta’lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har bir bola faol ishlasin va har biri ijobiy natijaga erishsin.Bolalarning mashg‘ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida qo‘llanilishi mumkin.
Bolalar olgan bilimlarini qo‘llay olishlari ularning yaxshi o‘zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya’ni ular hech qanday qiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta’limning amaliy ahamiyati ham ana shundan iboratdir. Bu mashg‘ulotlar odatdagi mashg‘ulotlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: Bolalar olgan bilimlaridan o‘z o‘yinlarida keng foydalanadilar: rasm chizish, qirqib olish, qurish-yasash sohasidagi malakalarni qo‘llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar, inshootlar barpo etadilar va hokazo. Olingan bilimlar turli xil o‘yinlarning mazmunida aks ettiriladi.
Bolalar hayotini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Kunning birinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish. Bolalarning bog‘chada 9-12 soat bo‘lishi kun tartibida belgilab qo‘yilgan. Bunda ertalabki qabul muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiyachi bolalarning bog‘chadagi vaqti qiziqarli, sermazmun o‘tishini ta’minlaydi. Shunday qilib, kun davomida bolalar hayotini tashkil etishdagi talablar quyidagicha:
1.Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shartsharoitlar yaratish.
2.Har bir yosh guruhida faoliyat turlarini almashtirib borish va bolalarning harakat faolligini etarlicha ta’minlash.
3.Mashg‘ulot, o‘yin, mehnat, maishiy faoliyat o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish.
4.Bolalarning olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini mustaqil faoliyatlarida qo‘llay olishga o‘rgatish va bolani faol bo‘lishga, har doim biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lishga o‘rgatish.
5.Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan ko‘zatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
6.Bolalarning butun faoliyatiga arbiyachining rahbarligi, kun tartibiga qatiy rioya qilish.
Mashg‘ulot-tarbiyachining bolalarni kerakli bilim va malakalardan umumiy holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigienik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg‘ulot egallaydi.
U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda bolalar uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak, mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi.
Bolalar ishiga zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi.
Xulosa qilib aytganda, mashg‘ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil qilinadi. Mashg‘ulot paytida bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, hikoya qilinayotgan voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.


Yüklə 83,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin