“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”


MTT rahbarining o’z imidjini yaratish imkoniyatlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix20.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132904
1   2   3   4   5   6   7   8
625456 (1)

4.MTT rahbarining o’z imidjini yaratish imkoniyatlari 
 
Imij – (ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki 
boshqa ijtimoiy ob’ektga nisbatan yuzaga keluvchi, idrok etilayotgan ob’ekt 
haqidagi axborotni o’zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat 
etadigan muayyan sintetik obraz.
Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom fikri, 
muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs,
kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali 
kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va shogird 
an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, 
hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual. 
Rahbar imijini taqdim etish – birinchi ta’surot qoldirish. Menkonsepsiyasi, qabul 
qilish. Vositalari: muloqot o’rnatish, tabassum qilish, qo’l siqib ko’rishish, ismi 
sharifi bilan chaqirish, vizitkalar bilan almashish, do’stona munosabat o’rnatishda 
xajviyadan foydalanish, ko’z qarashlarda so’zlarni ifoda etish. Ko’zlar inson 
qalbining ko’zgusi hisoblanadi. Qat’iy, o’ziga ishonch qarashlar – qat’iyatli imij 
sanaladi. Atrofdagilarga innovatsiyani olib kirish. 
Imijni boshqarish – vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq ruhiy 
holat, hayajonni boshqarish. Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda, 
ishda), uy, ishxona, farzand tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash, 
ong ostida omadni dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda 
o’z vaqtida muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, 
mehnat unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv, 
uyishxonada emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish, 
innovatsiyani pozitiv qabul qilish, turli his-hayajonni bartaraf etish monitoringini 
olib borish, g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish” usuli 
ham deyishimiz mumkin. 
Imij turlari 
1. KORPORATIV IMIJ (kompaniya, firma, korxona, muassasa, siyosiy partiya, 
jamoat tashkiloti va hokazolarning imiji);
Ob’ektiv – sub’ektiv. Bu tashkilot (korxona, korporatsiya) faoliyatining sirtdagi 
ko’rinishlari sifatida tushuniladi. Bunda tashkilot (korxona, korporatsiya) 
mahsuloti, xodimlarining uniformasi va xulq-atvor uslubi, korporatsiya doirasidagi 
munosabatlar kiradi.
Tabiiy – sun’iy. Tashkilot imijini ikki xil usul yordamida yaratish mumkin. 
Birinchisi, kompaniya tovarlarini xarid qilish, xizmatlaridan foydalanish. 
Ikkinchisi, o’ziga vazifa “yuklash” xususiyatlariga qaratilgan. 
Kognitiv – emottsional. Tashkilot imiji xayoliy obrazlar va ruhiy komponentlar 
yig’indisi sifatida tavsiflanadi. Xayoliy obrazlarga kognitiv jarayon tavsiflari, ya’ni 
eshitish va ko’rish orqali axborot olinganidan so’ng yaratiladigan obrazlar 
vositasida fikrlash tizimlari kiradi. Imijning emotsional jihatlariga ayni holda 
assotsiatsiyalar, sezgilar, ruhiy holatning shaxsiy xususiyatlari, sharoit ta’siri va 
hokazolar kiritiladi.
Imij vazifalari: 


48 
Hozirgi zamon odamini tarbiyalash;
-turli soha mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirish; 
-kasbiy faoliyatning piar bo’yicha mutaxassis, stilist, imijmeyker kabi turlarini 
farqlash; 
-odamlarga xos bo’lgan jismoniy tortinchoqlikni engish va ularning ma’naviy boy 
dunyosini namoyon etishga yordam berish; 
-shaxsda yashirinib yotgan ijobiy fazilatlarni aniqlash va ularni ro’yobga 
chiqarishga yordam berish; 
-turli yoshdagi odamlarga imij haqida bilimlar berish, ularni o’zlashtirishda hamda 
shaxslararo va ishga doir munosabatlarni yo’lga qo’yishda ushbu bilimlardan 
mohirona foydalanishda ko’maklashish.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi,
barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; 
- maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar 
doirasida tasarruf etadi; 
- ishonchnomalar beradi; 
- bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi; 
- maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga 
qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko'radi va 
ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to'xtatadi; 
- o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi; 
- maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish, moddiy
bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash 
bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'limni boshqarish yuqori
organiga kiritadi; 
- bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o'quv-
tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining 
mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan
hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida bolalarni . tarbiyalashda yuksak
natijalarga erishishga qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi;
kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko'rsatish,
mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan
kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini,
umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam
o'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda 
va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional
va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun 
ma'muriyat ruhiy- pedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan 
organik uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini bevosita maktabgacha


49 
ta'lim muassasasida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik 
harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa
aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. 


50 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin