Maktabgacha yosh davrida tafakkur buzilishi reja: kirish I bob maktabgacha yosh davrida tafakkur


I.1 Maktabgacha yosh davrida bolalarga xos psixologik pedagogik xususiyatlar



Yüklə 49,07 Kb.
səhifə4/12
tarix12.03.2023
ölçüsü49,07 Kb.
#87495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishim

I.1 Maktabgacha yosh davrida bolalarga xos psixologik pedagogik xususiyatlar

Maktabgacha yoshi – bu bolaning atrofida dunyoni faol o’rganadigan davri. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’zlarining psixologik rivojlanish xususiyatlariga ega. Yurish boshlaganida, bola juda ko’p kashfiyotlar qiladi, xonada, ko’chada, bolalar bog’chasida joylashgan narsalar bilan tanishadi. Turli narsalarni yig’ish, ularni o’rganish, mavzudan kelib chiqqan tovushlarni tinglash, bu ob’ektning qaysi fazilatlari va xususiyatlari borligini biladi.


yoshligida bola, shimgich kabi, barcha ma’lumotlarni so’radi. Olimlar ushbu yoshlik davrida bolaning bu ma’lumotni esga olishini, bundan keyin u hayotda hech qachon eslamasligini isbotlangan. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Bolalarda turmush tajribasining ko‘payishi, ikkinchidan, nutqning nisbatan o‘sganligi, bolalarining juda ko‘p erkin va mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari bunga sabab bo‘ladi. Bolalar o‘zlarining mustaqil harakatlari davomida atrofidagi turli xil narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va, nihoyat, umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi. 3 yoshdan oshgan bolalarning tafakkuri ko’rgazmali-obrazli xarakterga ega bo‘ladi. Ular o‘zlarining mulohazalarida mavhum tushunchalarga emas, balki ko‘z o‘ngidagi aniq narsalarga asoslanadilar. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur ko‘rgazmali-harakat tafakkuriga qaraganda nutq bilan ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Bu davrda ham bolalarning turli faoliyatlarida aniq obrazli tafakkur bilan nutq birg, ya’ni ketma-ket amalga oshiriladi. Bolalar ko‘z o‘ngidagi turli narsalar haqida mulohaza yuritganlarida bu narsalarning nomlarini ataydilar. Lekin bu yoshdagi ba’zi bolalarning mulohazalarida so‘zlarga nisbatan obrazlar katta o‘rin egallaydi. Ularning tafakkurida so‘zlar qandaydir ikkinchi darajali, yordamchi rolni o‘ynaydi, so‘zlardan erkin foydalana olmaydilar. Buni aniqlash uchun professor B.C.Muxina shunday misol keltiradi. 4–5 yoshli bolalarga ataylab buzilgan o‘yinchoqlar berilib, ularning buzilish sabablarini aniqlash va tuzatish talab qilingan. Ko‘pchilik bolalar buzilgan o‘yinchoqlarning buzilish sababini aniqlab, ularni tuzatganlar. Lekin qanday qilib tuzatganlarini so‘z bilan aytib bera olmaganlar. Ular o‘yinchoqlarning mana bu yerini unday qildik, mana bu yerini bunday qildik, deb aniq ravishda ko‘rsatish bilan cheklanganlar. Ana shu misoldan ko‘rinib turibdiki, aniq obrazli tafakkurda ham hali so‘z yetakchi rol o‘ynaydi. 4–5 yoshli bolalar nutqni jadallik bilan o‘zlashtiradilar. Bu yoshdagi bolalar sodda tarzda umumlashtirish, guruhlash qobiliyatiga ega bo‘la boshlaydilar. Bu davrni mantiqiy tafakkurni egallashga tayyorgarlik davri deyish mumkin. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 6–7 yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur taraqqiyotining barcha imkoniyatlari yuzaga kelgan bo‘ladi. Birinchidan, bu yoshdagi bolalarda nutq yetarli darajada rivojlangan, ikkinchidan, tushunchalar tarkib topa boshlagan. Bolalar obrazlardan, tasavvurlardan foydalanmay, mustaqil ravishda so‘zlar orqali tafakkur qila olishlari uchun ular voqelikdagi narsa va hodisalarning eng muhim xususiyatlarini aks ettiradigan tushunchalarni o‘zlashtirishlari kerak. Bolalarda avval so‘zlar bilan ifodalanadigan tasavvurlar tarkib topadi. Lekin bu tasavvurlar o‘z-o‘zidan tushunchaga aylanib qolmaydi. Tushunchalarni tarkib toptirishda bu tasavvurlardan foydalanishi mumkin. Tushunchalar va ularga asoslangan mantiqiy tafakkur shakllari bolalarning turli sohalarga doir bilim asoslarini o‘zlashtirish jarayonida tarkib topa boshlaydi. Tushunchalarni izchil tarzda o‘zlashtirish maktabdagi ta’lim bilan bog‘liqdir. Bolalar ma’lum darajada tushunchalarni o‘zlashtirganlaridan so‘ng mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bunda bolalar berilgan masalani aql bilan yecha oladigan bo‘ladilar. Bolaning maktabgacha yoshdagi davrida uning erkin harakat qilish maydoni kengayadi. Bu esa tafakkurning rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘z tajribalarida ancha narsalarni bilib olganlaridan so‘ng narsalarning ichki xususiyatlari bilan ham qiziqa boshlaydilar. Shu sababli ularda juda ko‘p savollar (Bu nima? Nega bunaqa? Kim qilgan? Qayerdan kelgan? Nima qiladi? Kabi) paydo bo‘ladi. Bu tafakkurning aktiv va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi. Bolalarning savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Bolalarning savollariga javob berish qiyin, chunki ular o‘zlari hali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. Tarbiyachi bolalarning son-sanoqsiz savollariga ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda javob berishi va tushuntirishi lozim. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmaslik, biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil bo‘ladi. Juda ko‘p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortiqcharoq savol bersalar, ularni «Ko‘p mahmadona bo‘lma!», «Sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?», deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand yegandan so‘ng, kattalarga savol bermaydigan, ayrim murakkab narsalarni o‘z bilganicha yoki afsonalardagi kabi xato tushunadigan bo‘lib qoladi. Masalan, 7 yoshli bola «Yomg‘ir qayerdan yog‘adi?» degan savol berdi. Bu bolaga yomg‘irning yuzaga kelishi juda sodda va tushunarli qilib gapirib berildi (hatto sovuq oynaga issiq par bilan ta’sir qilganda suv zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib ko‘rsatildi). Bola biroz qarab turib, yo‘q unaqa emas deb javob berdi. Bo‘lmasa, qani sen tushuntirib ber, deb so‘raldi. Shunda bola: «Yomg‘ir osmonda yashaydi, uning uyi bulutlardan ham balandda. Bulutlar ochilib ketgan paytda yomg‘ir yiqilib ketadi...», – deb Tushuntirdi. Bolaning ana shunday afsonaviy tushunchasidan voz kechib, to‘g‘ri, ilmiy tushunchani yuzaga keltirguncha ancha vaqt ketadi. Bolalarning beradigan savollari juda qiziq bo‘lishiga bir necha sabablar bor:

  1. bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha, ya’ni yaxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar;

  2. narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik va sababiylikni chuqur analiz va sintez qila olmaydilar;

  3. ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy tushunchalar tarkib topmagan va yetilmagan bo‘ladi;

  4. bolalarda ularning turmush tajribalari juda oz bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning beradigan savollaridan ular tafakkurining aniq obrazli xarakterga ega ekanligi ham ko‘rinib turadi. Masalan, katta bog‘cha yoshidagi bolalar quyidagi savollarni berishlari mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami, yer kattami? Yulduzlar nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun kunduzi ko‘rinmaydi? Daraxtlar nima yeb o‘sadi? Qorbobo odammi? Hozir qorbobo qaerda? Nima uchun qorbobo yozda kelmaydi? Elektr toki qayerdan keladi? Nega simda olov ko‘rinmaydi? Bolalarni tabiat va jamiyatdagi narsalarning sababiy bog‘liqligi hamda ichki taraqqiyot qonunlari emas, balki shu narsalarning o‘zi qiziqtiradi. Ular hamma narsani bilishga intiladilar. Katta guruh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida mulohaza yurgizishayotganining guvohi bo‘lamiz. «Temir og‘ir narsa bo‘lgani uchun suvda cho‘kadi, yog‘och yengil, shuning uchun u oqadi», «Ichi bo‘sh banka yengil, shuning uchun u cho‘kmaydi», «Urug‘ni yerga eksa, ko‘karib chiqadi» va shu kabilar. Ayrim bolalar haddan tashqari ko‘p savol beradilar, boshqa bir bolalar esa deyarli hech savol bermaydilar. Bolalarning juda ko‘plab savollar berishlari ijobiy xarakterga ega bo‘lib, bu ularning qiziquvchanligi, faolligi va mustaqilligidan darak beradi. Odatda, juda passiv va tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg‘ulotlar va ekskursiyalar vaqtida tarbiyachining o’zi savol berishi, shu bilan ularni faollashtirib borishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar fikr yuritish jarayonida ayni shu chog‘da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan narsalariga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bo‘lgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o‘z tasavvuriga asoslanib, qiynalmay, darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bir boladan «Yong‘oq suvda cho‘kadimi yoki oqadimi?» deb so‘ralganda, u «oqadi» deb javob bergan. Bolaning to‘g‘ri javob berganligiga sabab shundaki, u o‘z tajribasida yong‘oqni suvga tashlab ko‘rgan. Bu bolalarda induktiv va deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda shakllari yuzaga kela boshlaganini ko’rsatadi. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkurining xarakterli xususiyatlaridan biri ular tafakkurining hamon obrazli bo‘lishidir. Ular o‘zlarining mulohazalarida mavhum tushunchalarga emas, balki aniq faktlarga asoslanadilar. Shuning uchun ular mavhum tusda berilgan oddiy vazifalarni hal qila olmaydilar. Biroq, katta guruh bolalarida, ayrim narsa va hodisalarning muhim belgilariga qarab, umumlashtirish qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Masalan, bola olma, o‘rik, nok, olcha, olxo‘ri, uzum, anor, behi va anjirlarning rasmlarini to‘plab, meva deb ataydi. Ular endi meva degan umumiy tushunchadan o‘z nutqlarida erkin foydalana oladigan bo‘ladilar. Bolalar xilma-xil rasmli lotolar bilan o‘ynash jarayonida ana shunday umumlashtirishga o‘rgana boshlaydilar. Bunday o‘yinlarda ba’zan tarbiyachining aralashuvi va bolalarga umumlashtirish yuzasidan (masalan, hayvonlar, hasharotlar, gullar, qushlar, o‘yinchoqlar va hokazolar) berilgan topshiriqlarni bajarilishiga yordam beradi. Bola narsalarni bir-biriga taqqoslab, o‘xshash va farq tomonlarini ajrata boshlaydi. Masalan: «Kvadrat va to‘rtburchakni taqqoslab, kvadrat va to‘rtburchakni to‘rt tomoni bor, shuning uchun ular o‘xshash. Lekin farqi shundaki, kvadratni to‘rtala tomoni va to‘rt burchagi teng, to‘rtburchakning esa qarama-qarshi tomonlari teng». Bolalarning oddiy masalalarni yechish haqida fikr yuritishga va u haqida so‘zlab berishga imkoni bo‘ladi. To‘rt-besh yoshli bola masalani amaliy harakat bilan yechadi va u haqida nutqi orqali so‘zlab beradi. Masalan: 4 yoshli bola kuch bilan quvurga ilinib qolgan bayroqchali tayoqchani tortadi, lekin chiqara olmaydi. Shunda bola quvur ichiga yuqoridan qarab tayoqchani ehtiyotkorlik bilan aylantiradi va bayroqchani chiqarib oladi. Masala hal etildi. Demak, kichik guruh bolalari masalani amaliy harakat orqali yechadilar va bajarilgan ishga nutqlari bilan yakun yasaydilar. 5–6 yoshli bolalar oldiga qo‘yilgan masalani oldindan o‘ylab, uning rejasini tuzib oladilar. Bu ichki, ovozsiz nutq orqali amalga oshiriladi. Masalani og‘zaki yechadilar: masalan: «Daraxtga 7 ta qushcha qo‘nib turibdi. Ulardan ikkitasi uchib ketdi, daraxtda nechta qushcha qoldi?» Demak, bola tafakkurini o‘stirishda turli xil ta’limiy mashg‘ulotlarning roli katta. Mashg‘ulotlar bola aqlini o‘stirishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bolaning tafakkurini o‘stirish birinchi navbatda tushunchalar hosil qilishdan boshlanadi. Mashg‘ulotlar yordamida elementar matematik tasavvurlarni o‘stirish bolalarda taqqoslash qobiliyatini o‘stiradi: ularni xulosalar chiqarishga va sodda masalalarni yechishga o‘rgatib boradi. Kubiklar, doirachalar, kvadratlar va poloskalar yordamida bolalarni narsalarni taqqoslashga, o‘xshatish va farq tomonlarini ajrata olishga, ayrim narsalardan guruh tuzish va guruh orasidan bittasini ajratib olishga, narsalarni bir necha teng qismga, ya’ni 2 ga va 4 ga bo‘lishga o‘rgatish va ularni taqqoslashga o‘rgatib borish zarur. Tayyorlov guruhlariga borganda o‘n ichida tartib bilan sanashga va og‘zaki masalalar yechishga o‘rgatish bilan bola tafakkurini o‘stirish mumkin. Bolalarning ekskursiya va sayllar paytida kuzatuvchanligi ortadi, ular turli narsalarni taqqoslashga, analiz-sintez qilishga o‘rganadi. Masalan: boqqa ekskursiyaga chiqqan bolalar bog‘ning bir chekkasida yer kovlayotgan toshbaqaning oyoqlarini belkurakka o‘xshatsa, ikkinchi bola ekskavatorning kovushiga o‘xshatadi. Bunday taqqoslovchi mulohazalar bolalar tafakkurini o‘stirishda aktiv ta’sir etadi. Bolalar juda qiziquvchan bo‘ladilar. Ular hodisalarning sababini bilishga, hamma narsaning siridan xabardor bo‘lishga intiladi. Bu ularning bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqishlaridir. K.D.Ushinskiy aytganidek: «Qiziqish bu to‘la fikrlashdir». Bolalar tafakkurini o‘stirishda ana shu qiziqishlardan ham foydalanish lozim, chunki qiziqish bolaning bilimlarini chuqurlashtiradi. Demak, maktabgacha davrda yosh bolaning tafakkuri tez suratlar bilan o‘sib borar ekan, uni yanada taraqqiy ettirish va rivojlantirish hozirgi kunda bolalar muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.



    1. Yüklə 49,07 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin