Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematika tasavvurlarni shakllantirish metodikasi maqsadi va vazifalari


Elementar matematik tasavvurlarni ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar



Yüklə 328,34 Kb.
səhifə7/11
tarix16.05.2023
ölçüsü328,34 Kb.
#114009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIKA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI MAQSADI VA VAZIFALARI

Elementar matematik tasavvurlarni ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va o‘yin metodlari bilan birga qo‘llanadi. Bu ularning mohiyatini hech bir kamaytirmaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ko‘rsatmali, og‘zaki va amaliy metodlarga taalluqli va bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda qo‘llaniladigai usullardan keng foydalaniladi:
Harakat usulini tushuntirishlar bilan ifodalash (namoyish qilish) tarbiyachi namunasini ko‘rsatadi. Bu o‘qitishning asosiy usuli bo‘lib, u ko‘rsatmali—harakatli - amaliy xarakterga ega, har xil didaktik vositalarni jalb qilish bilan bajariladi, bolalarning kunikma va malakalarini shakllantirish imkonini beradi. Unga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-harakatni ko‘rsatish usullarining aniqligi, qismlarga bo‘linganligi; -harakatlarning og‘zaki tushuntirishlar bilan ifodalanishi;
-ko‘rsatishda kuzatuvchi nutqning aniqligi, kisqaligi va ifodali bo‘lishi; -bolalarning idrok, tafakkur qilishlari va nutqlarini faollashtirish.

  1. Mustaqil mashqlarni bajarish uchun yo‘l-yo‘riq.

B u usul tarbiyachinint harakat usullarini ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘ladi va undan kelib chiqadi. Yo‘l-yo‘riqlarda zarur natijani olish uchun nima qilish kerakligi va qanday qilish kerak ekani aks ettiriladi.
Katta guruhlarda yo‘l-yo‘riqlar topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin to‘liq berib bo‘linadi, kichik guruhlarda esa har bir yangi harakatdan oldin beriladi.
3.Tushuntirishlar, anglatmoqlar, ko‘rsatmalar. Bu og‘zaki usullardan tarbiyachi harakat usulini ko‘rsatish yoki bolalarning topshiriqni bajarishlarida, xatolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf qilish kabi maqsadlarda foydalanadi. Ular qisqa, aniq va obrazli bo‘lishi kerak.
Hamma yoshdagi guruhlarda yangi harakatlar (yoniga qo‘yish, o‘lchash) bilan tanishtirishda ko‘rsatish o‘rinli, ammo bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlidni yo‘qqa chiqaruvchi aqliy faoliyatni aktivlashtirish kerak. Yangi harakatni o‘zlashtirishda, sanash, o‘lchash malakalarini shakllantirishda takroriy ko‘rsatishdan qochish kerak. Harakatni o‘zlashtirish va uni takomillashtirish og‘zaki usullar — tushuntirishlar, ko‘rsatmalar, savollar asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda harakat usulining nutqiy ifodasi o‘zlashtiriladi.
4. Hamma yoshdagi guruhlarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning asosiy usullaridan biri bolalarga savollar berish usulidir. Pedagogikada savollarning quyidagi klassifikatsiyasi qabul qidingan:
Reproduktiv - mnemik (faraz qilishga oid) savollar (Qancha? Bu nima? Bu shakl nima deb ataladi? Kvadrat uchburchakdan nimasi bilan farq qiladi?);
-reproduktiv - bilishga doir savollar. (Agar men yana bitta kubcha qo‘ysam, tokchadagi kubchalar qancha bo‘ladi? Qaysi son katta (kichik): to‘qqizmi yoki yetti?)
-produktiv — bilish savollari. (Doirachalar 9 tadan bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Tasmani qanday qilib teng qismlarga bo‘lish mumkin?)
Qatordagi qaysi bayroqcha qizil ekanini bilish uchun nima qilish kerak?
S avollar bolalarning idrok, xotira, nutqlarini aktivlashtiradi, materialning tushunilishini va o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda bir qancha savollardan foydalaniladi. Bular buyumning konkret belgilari, xossalarini, amaliy ish natijalarini tavsiflashga yo‘naltirilgan, ya’ni uning xususiyatlarini qayd qiluvchi eng sodda savollardan boshlab, bog‘lanishlar, munosabatlar, aloqalar o‘rnatishni, ularni asoslash va tushuntirib berishni, eng oddiy isboglashlarni talab qiluvchi murakkab savollar juda muhimdir. Bunday savollarko‘pincha tarbiyachi namuna ko‘rsatganidan keyin, bolalar mashqlarni bajarib bo‘lganlaridan keyin beriladi. Masalan, bolalar qog‘oz to‘g‘ri to‘rtburchakni teng ikki qismga bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi so‘raydi: “Sen nima qilding? Bu qismlar nima deb ataladi? Nega bu ikki qismning har birini yarimta deb atash mumkmn? Qismlarning shakli qanday?
Kvadratlar hosil bo‘lganini qanday isbotlash mumkin? To‘g‘ri to‘rtburchakni to‘rtta teng qismga bo‘lish uchun nima qilish kerak?”
Xarakteri bo‘yicha turli savollar har xil tipdagi bilish faoliyatini, ya’ni o‘rganilgan materialni qayta tiklovchi reproduktiv faoliyatdan boshlab, muammola masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan produktiv faoliyatlarga da’vat qiladi, undaydi.

Yüklə 328,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin