Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida ba’zi maxsus harakat usullari namoyon bo‘ladi. Bular ustiga va yoniga qo‘yish, buyum shaklini tekshirish, buyum qo‘lda tortish, bittalab qo‘shib sanash va bittalab ajratib sanash kabilardan iborat.
Bu usullarni bolalar ko‘rsatish, tushuntirish, mashqlarni bajarish jarayonida egallab oladilar va keyinchalik ulardan tekshirishda, isbotlashda, tushuntirish va savollarga javoblarda, o‘yinlar va faoliyatning boshqa turlarida foydalanadilar.
2.2. Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida ishlash. shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o’rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki O’zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, ya’ni kadrlar qo’lida ekan, jamiki e’tibor ularni hur fikrli bo’lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo’yilayotgan mustahkam poydevordir. Jumladan, 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’limni yana bir pag’ona ildamlatdi, desak xato qilmagan bo’lamiz. CHunki zamonaviy ta’lim olishning o’zi har bir yosh avlodga katta - katta mas’uliyatlar yuklaydi. Zeroki ta’lim tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yuksak g’oyali, milliy g’ururli chuqur ma’lumotli, ma’naviy va jismoniy yetuk qilib yetishtirish maqsadini ko’zda tutadi va o’z ishlarini shu nuqtai nazardan yo’lga qo’yadi. Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakaimizda yosh avlodni tarbiyalash, hayotda o’z o’rnini topish, demokratik davlat qurish vazifalariga bo’ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o’tgandi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, ahloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari mustahkamlanadi. Bugungi kunda zamonaviy ta’limni turli usullarda amalga oshirish mumkin. Bularning barida butun mas’uliyat o’qituvchiga yuklatilmasdan o’quvchidan ham o’z - o’zini boshqarish talab etilmoqda. O’qitish tizimida o’z - o’zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o’quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. CHunki o’z - o’zini boshqarish tufayli o’qitishdagi o’zaro munosabat o’qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. O’z - o’zini boshqarishni biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va o’tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida ko’rishimiz mumkin. O’z - o’zini boshqarish mohiyati o’quvchilarda birinchi o’rinda o’zini mustaqil his qilishi va o’zi ko’proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o’qituvchi o’quvchilarga ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishga qiziqtirib borsa o’qituvchi mavqei nima bilan o’lchanishini bilamiz. Uning mavqei o’z kasbiga muhabbati, o’quvchilariga nisbatan talabchanligi, o’quv dasturi va darsliklardan to’g’ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda o’z ustida tinmay izlanib, o’z - o’zini tarbiyalashi bilan o’lchanadi. Kelajagimiz yoshlar qo’lida ekan biz o’qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bo’lib yetishishlari uchun qo’limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog’imiz kerak. O’qituvchilik nihoyatda mas’uliyatli kasb, bu esa ko’proq o’z ustida ishlash, tajriba almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi. O’qituvchilarning o’z - o’zini tarbiyalashlarida matbuot sahifalari bilan tanishishi, ilg’or o’qituvchilarning tajribalariga suyangan holda dars tahlillarida qatnashishi, jamoadagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi. Tarbiyaviy jarayonni mustahkamlash, yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, usullarni, g’oyalarni qaytadan ko’rib chiqish, bola shaxsiga e’tiborni qaratish, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi. O’qituvchi yoshlarga ta’lim — tarbiya beruvchi insondir. O’qituvchida o’qituvchilik kasbiga xos layoqat, qobiliyat bo’lmog’i darkor. Avvalo u bolalarni sevishi, ijodkor, ishbilarmoi bo’lishi, ma’naviy barkamol bo’lishi, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo’lishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarga ta’lim — tarbiya berar ekan, avvalo, uning o’zida tarbiyaviy hislatlar tarkib topgan bo’lishi darkor. O’qituvchi odobli 6o’lishi kerak. Uning odobi, madaniyati yuksak bo’lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo’la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq ko’ngil, qat’iy bo’lishi, o’zini tuta bilishi, bardoshli bo’lishi kerak. Bolalarga nisbatan talabchan bo’lish bilan birga o’z shaxsiga tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak. O’qituvchi pedagogik etikaning normalarini o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko’rish natijasida pedagogik etikaning qoidalari o’qituvchining o’z e’tiqodiga, intilishiga, o’z ahloqiy sifatiga aylanadi. Bu ahloqiy e’tiqod o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatlarda, muomalasida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan ahloqiy ta’sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Muallim ahloqining natijalari uning yoshlarga ahloqiy ta’sirining samaradorligida namoyon bo’ladi. SHaxs ahloqining xarakterlaydigan belgilaridan biri ma’suliyatdir. O’qituvchining ma’suliyati - ma’suliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim — tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi. Pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchi o’quvchilar orasida obro’ qozanadi. O’qituvchi qanchalik ko’proq obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatliroq bo’ladi. O’qituvchining asosiy maqsadi hamma o’quvchilarning muvaffaqiyatli o’qishiga erishishidir. Buning uchun o’quvchilardan o’z ustida ishlashi, o’z - o’zini tarbiyalashi talab etiladi. O’z - o’zini tarbiyalash o’z faoliyatini tahlil qilishdan va o’z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. O’quvchilarda shu hislatga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo’ladi. O’z - o’zini tarbiyalash o’quvchilarning o’zini - o’zi idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. O’quvchilar o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o’z - o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O’z - o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko’rsata boshlagan vaqtda paydo bo’ladi. O’z - o’zini tarbiyalashda maslahat va ko’rsatmalar berilishi lozim. Bunda o’quvchilarni o’zlariga, hatti - harakatlarini tanqidiy ruhda munosabatda bo’lishga o’rgatish juda muhimdir. O’qituvchi mehnatda, xulq - atvorda tirishqoqlik qilib, o’z imkoniyatlarini ishga solishi, o’ziga majburiyat olishi, o’zini nazorat qilishi, o’ziga - o’zi hisob berishi, o’ziga o’zi baho berishi singari o’z - o’zini tarbiyalashning elementlarini shakllantirib borishi lozim. O’z - o’zini baholash. O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatida qanday qiyinchiliklarga duch keladi? Ulardan biri, masalan, mehnatga va uzluksiz ta’limga tayyorgarlikni shaklalntirish va o’qituvchilarning rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilish kabi umumiy tarbiyaviy vazifalarni qo’yishni bilmaslik bilan bog’liqdir. O’z shaxsiy faoliyatini tahlil qilish va baholash o’qituvchilar uchun eng katta qiyinchilik tug’diradi. Ba’zan, hatto o’z ishini umumiy nazariy asoslarini bilgan holda o’qituvchi vaziyatning ichki psixologik ma’nosini va shuning uchun uni amaliy jihatdan boshqara olmaydi. YOki o’qituvchi o’zining pedagogik ta’siri natijasini oldindan ko’ra bilmaydi, oldindan taxmin qila olmaydi va shuning uchun ham noto’g’ri pedagogik xulosalarga keladi. Boshqa hollarda u sodir bo’gan vaziyatga o’zini moslaydi va uni o’zgartirmaydi. Eng katta qiyinchiliklardan biri shundan iboratki, o’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatini bir butunlikda ko’ra olmaydi, o’z faoliyatining vazifalarini, vositalari va natijalari orasidagi aloqalarni e’tibordan chetda qoldiradi. Har bir o’qituvchi o’zi uchun qanday qiyinchiliklar xarakterli ekanligining bilishi va ana shu nuqtai nazardan o’z mehnatiga baho berishi muximdir. O’z pedagogik faoliyatini o’zi shakllantirib borishning umumiy yo’li – uning har qaysi tarkibiy qismi va ular orasidagi aloqalar ustida ongli ravishda ishlashdan iborat. Avvallari qo’lga kiritilgani pedagogik malakalarga aylanadi. O’qituvchida o’z ustida ishlash ichki dasturining mavjudligi mazkur sohaga mos mashq qilishni kuchaytiradi. Biz qo’yidagi mashq turlarini tavsiya etamiz:
1. Pedagogik vaziyatni tahlil qilish, uning faol ishtirokchilarini va imkoniyati boricha hulq motivini aniqlash, ana shu vaziyatdagi har bir ishtirokchining hatti - harakatiga uning hulqi bilan bir butunlikda qarash;
2. YUzaga chiqqan pedagogik muammoning (sirtdan) ichki psixologik – pedagogik ma’nosini tushunish;
3. Vaziyat mohiyatini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda o’zining bir yoki bir nechta pedagogik vazifalarini ifodalash;
4. Hatto biror tahlika yuz berishi mumkin bo’lgan noaniq sharoitlardan ham oldindan pedagogik qaror qabul qilish;
5. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning sinovini amalga oshirish. To’la - to’kis qaror qabul qilish, oldindan vaziyatni fikran oxirigacha o’ylash, ushbu ta’sirning (yaqin va uzoq) o’quvchilar hatti - harakatida qanday iz qoldirishini ko’ra bilishga intilish. Vaziyatni tahlil etish nihoyasiga yetganidan keyin va uning natijalarini e’tiborga olgan holda yana bir marta unga qaytish va xudi shu vaziyatni hal qilish imkoniyatining boshqa yo’llarini o’ylab ko’rish («variativ pedagogika»), shuningdek, shunga o’xshash vaziyatlarda keyingi safar qanday yo’l tutish ma’qul ekanligini aniqlash;
6. Xudi shu vaziyatni yana bir marta, lekin, agar uning ishtirokchilari o’zlarini boshqacha tutsalar, qanday vaziyat yuz berishi mumkinliginidan kelib chiqib, o’zgacha ko’rinishlarda o’ylab ko’rish;
7. Muhokama qilinayotgan pedagogik vaziyatda o’zini uning boshqa ishtirokchilari qatoriga qo’yish va shu holatda o’zining hatti - harakatiga baho berish va tuzatish kiritish. O’zini avval uchramagan har xil pedagogik vaziyatlarda sinab ko’rish, o’zining hatti - harakatini boshqa shunga yaqin o’qituvchilar hatti - harakati bilan taqqoslash va boshqalar. Bunday mashqlarning umumiy mohiyati pedagogik vaziyatni tez va to’g’ri tahlil qilishga va o’zgartirishga o’rganishdan, yuz beradigan vaziyatlarni intuntiv tarzda emas, balki bilimlarga asoslangan holda yondashishni bilishdan iborat. Oldindan to’liq aytish mumkin bo’lmagan, qiyin vaziyatlarni tahlil qilishga doir mashqlar eng katta samara beradi, masalan o’quvchilar darsda doimo o’quv ishidan chaqmaydilar. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik mahorat uchun faqatgina shakllangan pedagogik faoliyatgina yetarli emas, bunda o’qituvchining faolligi ham zarur. O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z - o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. SHu bois o’quvchi irodali bo’lishi, o’z burchini tushunishi, tahlil va tarbiya olish uchun sabablar bo’lishiga intilishi lozim. O’quvchilar o’z - o’zini tarbiyalash bilan birga o’z ustida ishlab boradi. O’z ustida ishlash asosan o’spirinlikdan boshlanadi. Bunda ularning nazariy tafakkurini shakllantirish to’garak va fakultativ mashg’ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga o’quvchining badiiy asarlarni qo’yishi va tushunishi orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritishga va munozaraga o’rganib boradi, Unda asta - sekin tabiat va jamiyat haqida o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Bu esa unda mustaqil o’ylashi, to’g’ri yo’l va xulosa chiqarishi, qatiy qaror qila olish fazilatlarini o’stiradi. O’quvchilar o’z ustilarida ishlash jarayonida ularning qobiliyati, iste’dodi rivojlanadi. Ularda o’tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlar, referat, konspekt yozish kabi ta’limiy faoliyat turlari o’zlari o’zlashtirishi zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi. Bu esa o’z ustida ishlashning muhim omili sanaladi. Yuqorida keltirgan fikrlarimizning barchasi o’quvchi faoliyati bo’yicha yozilgan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o’z o’zini tarbiyalash, o’z ustida ishlash faqatgina o’quvchi faoliyatida emas, balki butun bir shaxs faoliyatida namoyon 6o’lishi kerak. SHaxs o’z - o’zini tarbiya etmasa, o’z ustida ishlamasa, u bir joyda qotib turgan toshga o’xshab qoladi. Toshni esa kimdir vaqti kelib, yo tepib, yo uloqtirib tashlaydi. Agar shaxs izlansa, o’z qobiliyatlari ustida ishlasa, o’zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro’si, mavqei ham shu darajada yuksaladi, doimo el nazarida bo’ladi. Uni hech kim uloqtirib yo chetga chiqarib qo’ya olmaydi. Har bir o’qituvchi doimiy ravishda o’z - o’zini tarbiyalashi, o’z ustida ishlashi kerak. U «men allaqachon tarbiyalanganman, menda hamma ahloqiy sifatlar tarkib topgan» deb, yoki «men o’z fanimda hamma yutuqlarga erishganman, o’z fanimni chuqur bilaman» deb bir xilda, bir joyda qotib qolmasligi, doimo intilishda, izlanishda bo’lishi kerak. Hozirgi paytda maktablarda dars berayotgan o’qituvchilarni kuzatib, ikki xil xulosaga kelish mumkin. Birlari juda faol, intiluvchan, ijodkor o’qituvchilar bo’lsa, ayrimlari esa hech bir intilishi yo’q, doimo bir xilda dars beruvchi o’qituvchilardir. Bularni ko’rib bir quvonsang, bir qo’l siltaging keldshshi. Axir yosh avlodni ta’lim - tarbiyasi o’qituvchilarga ishonib topshiriladi - ku! Nahotki, ayrim ertangi kun bilan ishi yo’q o’qituvchilar bu mas’uliyatni his etmasalar. O’quvchilarning o’z ustlarida ishlashlarida ham o’qituvchi yo’llanmasi, ko’rsatmasi, topshiriqlari muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun o’qituvchi doimo izlanishda bo’lishi, fanga qandaydir bir yangiliklar olib kirishga intilishi, o’zining odobi, kasbiy sifatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi darkor. O’z ustida ishlaydigan ijodkor o’qituvchilarning obro’ - e’tibori, martabasi ulug’ bo’ladi. Ular doimo el nazarida, hurmatida bo’ladi. Xalq hurmatida, e’tiborida bo’lishining o’zi eng katta baxtdir.