Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematika tasavvurlarni shakllantirish metodikasi maqsadi va vazifalari



Yüklə 328,34 Kb.
səhifə3/11
tarix16.05.2023
ölçüsü328,34 Kb.
#114009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIKA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI MAQSADI VA VAZIFALARI

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so`rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko`rinishidagi o`quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, qo`yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o`quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi




I.Bob. Maktabgacha ta’lim muassasasining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish


1.1. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari

Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.


Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi.

Kichik guruhda elementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar.

Yüklə 328,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin