Kalit so‘zlar: ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, yaxshilik va yomonlik, xalq og’zaki ijodi, an’ana, marosim, qo’shiq, maqol, matal, topishmoq, afsona, rivoyat, asotir, yertak, latifa, lof, lapar, termalar, doston, askiya, tez aytish, masal.
Hozirgi kunda er yuzida tarqqiyot shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrd jonajon vatanimiz ham har tamonlama jadallik bilan odimlab bormoqda. Fan va texnika asrida davlatimizda hech bir davlatdan ortda qoldirmasdan barchani lol qoldirmoqda. Globallashuv davrida hech qanday to’siqlarsiz kirib kelayotgan turli yod g’oyalar ommaviy axbaraot oqimlari orqali milliy tarbiyaga ta’sir etishi mumkin holatlarni uchratimiz mumkin. Ammo kundan-kunga rivojlanib borayoyatgan yurtimizda yoshlarni har tamonlama kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni har bir soha qaratilayotgan e’tibor kabi xalq og’zaki ijodiga bo’lgan e’tibor ham kuchaytirilmoqda. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, yaxshilik va yomonlik tushunchalarini singdiruvchi milliy meroslarimizdan unumli va keng foydalanishga e’tibor yanada oshirilmoqda. Shu o’rinda aytishimiz kerakki xalq baxshiligini rivojlantirish borasida hurmatli yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning bu sohaga alohida g’amxo’rona qarashlari va yuksak e’tiborlari taqsinga sazovordir. “Xalq og’zaki ijodi bitmas-tuganmas xazinadir shulardan biri xalq og’zaki ijodiga xos epik tur janri hisoblanuvchi ertaklardir”.[1] Bugungi kunda savodxonlik o’sgan, fan texnika rivojlangan, radio, televideniya, telefon va shu turdagi barcha texnik vositalar har bir honadonga kirib brogan, ertaklar to’plamlar sifatida ko’p nusxada chop etilib, kitobxonlarga taqdim etilayotgan bir paytda yosh avlodga uni oni o’qitish yoki o’qib undagi yaxshilik va yomonlik tushunchalarini singdirib borishning ahamiyati juda muimdir. Cunki ertaklar hamisha va har qachon bolalarga o’z sehri bilan zavq shavq bag’ishlab yaxshilik va yomonlik tushunchalarini boyitib boraveradi. Ertaklar bolalarni beg’ubor olamini kengaytirib har doim ularga ijobiy ta’sir ko’rsatib keladi. Misol tariqasida aytishimiz mumkinki “Zumrat va qimmat”, “Egrivoy va To’g’rivoy” ertagidagi ijobiy qahramonlarini olqishlab, ular o’rniga o’zlarini qo’yadilar, salbiy qahramonlarni esa doim qoralaydi.
Xalqda chaqaloq olamga kelishi bilan parvarish ishlari boshlanib ota-ona, buvi-bobolar birinchi navbatda uni tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib yaxshilik va yomonlikni singdirishga harakat qiladilar. Bolalar ulag’ayaverib tabiyatni his eta boshlagach, o’z-aro munosabat, yaxshi va yomon hislatlarni shakillantirish maqsadida turli yo’llardan foydalanishadi va albatta bular orasida ertaklar keng o’rin oladi. Ertaklar hayvonlar haqidami yoki insonlar haqida bo’ladimi ular sodda ko’rinishda bo’lib bolalar uchun o’sha voqea hodisani anglab ijobiy sifatlarni o’zida mujassamlantiradi. Misol tariqasida quyidagi “Chumchuqvoy” ertakni keltirib o’tamiz.
Bor ekan-u, yo‘q ekan. Bir uyning tomida chumchuq oilasi yasharkan. Ota chumchuq bilan ona chumchuq palaponlarga galma-gal ovqat tashishar ekan.
Chumchuq bolalari asta-sekin mayin pat chiqarishibdi. Shundan so’ng esa qalin patlar chiqibdi. Bir kuni eng katta chumchuq bola tavakkal qilib inidan sakrab yerga tushibdi. Uning hech qayeri og‘rimabdi. Chunki u sekin tushibdi. Uning sekin tushishiga qanotlari yordam beribdi. Chumchuqchaning o‘z holicha ovqat yeyayotganini ko’rgan ota-ona chumchuq juda ham xursand bo‘libdi.
Buni ko‘rgan boshqa chumchuq bolalari ham inidan tushib kelishibdi. Ota-onasi ular oldida “chiriq-chiriqchiriq” deb parvona bo‘libdi. Bu “chiriq-chiriq” degani “yashanglar, bolalarim”, degani ekan.
Shu tarzda oradan bir necha kun o‘tibdi. Bir kuni Ahmad degan bola qo‘lida cho’zma toshotar bilan kelib qolibdi. U tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadigan bola ekan. Ahmadning daraxtda shoxdan shoxga qo‘nib, qurtqumursqa terib, yayrab o‘ynab yurgan chumchuqlarni ko‘rib g‘ashi kelibdi. U cho’zma toshotardan ona chumchuqni mo‘ljallab tosh uchiribdi. Buni eng katta chumchuq bola sezib qolibdi.
U ko‘ksini qalqon qilib, onasini to‘sibdi, lekin tosh zarbidan shu zahoti pitirlab yiqilibdi. Ahmad qilgan ishidan xuddiki yaxshi ish qilgandek sevinib: “Tegdi, tegdi!” - deb qichqiribdi. Lekin o‘ziga qarab irillab kelayotgan itni ko‘rib qochib qolibdi. Ona chumchuq bolasi oldida gir-gir aylanibdi. Bolasining bir oyog‘i singan ekan. Chumchuqcha bir necha bor “chiriq-chiriq” debdi. Bu: “Onajon, meni dunyoga keltirdingiz, boqdingiz, o‘stirdingiz. Siz uchun jonimni berishga tayyorman”, degani ekan. Shu payt it chumchuqchani asta labiga qisibdida, uy egasi Rahimjonning oldiga olib boribdi. Rahimjon darrov chumchuqchaning oyog‘iga cho‘p bog‘labdi. Uni quttiga solib boqibdi. Ona chumchuq ham ovqat keltirib turibdi. Hozir chumchuqcha tuzalib ketganmish. Endi u o‘zi mustaqil yasharmish. Lekin har kuni onasiga salom berib, Rahimjonga rahmat aytib o‘tishni sira unutmasmish.
Ushbu ertakning bolalar uchun tarbiyaviy ahamiyati yuqori ekanligi ko’rinib turibdi. Bu ertakdan bolalar qushlarga ozor etkazmaslik, ularni asrab avaylash kerakligi qolaversa qushlar ham bir oila bo’lib yashashi, ularning ham ota-onasi bizning ota-otalarimiz bizni qanchalik asrashi va yaxshi ko’rishligini tushunib etadi. Ertakda chumchuqvoyning onasini himoya qilganligi, onasiga aytgan so’zlari nafaqat yosh bolani balki katta yoshdagi kishilarni ham chuqur o’yga soladi. Bundan tashqari Rahimjonning mehribonligi evaziga chumchuqvoy har kun unga aytishi balani jo’shqinlantirib yaxshilik haqida tasavvurlarini boyitib boradi. Ahmadning qilgan ishi yomon ish ekanligi ko’z oldida gavdalanadi.
Shunday ertaklardan yana misol tariqasida “Eng katta sehr” ertagini keltirib o’tamiz.
Bir sehrgar bo’lgan ekan. Uning qo’lidan hamma ish kelar ekan. Istasa, tap-taqir cho’l o’rnida dengiz yarata olar ekan. Yalang joyda qasr paydo qilish ham uning uchun arzimagan yumush ekan. Ammo bu ishlaridan sehrgarning ko’ngli to’lmas ekan. Kunlarning birida u odamlarning baxt haqidagi fikrlarini bilmoqchi bo’libdi. Axir ular sehrgarlikdan bexabar bo’lsalar ham baxtli yashashar ekanlar-da! Sehrgar yo’lida yelkasiga o’g’ir qop ortmoqlagan yo’lovchini uchratib qolibdi. - Zildaymi? - so’rabdi sehrgar. - Zilday bo’lganda-chi! - debdi yo’lovchi. - Istasang, yukingni yengillatib beraman. Ter ham to’kmaysan, mashaqqat ham chekmaysan, yumushing osongina amalga oshadi, - debdi sehrgar. - Yo’q, menga bunaqa ko’makning keragi yo’q, - debdi yuk ko’targan yo’lovchi. Sehrgar yo’lovchining javobidan hayron bo’libdi: - Axir, qop judayam og’ir deyapsan-ku! - Shunday bo’lmasa bo’lmaydi! - debdi yo’lovchi. - Hamma narsa osongina bitaversa, nimadan sevinib, nimadan xursand bo’laman? Gaping rost, - debdi sehrgar. -Mana mening qo’limdan hamma ish keladi, ammo sira quvonaolmayman. - Uy ham qura olasanmi? - so’rabdi yo’lovchi ishonqiramay. Sehrgar javob berish o’rniga qo’lini yengilgina silkitibdi, shu onda ularning yonida mo’risidan pag’a-pag’a tutun burqsib turgan uy paydo bo’libdi. - Qoyil! - debdi yo’lovchi entikib, keyin qo’shib qo’yibdi: - Bunaqa uyni…o’z qo’ling bilan qurganigga ne yetsin… - Sen haqiqatan ham baxtlimisan? - so’rabdi sehrgar. - Qopni manziliga olib borsam, mendan baxtli odam bo’lmaydi, - javob beribdi yo’lovchi. - Uni manziliga men eltisha qolay bo’lmasa, - debdi sehrgar va qopni yelkasiga ortmoqlab olibdi. Manzil olis ekan. Ular ketaveribdilar, ketaveribdilar. - Hali uzoqmi? - so’rabdi terga bota boshlagan sehrgar. - Uzoq, - javob beribdi qop egasi. - Dam olsakmikan? - so’rabdi sehrgar hansirab. - Yaxshisi, yo’ldan qolmaganimiz ma’qul, - debdi unga javoban yo’lovchi. Yo’qsa quvonchimiz tez tarqab ketadi.
Ular, nihoyat, manziliga yetib kelibdilar. Keldik, - debdi yo’lovchi sehrgarga.
Sehrgar qopni yelkasidan tushiribdi, u horib-charchagan bo’lsa ham, yuzida tabassum o’ynab, yerga yotib olibdi. - Ha! - debdi sehrgar peshonasidagi marjon-marjon terlarini artar ekan. — Baxt nimaligini angladim, buning uchun senga katta rahmat, birodar. - Beminnat yordaming uchun senga ham tashakkur! - debdi yo’lovchi. Sehrgar o’sha kundan boshlab jodu ishlarini butunlay yig’ishtiribdi. O’z qo’li, o’z mehnati bilan uy qura boshlabdi. Quyosh chiqmasidan burun bog’ga yo’l oladigan, dalalarga suv taraydigan va qilgan mehnatidan sevinib mehnat insonni baxtga olib borishini anglab yetibdi. Ushbu ertakda ko’rinib turibdiki mehnat insonni ulug’lovchi hamda mehnat oqali baxtga erishish mumkinligi talqin etilgan. Bu ertakda bolalar o’z mehnati bilan qiyinchiliklarga bardosh bersagina baxtga erishish mumkinligini, aksincha bo’lib mehnat qilishdan qochib yengillik izlagan kishi hech qachon baxt topmasligini anglaydi.
Ertaklar o’z qahramonlari undagi voqea hodisalari bilan bir-biridan farq qilib tursada, mohiyatan bir maqsadni ya’ni yoshlar uchun ijobiy xususiyatlarni boyitishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davlatimiz, yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratib ularni aqilli, odob-axloqli, mehnatsevar, vatanparvar, kasb-hunarli, mustaqil fikrga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalashda ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Shu o’rinda aytish kerakki so’ngi yillarada davlatimiz tamonidan yosh avlodga hunar o’rgatish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar ko’lami yanada kengaytirildi. Yosh avlodga ota-bobolarimizdan qolgan kosiblik, zargarlik, yog’och o’ymakorlik, duradgorlik, kulolchilik, nonvoylik kabi hunarlarni o’rgatish muhimdir. Hozirgi davrda yosh avlod turli kasbni egallashni orzu qilishadi shu qatorda bolalarga hunarlarni ham o’rgatib borish foydadan holi bo’lmaydi. Hunarlarni o’rgatishda maktab qoshida faoliyat yuratayotgan turli to’garaklarning faoliyati taqsinga sazovor ammo boshlang’ich sinf o’quvchilarini ushbu to’garaklarga jalb qilishda ertaklarning o’rni beqiyosdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini hunar o’rganishga ongli munosabat hamda qiziqishini oshirish hunar o’rganishning yaxshi sifatlarni ochib berishda ertaklardan unumli faydalanishimiz kerak. Shu o’rinda misol tariqasida “Bir yigitga qirq hunar ham oz”[2] ertagini keltirib o’tmoqchimiz. “Bir yigitga qirq hunar ham oz” ertagi. Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim-qadim zamonda, Kattaqo’rg’on tamonda bir podsho o’tgan ekan. U el yurt ravnaqi uchun qo’lidan kelguncha harakat qilar, yoshlarning bilim olishi uchun turli maktab-madrasalar qurdirar, bog’rog’lar yaratar, yetim-yesirlarni o’zining qaramog’iga olib g’amxo’rlik qilar ekan. Xullas, bu shaharga kirgan odamning bahri dili ochilib, yana qaytib kelishni orzu qilib ketar ekan.
Hammasi risoladagidek ekan-u, bir kam dunyo deganlaridek, podshohning o’g’li yo’q ekan. Ollohdan tilab olgan bitta-yu bitta qizi bor ekan.
Shu shaharda bir kosib bo’lib, uning bittagina o’gli bor ekan. Kosib og’lining tarbiyasi bilan alohida shug’ullanar ekan. O’nikki yoshga yetgandan so’ng, uni har yili bir hunarmandga shogirdlikga qo’yib, hunar o’rganish uchun sharoit yaratibdi. Shu bilan birgalikda, yigit qurol ishlatish, kamondan o’q otish, qilichbozlik, chavondozlik sirlarini ham o’rganibdi. Shunday qilib oydan oy, yildan yil o’tib, kosibning o’g’li ko’rkam va zabardas yigit bo’lib voyaga yetibdi.
Bu paytda shohning qizini ham bo’yi yetib, uning husniga husn qo’shilib, jamoliga necha-necha shahzodalar oshiq bo’lib, sovchi yubora boshlabdi. Podshoh esa qizimni oqil, dono, dovyurak, qo’lida hunari bor yigitga beraman. Qizimni olmoqchi bo’lgan shahzodami yoki savdogar, oddiy dehqonmi, menga farqi yo’q, faqat kamida beshta hunar egasi bo’lishi va qo’lidan kelgan hunarini ko’z oldimizda ishga solib ko’rsatishi kerak, ana shunda unga qizim va yarim davlatimni beraman deb shart qo’yibdi. Bu shartni eshitgan necha-necha shahzoda va boy, savdagorlar suvga tushgan mushukdek bo’lib qaytib keta boshlabdi. Bu vaqtda kosibning o’g’li oz baxtini sinab ko’rish uchun ota-onasidan duo olib shohning huzuriga yo’l olibdi. Saroyga kelib, shohning huziriga kiribdi - men siz aytgan siz aytgan shartlarni bajarib, baxtimni sinab ko’rmoqchiman, agar shartlarni yaxshi bajara olmasam, bu yurtdan bosh olib ketaman- debdi. Shoh esa bu gaplarni eshitgach saroydan tashqarida ov uyushtirib dam olishni, shu dam olish paytida kosibning o’g’lini sinab ko’rishni aytibdi va ovga hozirlik ko’ra boshlabdi. Nihoyat kosibning o’g’liga shartlarni bajarishni aytibdi. Shunda yigit komoniga o’q joylab, osmonda uchib ketayotgan qushni urib tushiribdi. Qushni tozalab yuvib, tuzlab, har xil zirovorlar sepib, kabob qilib beribdi. Shoh ovqatni tanavvul qilguncha shoh uchun ov vaqtida kiyadigan bijirim va chiroyli etik tikib beribdi. Shoh ovqatlanib bo’lgandan so’ng, uzurxonlik bilan uning soch saqoli ozroq o’sganini agar qarshi bo’lmasa, uni o’zi bir zumda qisqartirib, chiroyli qilib qo’yishini aytibdi. Shoh rozi bo’lgandan so’ng, kosibning o’g’li ishga kirishib ketibdi va bir zumda shohni chiroyli qilib soch-soqolini tekislab qo’yibdi. Shoh o’zini oynada ko’rgandan so’ng: shartning qolgan qismini saroyda o’tkazamiz deb, saroyga yo’l olibdi. Saroyga kelgach, kosibning o’g’li nonvoyxonaga kirib shunday chiroyli xamir qoribdiki, xattoki saroy nonvoyining ham havasi kelibdi. Nonlarni tandirda pishirib song ularni savatlarga joylab, shoh oldiga qo’yibdi. Shoh savatdagi nonlarni qo’liga olib, bunday chiroyli va bo’rsildoq nonni birinchi marta ko’rib turganidan xursand bo’lib ketibdi. Kosibning o’g’li esa shohning nonga mahliyo bo’lib qarab turganini ko’rib, to’rt misra sher aytibdi. Shoh bunday hunar egasini tarbiya qilgan ota-onasiga tasanno aytib, ma’lum muddatda suhbatda bo’lib, aql farosatini aniqlabdi. So’ng yigitga: Sinovdan o’tding, bu shartim bilan qizimga birgina kuyov emas, yurtimga oqil podshoh ham tanlab olishimim kerak edi. Men seni kuzatdim, senda ovchilik, qassoblik, oshpazlik, etikdo’zlik, sartaroshlik, nonvoylik, va boshqa hunarlar jam ekan, sheriyatga ham qiziqar ekansan, dono fikirlashing meni lol qoldirdi. Bunday hislatlarga ega bo’lgan yurt podshosining kelajagi porloq bo’ladi, - deb to’y boshlash uchun jarchi chaqirib elga xabar qilibdi. Malika otasining aqliga tasanna o’qib, shunday yigitga turmushga chiqayotganidan hursand bo’lib, otasidan minatdor bo’libdi. Shunday qilib ular baxtli yashab, murod-maqsadiga yetibdi. Bu voqeani eshitgan shaxzodarlar hunar o’rganmaganligidan afsus qilib qolishibdi [4].
Ushbu ertak orqali bolalar hunar o’rganish lozimligini, hunarni xatto shaxzodalar ham o’rganish kerakligini anglab olishadi. Dar haqiqat har qanday kasb egasi bo’lishdan qatiy nazar ma’lum bir hunarni egallash inson uchun juda muhimdir. O’sib kelayotgan yosh avlodga yoshligidan hunar o’rgatish va hunar olishga bo’lgan qiziqishni shakillantirish bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilsa maqsad muofiq bo’ladi. Bu borada kichik maktab yoshidagi bolalarga hunar o’rganishga bo’lgan qiziqishni oshirishda yuqoridagi kabi ertaklar aytib berilsa ijobiy natijalarga erishamiz hamda bolalarda hunar o’rganish yaxshi ekanligini, hunarsiz kishi har qancha boy badavlat bo’lmasin hunar o’rganlamaganligi uchun bir kun afsus qilishini anglab etadilar.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, ertaklar har qancha qayta-qayta ijro etilmasin bolalar hatto kata yoshdagilar uchun ham yanada qiziqarli bo’laveradi va ertaklardagi sodda tarzda berilgan voqeylik kishini oz hayoyida mujassamligi ko’z oldidan o’taveradi. Biz misol kеltirgan ertaklar bolalar uchun nima yaxshiyu nima yomonligini tabiatga va hayvonlarga bo’lgan ijobiy qarashlarini shakillantirishda, yosh xususiyatini hisobga olgan holda ularda yaxshi va yomon hislatlarni anglashida eng samarali usullardan biri ekanligini ta’kidlamoqchimiz. Ertaklardan foydalnish har doim ham bolalarda ijobiy fazilatlarni shakillantirishga xizmat qilgan.
Dostları ilə paylaş: |