Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi shakl va funktsiyalarining o’zgarish jarayonidir. «jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo’llanilganda, u antropometrik va biometrik ko’rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, qaddi-qomatining holati) va boshqalar. «jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo’llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko’z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko’rsatkichidir.
Maktab yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilgan. ular «uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturida ko’rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir.
«jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). u konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar –harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Sport – bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: |