Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda oilа, maktab vа mahalla hаmkorligi



Yüklə 113,41 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü113,41 Kb.
#201661
1   2   3   4   5   6
Qudratova MUNIRA

Kurs ishining maqsadi.
Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi.

Kurs ishining vazifalari.
Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalash maktabni oila bilan mustahkam bog’lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o’rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish.

Kurs ishining dolzarbligi.
Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.

I.BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA OILА, MAKTAB VА MAHALLA HАMKORLIGI.
1.1. Maktabgacha ta`lim tashkiloti va oila hamkorligi.
Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog‘lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muammo bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Respublikamizda 1998-yil – “Oila yili“ deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan. Ma’lumki, bola 2-3 yoshidan boshlab, o‘z ehtiyojlari, fikr va talablarini birmuncha aniq ifoda etadigan bo‘lib qoladi. U ko‘ziga ko‘ringan, aqli yetgan narsalarni so‘ray va ularni sinchkovlik bilan tekshira boshlaydi. Ota-onalar milliy fazilatlarimizga muhabbat bilan qarash, razolatlardan nafrat qilish yo‘llarini bolalarga o‘rgatadilar. Xalqimiz orasidagi buyuk odamlarning kamolotlari to‘g‘risida so‘zlab beradilar.
Bolalarni kamtarlik va donolikka o‘rgatishda buyuk o‘zbek mutafakkiri Abu Ali ibn Sino kabi olimlarimizning hayot namunalari va bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlarini asos qilib olish foydalidir. U manmanlik, maqtanchoqlik va o‘zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi xususiyatlarni kishining axloqi past ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar deb ta’kidlaydi. Uning fikricha oilada bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi odatlarga o‘rgatilishi kerak. Bu esa unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin yaratadi. Ibn Sino yosh bolalarni yaxshi axloqli jismoniy sog‘lom qilib yetishtirishda ko‘pgina foydali usullarini ko‘rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna bo‘lish usuli g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini qayta-qayta uqtirib o‘tgan. Oilaviy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy ahamiyatini uning quyidagi so‘zlaridan bilib olish mumkin: “Bolaning xulqini mo‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Unga esa bolalarni qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish, xafalik, uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolani xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini ko‘zdan uzoqlashtirishga doim tayyor bo‘lib turish kerak. Bu
ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning ruhiga foyda qiladi, bola eng yosh chog‘idanoq xushhulq odam bo‘lib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi. Chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlariga sabab bo‘ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi”. Ibn Sino o‘zining “Tadbir-ul manozil” asarining katta bir bobini oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlagan. U bu asarida kishilarning oilaviy munosabatlarning deyarli hamma tomonlarini ko‘rib chiqadi. U oila boshlig‘i oldiga katta talablar qo‘yadi, u oilaviy tarbiyani ham amaliy, ham nazariy tomondan yaxshi bilish zarurligini uqtiradi.
Mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida ota-onalar va tarbiyachilar obro‘yining bolaga ta’sir kuchi haqida ham fikr yurgizadi. Bu esa hozirgi talablarga ham javob beradi. U: “Ota- onalarning bolalarga tarbiyaviy ta’sirining bor kuchi obro‘ga asoslanadi”,– deydi. “Biroq bu obro‘ tabiatan berilmaydi, sun’iy ravishda yaratilmaydi, qo‘rquv, qo‘rqitish, zo‘rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatdan kelib chiqadi”, – deb ta’kidlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xalqimiz rasm-rusumlari va milliy odatlarni juda nozik tutashtiradi. Shu sababli inson xulq- atvori, madaniyatining hatto eng oddiy masalalari ham uning diqqatidan chetda qolmadi. A.Navoiy tarbiyada xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini uqtiradi. Haqiqatdan ham, bolani tarbiyalshda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat oilaning hayotida emas, balki jamiyat hayotida ham aks etadi. Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli-tuınandir. Ular orasida keng tarqalganlardan biri ota- onalarning haddan tashqari hukmronlikka intilishlaridir; bolaning erka bo‘lishi ularga nisbatan biror talabning yo‘qligi bilan bog‘liq; ota-ona, buvilar tomonidan tarbiyada yagona talablarning yo‘qligidir; oilaviy tarbiyadagi barqaror xatolar oilaning tuzilishi va oilaviy munosabatlar bilan, kattalarning o‘z fuqarolik burchlarga munosabati, ularning g‘oyaviy yo‘nalishi, mehnatga munosabati bilan bog‘liq munosabatlar bilan, kattalarni o‘z fuqarolik burchlariga munosabati, ularni g‘oyaviy yo‘nalishi, mehnatga munosabati bilan bog‘liq. Bu belgilarga ko‘ra oilaning bir necha turini ajratish mumkin. Tarbiyachilarga oila turlarini bilish va u bilan o‘ziga xos holda ishlash va munosabatda bo‘lish uchun zarur. Oila turlari Rizouddin Ibn Faxriddinning “Oila” nomli risolasida ko‘rsatilgan.
Birinchi turi – tinch oilalar. Mehnat qilib, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda faol ishtrok etayotgan ko‘pchilik oilalar kiradi. Bu turdagi oilaga ota-onalar va bolalar o‘rtasida ma’naviy yaqinlik, aqlli va me’yordagi talablar mavjud boladi.
lkkinchi turi – yuzaki tinch oilalar. Bu turdagi oilalarga oila a’zolari tomonidan bolalarga qo‘yiladigan talablar bir xilda bo‘lmasdan, stixiyali tarzda bo‘ladi. Bunda bolanig imkoniyatlari hisobga olinmaydi. Bolaning hayoti noto‘g‘ri tashkil etiladi. Tarbiyaning bu turida ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, ularning talabini bajarmaslik kabi holatlar rivojlanishi mumkin. Yuzaki tinch oilalar bilan ishlashda tarbiyachi ota-ona diqqat-e’tiborini oiladagi psixologik vaziyatni hisobga olishi lozim.
Uchinchi turi. Bunday oilalarga ishlab chiqarish, oilaviy vazifalarga befarq munosabatda bo‘lish, oilaviy an’analarga e’tibor bermaslik, uy ishlariga loqayd munosabatda bo‘lish xos bo‘ladi. Bola qo‘rs, qo‘pol, urishqoq bo‘lib qoladi. Kattalar va jamoa tartiblariga bo‘ysunmaydi. “Tarbiyasi og‘ir” bolalarning ko‘p qismi ana shunday oilalarda yetishadi. Zamonaviy sharoitlarda notinch oila muammosi eng dolzarb muammolardandir. Oila maktabgacha ta’lim yoshidagi bola uchun birinchi ijtimoiy muhitdir. Agar u notinch bo‘lsa, bolaning sog‘lig‘iga ham, uning xulqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu xildagi oilalarning bolalari taqdiriga ular qatnaydigan maktabgacha ta’lim muassasasi befarq qaramasligi kerak. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o‘z tengdoshlari bilan munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar.
To‘rtinchisi to‘liqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota-onadan biri bo‘lmaydi. Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo‘qligini bildirmaslik uchun oila a’zolaridan har birining bolaga ta’sirini kuchaytirish, bola o‘zaro munosabatlarda kamchilik sezmasligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a’zoni boshqa qarindoshlarini jalb qilish muhimdir. Shunday qilib maktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan ishlash o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, oilaning turiga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Maktabgacha ta’lim muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma-xil va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shakl va usullar yordamida rejali ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Yüklə 113,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin