2.2. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari.
Mamlakatimizda mustaqillik yo‘lidagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi hisoblanmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar qilinmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari faoliyatini me’yorlashtiruvchi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “O‘zbekis- ton Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablari” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi. Isloh etish jarayonida bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl va uslublari, shuningdek, pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari qamrab olinmoqda.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o‘rtoq1arini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko‘nikmasini shakllantirish ham muhimdir. “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onaning mustaqil ravishda ta’lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassa- salariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassa- salarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar
yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasida yoki oilada maktab ta’limiga tayyorlash, uni murakkab bo‘lmagan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi. Shunga binoan, MTM bilan maktab
o‘rtasidagi bog‘liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta’limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o‘tkazishni, ikkinchi tomondan, o‘qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o‘quv- tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi.
MTM bilan maktab o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik katta nıaktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha yengillik bilan o‘tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o‘z navbatida maktabda o‘qishning birinchi kunidan boshlab ta’lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta’lim olishga tayyorlashlari kerak. Maktab bilan MTM o‘rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko‘p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta’lim- tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek, bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:
Maktab talabi nuqtayi nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
MTM nuqtayi nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantirish zarur.
Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat, bilishga qiziqishni o‘stirish, kelajakdagi mustaqil fao- liyatga tayyorlashdan iborat.
MTMda beriladigan ta’lim rivojlantiruvchi tarzda bo‘lishi kerak. MTM bilan maktab o‘rtasida izchil aloqa o‘rnatish, uzviylik
MTM va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish uchun imkon yaratadi. MTM maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich sinf ta’limi maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallagan xulq-atvor shakllari, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat
shakllari, axloqiy his-tuyg‘u va tasavvurlar maktabning boshlang‘ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor shakllarini ularning ongini, his-tuyg‘ulariııi tarbiyalash uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq-atvorda birlik bo‘lishini tarbiyalash, o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoatchilik xislatlari, sifat jihatdan yangi bo‘lgan xulq- atvor shakllarini tarkib toptirish uchun shart-sharoit yaratadi. Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o‘z vatani oldidagi burchini chuqur anglash kabi his-tuyg‘ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar bolalarning MTMda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga mehr va shu kabi axloqiy hislari asosida shakllanadi.
Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo‘yicha izchil ish olib boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob- anjomlari bilan tanishadilar, ashula aytadilar, marsh sadolari ostida yuradilar, o‘yinga tushadi san’at darsida esa o‘quvchilar chizmachilik va rasm solishni, naqqoshlik, rang-tasvir, manzarali-amaliy san’at natyurmortni, portretni bir- biridan farqlashni o‘rganadilar. O‘qish darsida bolalar adabiy janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg‘u- lotlarda ularning badiiy, ijodiy qobiliyatlari yanada rivojlantiriladi. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat ahliga ijobiy muno- sabat, mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish ishlari ham maktabda o‘rgatilib boriladi.
Maktab bilan MTM o‘rtasidagi mehnat tarbiyasi bo‘yicha uzviy bog‘liqlik mehnat tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga qaratishga, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o‘z-o‘zini tashkil eta bilishga, axloqiy munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa boradi. Maktabdagi hamma o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni rivojlantirish bo‘yicha izchillik asosida olib boriladi.
Maktab bilan MTM o‘rtasidagi uzviy aloqa asosini MTM va maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tashkil etadi.
Hozirgi boshlang‘ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini olib solishtiradigan bo‘lsak, ular o‘rtasida bir qancha o‘zaro bog‘liqlarni ko‘ramiz. Bu, eng avvalo, dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har
tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtayi nazarlarning birligida namoyon bo‘ladi.
Birinchi sinf o‘quv dasturi ayrim predmetlar bo‘yicha MTM dasturi bilan solishtirilganda ularda umumiylik ko‘pligini ko‘ramiz. Masalan, MTMda ona tiliga o‘rgatish va boshlang‘ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy g‘oya asos qilib olinadi.
MTMda bu ish bolalarning lug‘atini boyitish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, ifodali o‘qishga o‘rgatish, bog‘langan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTMda egallagan bilim, malaka, tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografik xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o‘rgatiladi. Shu bilan bir qatorda MTMda boshlangan bolalar lug‘atini boyitish, nutqning ifodaliligi, bog‘langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi. MTMda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to‘g‘risidagi bilimlar organizm bilan muhitning birligi to‘g‘risidagi umumiy g‘oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida bilim va tushunchalar beriladi. Bunda dasturlar mazmunida birlik o‘rnatishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan maktab yoshidagi bolalarning yoshlari, bilimlaridagi farq xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy tushunchalar tashkil etadi.
Bunday tasavvur va tushunchalarning bolalar tomonidan egallab olinishi, ya’ni bolalarda har xil sohalar bo‘yicha o‘zlashtirgan umumiy tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda umumiy rivojlanishi uchun nihoyatda zarur bo‘lib, bularsiz ular hozirgi zamon boshlang‘ich sinf ta’limidagi kerakli bilimlarni egallay olmaydilar.
Maktabda esa o‘quvchilarning bilimi yangi bosqichga ko‘tariladi va kengayadi, shu bilan birga ular egallayotgan bilimlarini nazariy jihatdan anglay boshlaydilar, ilmiy tushunchalarni shakllantirısh maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning markaziga qo‘yiladi. Maktabda bilimlar asosini egallash yanada aniqroq tusga kira boradi.
MTM bilan maktab o‘rtasidagi izchillik ta’limning shakl va uslublarida ham o‘z aksini topadi.
Ta’1im berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish, bog‘chada va maktabda ularning aqliy qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o‘stirishdir. MTM va maktabning boshlang‘ich sinfiga qo‘llaniladigan juda ko‘p usullar bir xil bo‘lib, ular bolalarning aqliy, axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu bilan birga ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o‘qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga kelaıligan munosabatlarning murakkabroq shakllarini egallab olishlariga yordam beradi.
Tarbiyachining mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, bilish jarayoniga bunday rahbarlik qilishi maktab va MTM o‘rtasidagi ta'1im usulidagi izchillikning asosini tashkil etadi. Maktabdagi dars, MTMdagi mashg‘ulot bir muncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shu bilan birga ta’limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib turadi. Mashg‘ulot va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta’limning ilmiy asoslangan metod va usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayonida bolalarda o‘quv faoliyati elementlari, o‘z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy ish bilan shug‘ullanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani maktab ta’limiga faol kirishib ketishga tayyorlaydi.
Maktab va maktabgacha ta'lim muasassasi ishidagi izchillikni amaliy ro‘yobga chiqarishning muhim shartlaridan biri tayyorlov guruh tarbiyachilari hamda 1-sinf o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatishdir. Bu aloqalarning ahamiyati keyingi yillarda Respublikamizda qabul qilingan ta’lim sohasidagi tub islohotlarda o‘z aksini topgan. Hozirgi davrning o‘ziga xos xususiyati maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab bilan ommaviy yaqinlashuvi, pedagoglar jamoasining samarali hamkorliklari hisoblanadi.
Hamkorlikning asosiy vazifasi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda yakdillikka erishish, bolani maktab ta’limiga tayyor- lashning yuqori darajasini ta’minlash bo‘lib, bu keyinchalik maktabda muvaffaqiyatli o‘qishga olib keladi. Hamkorlikning mazmuni hamda shakllari shu vazifalardan kelib chiqib:
– Axborot - innovatsion, pedogagik.
– Ilmiy - uslubiy.
– Amaliy.
Birinch haftada o‘qituvchining tayyorlov guruh dastur talablarini chuqur bilishi, shu o‘rinda tayyorlov guruhi tarbiyachilarning ham l- sinf dastur mazmuni bilan tanishishi, mashg‘ulotda va dars jarayonida axborot, pedagogik va interfaol usullardan foydalanish darajasi, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda birlikka erishish muhimdir.
XULOSA
Oila muhitini bir maromda saqlay olmaydigan oila boshlig‘i bo‘lmish
otaning kiyimlariga e’tibor qaratmaydigan –vaqtida dazmollab qo‘ymaydigan
onaning qizidan nimani kutish mumkin zero xalqimizda “onasini ko‘rib qizini ol
“degan ibora bekorga ishlatilmaydi.O‘tmish saboqlarini yodda saqlagan holda
bugungi rejalarimizni tuzishimizda yoshlar ilmiy metodologiya bilan qurollanishini
ko‘zda tutishimiz zarur bo‘lib qoldi. Aks holda tahlil obyektini ilmiy - badiiy
ijtimoiy - siyosiy ahamiyatini aniqlash demak, qadrlash imkoni ham bo‘lmaydi.
Estetik qiymatga ega bo‘lgan asar nazariyani boyitgan ilmiy qarash jamiyat
taraqqiyotining muayyan bosqichlariga ta’rif bergan tarix fani bugungi kunda
ta’qiq qilinishida qanday metodologiyalar qo‘llanishi talab etiladi Bundan shunday
xulosa chiqarish mumkinki, oilada bolalarda estetik tasavvurlarni
shakllantirishning bosh metodologiyasi tarixiy milliy o‘zbekona estetik
qadriyatlarni zamonaviy tamoyillari bilan sintetik tarzda aynan tanlangan holda
qo‘llanishiga erishishidan iborat bo‘lmog‘i lozim. Oilada bola tarbiyasining o‘ziga
xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim.
Xususan, ular quyidagicha:
Oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar
ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Xususan, ular quyidagicha:
oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish;
ota-ona obro‘sini saqlash;
tarbiyada ota-ona, kattalar o‘rtasida talabchanlik birligi;
bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;
oila, maktabgacha ta’lim muassasasasi va jamoatchilik hamkorligi;
bolani sevish va izzat qilish;
oilada qat’iy intizom va kun tartibi o‘rnatish;
tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;
bola taraqqiyotini aniqlab borish;
XULOSA
Oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yin, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda oila a’zolari va tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlar muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiya qanchalik erta boshlansa, hosili ham shuncha barvaqt ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda pedagoglarning vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash joizki, bola tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullangan ota-onalarning farzandlari ta’lim muassasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan ko‘rsata oladi. Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uning ma’naviy shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |