1.2. Maktabgacha ta`lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlari MTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTM xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:
– Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg‘or pedagogik tajribalarning ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib ularni o‘zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTMlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTM hayoti bilan tanishishlari.
Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
– Ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko‘rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo‘yicha materiallar solingan papkalardir.
– Ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
– Tarbiyachining oilani borib ko‘rishi.
Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa, ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir. Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlari ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko‘rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo‘yishi kerak. Oilaga kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi. Tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda pedagogik madaniyatni oshiradi.
Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo‘llanadigan suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish vaqtida o‘tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota- onalarni bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota-onalar bilan ertalab o‘tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo‘ladi, shuningdek, uning yaqinlarida yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Ota-onalardan bola kechqurun qanday kayfiyatda bo‘lganini, qanday uxlaganini, bola o‘zini qanday sezishini so‘rash foydali. Tarbiyachi ota-onalarga bolalarni bugun guruhda nimalar kutishi haqida qisqacha axborot beradi. Bu narsa bolani kayfiyatini ko‘taradi, ota-onani xotirjam qiladi. Ota-onalar bilan kechki suhbatlar ham vaqt jihatidan cheklangan, ota-onalar bilan kechki suhbat vaqtida tarbiyachi bolaning tashqi ko‘rinishiga taalluqli kamchiliklar aytilishi mumkin. Bolani guruhda kunni qanday o‘tkazgani, nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgani, o‘zini qanday tutgani, nimaga e’tibor berish kerakligi haqida axborot beradi. Ota-onalarni bola tarbiyasida yo‘l qo‘ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o‘tkazish zarurati tug‘ilganda vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak bo‘lganda maslahatlar o‘tkaziladi.
Guruhiy maslahatlar va majlislar. Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota-onani qiziqtirayotgani ma’lum bo‘lsa, ular uchun umumiy maslahatlar tashkil etadi. Pedagog maslahatga oldindan tayyorlanadi: zarur adabiyotlarni va ko‘rsatmali materiallarni tanlaydi. Maslahat o‘tkaziladigan aniq vaqt haqida ota-onalarini ogohlantiradi. Bunday maslahatlar onda-sonda va muntazam o‘tkazilishi mumkin. Ota-onalarning guruhiy majlislari zaruriyatiga qarab yil choragida bir marta o‘tkaziladi. Bunday majlislardan maqsad ota-onalarni aniq pedagogik masalalar bilan tanishtirishdir. Ularda mazkur guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari muhokama qilinadi, guruh ishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar qarab chiqiladi, ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari haqida gapiriladi.
Majlislar mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik ko‘rishda ota-onalari taklif etilayotgan bolalarni yoshini hisobga olish zarur. Shu munosabat bilan o‘yin yoki mehnat faoliyatlari haqida masalalar ko‘proq o‘rin egallash mumkin. Ota-onalarning umumiy majlisi maktabgacha ta’lim muassasalari hamma tarbiyalanuvchilarining ota- onalari uchun yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Ular maktabgacha muassasa mudirasi, vrach, tarbiyachilar ishtirokida tashkil etiladi. Umumiy majlislarda ta’lim-tarbiyaviy ishning yakunlari muhokama qilinadi. Birinchi umumiy majlis o‘quv yili boshida o‘tkazilib, unda mudira ota-onalarni maktabgacha ta’lim muassasining yillik ish rejasi bilan tanishtiradi. Rejaning oila bilan bog‘liq qismiga aniq to‘xtalib o‘tish lozim. Ikkinchi umumiy majlis o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. Bunda maktabgacha ta’lim muassasining o‘tgan yildagi ish yakunlari haqida ma’lumot beriladi. Bolalar muassasida tarbiyalanuvchilarning yashash sharoitlarini yaxshilashda ota-onalarning qo‘shgan hissalari ta’kidlab o‘tiladi. Umumiy majlislarda bolalar muassasasi jamoasi qanchalik katta va murakkab ishni bajarishni va bu ishda qanday yordam berish kerakligini ishonchli tarzda ko‘rsatishi kerak. Majlislarda pedagog ma’ruzasining hajmi 20-25 minutga mo‘ljal- lanadi.
Ota-onalar bilan MTM xodimlarini birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni MTM dagi sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam, bir-birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi. Ota-onalar MTM maydonini ko‘kalamzor1ashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayyorlash, sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish1ari, bolalarga bayram kostyumlari tayyorlashda, bolalarni sayohatga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo‘lsa, ular MTMga bevosita yordam ko‘rsatishlari kerak. Ota-onalarning ishi ijtimoiy xarakterga ega va ixtiyoriylikka asoslangan bo‘lishi kerak. Birgalikdagi ishni to‘g‘ri tashkil etish uchun yillik reja tuziladi va ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi. Ota-onalardan qaysi kunlari MTMga kelib yordam berishlari mumkinligini so‘rash lozim.
Ochiq eshiklar kuni ota-onalar bilan ishlashning samarali shaklidir. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o‘z kalendar yillik rejasi bo‘yicha har bir yosh guruhning ma’lum rejimi bo‘yicha odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazish zarur. Ya’ni ota-onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, nıashg‘ulotning borishi, sayr haqida ko‘pgina narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida ma’lum qilinadi.
Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy munosabatda bo‘lish, ularning faoliyatida imkon boricha ishtirok etish, tarbiyachiga xalaqit bermaslik, farzandiga tanbeh bermaslik (mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganda).
Ochiq eshiklar kunini o‘tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa “Ota-onalar – bizning mehmonimiz”, “Bizda ochiq eshiklar kuni” mavzusida fotoko‘rgazma tashkil etish mumkin. Bu ochiq eshiklar kunida qatnasha olmagan ota- onalarda qiziqish uyg‘otadi.
Ota-onalar qo‘mitasi va jamoachilik bilan ishlash. Har bir MTMda ota-onalar qo‘mitasi bo‘lib “Maktabgacha ta’lim muassasasi nizomi” bo‘yicha tashkil etiladi. Ota-onalar qo‘mitasi ishning vazifalari va mazmuni uning huquqlari, hisoboti va ish yuritishi ota- onalar qo‘mitasi haqidagi “Nizom“da aks ettiriladi. Bu qo‘mita ota- onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi. Ular orasidan rais va kotib saylanadi. MTM rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar qo‘mitasiga faol tarbiya masalalarida uzoq bo‘lmagan kishilar tarafdoridir. Tarbiyachilar u yoki bu oila qanday ota-onalar qo‘mitasiga a’zo bo‘lgandan so‘ng MTMga ota yoki ona qanday yordam berishi mumkin, ular jamoa tarbiyasi hayoti bilan qiziqishadimi, MTMda bo‘lish kerakligi haqidagi mashg‘ulotlar tartibini kuzatish, sayr qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi, degan savollarga javob berishlari kerak. Ota-onalar qo‘mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash mumkin. Bunday ota- onalar odatda, samarali qiziqib ishlaydilar. Ota-onalar qo‘mitasi ota- onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga avval qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi. Ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati MTMning yillik rejasiga mos holda rejali ravishda olib borilishi kerak. Qo‘mita ishini mudiri boshqarib boradi. Uning niajlislari kamida ikki oyda bir marta o‘tkazilishi kerak.
MTMning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi :
– umumiy majlislar;
– ota-onalar bilan axloqiy va jismoniy tarbiya masalalarida olib bori- ladigan ish;
– “Bolalarning tabiat qo‘ynidagi mehnati – axloqiy tarbiyaning vositasidir” degan mavzuga alohida e’tibor berish;
– ota-onalarni MTM ishiga yaqinlashtirish, ularni MTMdagi tarbi- yaviy ishlar bilan keng tanishtirish.
Quyidagilar ota-onalar e’tiborida bo‘lmog‘i kerak:
– navbatchilikni tashkil etish;
– shanbaliklar uyushtirish;
– ochiq mashg‘ulotlarda qatnashish;
– guruh majlislarida qatnashish;
– individual suhbatlar, maslahatlar.
– oilalarni borib ko‘rilganda bolalar mehnat faoliyatlariga alohida e’tibor berish (bola yoshiga mos holda).
Umumiy majlislar:
1. MTM va oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. Mavzu bo‘yicha ota- onalar chiqishlarini tayyorlash.
2. Bola tarbiyasida ota-onalar obro‘yi. Ma’ruza mavzusi bo‘yicha tayyorlangan ota-onalar chiqishlari. Mahalla faollarining, ota-onalarning, tajribali pedagoglarning bola tarbiyasi soxasidagi ilgʼor tajribalarini almashinishga bagʼishlangan kechalarni tashkil etish maqsadga muvofiq boʼladi.