Malakalarini rivojlantirishda interfaol metodlarning imkoniyatlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117467
1   2   3   4   5   6
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-matematik-malakalarini-rivojlantirishda-interfaol-metodlarning-imkoniyatlari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1113
10. Muhokamalar oʻtkazish – dars mavzusiga doir masalalar yuzasidan 
hamkorlikda fikr yuritish va xulosalar chiqarishga yoʻnaltirilgan interfaol mashqlardan 
iborat. 
11. Xulosalar va vazifalarni belgilash - mashgʻulot davomidagi xulosalarni jamlash 
va umumlashtirish hamda oʻquvchilar uchun navbatdagi vazifalarni belgilab berishdan 
iborat. 
12. Darsni yakunlash - darsdan qoniqqanlik darajasini har bir oʻquvchi tomonidan 
baholashni har turli interfaol shakllarda tashkil etiladi. Bu baholash natijalarini keyingi 
darslarni tashkil etishda hisobga olib boriladi. 
Interfaol ta’limning asosiy shakllari: katta, doira, charxpalak, akvarium, kichik 
guruhlarda (juftlikda) ishlash va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Interfaol ta’limning asosiy usullari: interfaol seminar, trening, ma’ruza, aqliy 
hujum, ishchanlik oʻyini, rolli oʻyin, muhokama, bahs, munozara, tanqidiy fikrlash, 
skarabey, bumerang, zig-zag yoki arra, press, intervyu, zanjir, sinkveyn, pinbord, insert, 
suratli diktant, chigilyozmadi, muzyorar va boshqalar. Shu bilan birga ta’kidlash 
zarurki, interfaol darslarda shakl va usullar birgalikda mavjud boʻlib, ularni shartli 
ravishdagina ajratish mumkin. 
XULOSA 
Shunday qilib, interfaol metodlar ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini 
oshirish, o‘quvchi, o‘qituvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasida hamkorlikni qaror 
toptirish, yagona maqsad sari intilish hamda shaxsning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Demak, interfaol metodlar oʻquvchilarni faqatgina matematik bilimlarini rivojlantirib 
qolmasdan ularning olgan bilimlarini kundalik hayotda qoʻllashga ham yordam 
beradigan metodlar hisoblanadi. 
REFERENCES 
1. Ishmuhamedov, R., Abduqodirov, A., & Pardaev, A. (2008) Ta’limda innovatsion 
texnologiyalar. Iste’dod. 
2. Muslimov, N., Usmonboeva, M., Sayfurov, D., & To‘raev, A. (2015) Innovatsion 
ta’lim texnologiyalari. Sano-standart. 
3. Tolipov, O‘.Q., & Ro`ziyeva, D.I. (2019) Pedagogik texnologiyalar va pedagogik 
mahorat. Fan. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin