Malakalarini rivojlantirishda interfaol metodlarning imkoniyatlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117467
1   2   3   4   5   6
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-matematik-malakalarini-rivojlantirishda-interfaol-metodlarning-imkoniyatlari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1110
6 Oʻquvchilarning 
vazifalari 
Oʻqituvchini tinglash 
va 
oʻzlashtirish, 
berilgan topshiriqlarni 
bajarish. 
Oʻqituvchi 
bergan 
topshiriqlarni bajarish boʻyicha 
mustaqil fikrlash, oʻz fikr, 
xulosalarini 
boshqalarga 
solishtirish va yakuniy xulosaga 
kelish. 
7 Vaqt taqsimoti 
Dars vaqtining koʻp 
qismi 
oʻqituvchining 
yangi 
mavzuni 
tushuntirishi, 
tahlil 
qilishi, 
topshiriqlarni 
tushuntirishi, 
oʻzlashtirishni nazorat 
qilishiga sarflanadi. 
Dars vaqtining koʻp qismi 
oʻquvchilarning 
mustaqil 
topshiriqlarni bajarishi, fikr 
almashishi, mushohada qilishi, 
oʻz xulosalarini bayon qilishi 
va himoyalashiga sarflanadi. 
8 Darsning modul 
va algoritmlari 
Darsning modul va 
algoritmlardan har bir 
oʻqituvchi 
oʻzi 
qoʻllayotgan metodga 
muvofiq foydalanadi. 
Har 
bir 
dars 
oldindan 
tayyorlangan 
modullar 
va 
algoritmlarga, 
loyihalarga 
muvofiq oʻtkaziladi. 
9 Oʻquvchilardan 
talab qilinadigan 
faollik darajasi 
Oʻqituvchi 
har 
tomonlama 
faol, 
oʻquvchilar 
diqqatni 
jamlash, 
tushunish, 
fikrlash, topshiriqlarni 
bajarish boʻyicha faol 
Oʻqituvchi ham, oʻquvchilar 
ham har tomonlama faol 
hamkorlik 
10 Bilimlarni 
oʻzlashtirishning 
asosiy usullari 
Muloqot, muhokama, 
muzokara, 
bahs, 
munozara, mulohaza, 
tahlil, 
mushohada, 
mutolaa va boshqalar. 
Muloqot, mutolaa, mushohada, 
muzokara, bahs, munozara, 
mulohaza, tahlil va boshqalar. 
11 Mashgʻulot 
shakllari 
Ma’ruza, 
seminar, 
amaliy 
mashgʻulot, 
laboratoriya 
mashgʻuloti, 
davra 
suhbati 
bahs, 
munozara, 
konsultatsiya 
va 
boshqalar. 
Ma’ruza, guruh yoki juft boʻlib 
ishlash, 
taqdimotlar, 
bahs, 
munozara, 
davra 
suhbati, 
amaliy ishlar va boshqalar. 
12 Kutiladigan 
Mavzu 
boʻyicha Mavzu 
boʻyicha 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1111
natija 
oʻquvchilarning bilim, 
koʻnikma, malakalarini 
oʻzlashtirishlari. 
oʻquvchilarning 
oʻz 
fikr, 
xulosalarini 
shakllantirish, 
ularni mustaqil bilim olishga 
oʻrgatish. 
Tadqiqotchi 
J.A.Junisbekova 
o‘z 
izlanishlarida 
noan’anaviy 
ta’lim 
texnologiyalari asosida ta’lim jarayoni tashkil etilganda o‘quvchilarning intellektual va 
bilish qobiliyatlari hamda his tuyg‘ulari rivojlanib borishini ta’kidlagan. 
Tadqiqotchi Z.E.Sidikova fikricha, interfaol metodlar va o‘yin texnologiyasini 
qo‘llash an’anaviy darslarga qaraganda yuqori darajadagi natijalarni kafolatlaydi. 
Haqiqatan ham ta’limning barcha bosqichlarida bunga ehtiyoj sezilmoqda. Ayniqsa, 
mamlakatimiz ta’lim tizimidagi yangiliklardan, matematika o‘qitishda interfaol 
metodlar foydalanish bo‘yicha o‘quvchi va o‘qituvchilarni xabardor qilish va ilmiy 
tadqiqot ishimizning amaliy tatbiqini tajribada sinab ko‘rish uchun boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari bilan uslubiy seminarlar tashkil etildi. 2016 yilning 12 sentyabridan 2019 
yil 15 mayiga qadar amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarida Navoiy shahar 3-, 10-, 17-
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan matematika 
darslariga “Tanishuv”, “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Bumerang”, “Zinama-
zina”, “Yelpig‘ich” texnologiyalarini qo‘llash natijasida “yaxshi” va “a’lo” baholarga 
o`zlashtirgan o‘quvchilar soni 80-82% ga yetkazildi. Bu tajriba-sinov ishlari jarayonida 
dars vaqti 30% gacha tejalishiga erishildi. Shunday qilib, innovatsion texnologiyaning 
asosi bo‘lgan interfaol metodlarni samarali qo‘llash orqali ta’lim sohasida yuqori 
natijalarga erishish mumkinligi dalillandi.
MUHOKAMA 
Bugungi kunda boshlang‘ich matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilar tabiat va 
jamiyatimizda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarga o‘z fikrini bildirishi, shuningdek, 
kundalik hayotida ro‘y bergan muammoli vaziyatlarni mustaqil ravishda hal eta olishlari 
uchun erkin va ijodiy fikrlashni hosil qilish lozim. O‘quvchilar o‘quv-biluv 
faoliyatlarida yangi bilim va axborotlarni majburan o‘zlashtirmasdan, balki qiziqib 
o‘rgansalar o‘qitishdagi samaradorlik yuqori bo‘ladi. Interfaol metodlar tatbiq etilganda 
o‘quvchilar o‘zlarining haqiqiy matematik fikr va g‘oyalarini aniq maqsad sari 
yo‘naltiradi va yuzaga chiqaradilar. O‘quvchilarning izlanishlari va ijodiy fikr 
yuritishlari orqali fikrlar tezligi, fikrlar egiluvchanligi hamda fikrlar aniqligi kabi 
pedagogik-psixologik holatlar ro‘y beradi. 
Fikrlarning tezligi - ikki komponentni, ya’ni matematik misol va masalalarni 
yechish tezligi va masala yechilishining aniqligini o‘z ichiga oladi. Fikrlash 
jarayonining egiluvchanligi – bu yuzaga kelgan bir g‘oyadan masala yechimiga olib 
keluvchi boshqa g‘oyaga o‘tishdir. Boshqacha qilib aytganda, qo‘yilgan masalaning 
to‘g‘ri yechimiga olib boruvchi bir yoki bir necha usullardan foydalanishdan iboratdir. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin