Page 1112 Fikrlarning aniqligi – qo‘yilgan matematik misol va masalalarni yechishda taxminiy
chegarani bilish hamda fikrlash orqali aniq, ishonchli javoblarni hosil qilish.
Interfaol metodlarni dars jarayonida qo‘llash o‘quvchi va o‘qituvchining
innovatsion faoliyati bilan o‘zaro uzviy bog‘langan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi:
– o‘qitiladigan shaxsning innovatsion o‘quv faoliyatini tashkil etish;
– innovatsion o‘quv faoliyati ustidan nazoratni tashkil etish.
Interfaol mashgʻulot jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Salomlashish (o‘qituvchi va oʻquvchilar).
2. Kirish soʻzi – o‘quvchilarga darsda interfaol ta’limning qaysi turidan
foydalanish, dars mavzusi, shakli va maqsadlari bilan tanishtirish lozim.. Kirish soʻzi
aniq va qisqa boʻlishi kerak.
3. Qoidalarni ishlab chiqish-guruhning samarali ishlashi uchun qoidalarni
belgilash yuzasidan o‘quvchilarning takliflar bildirishi soʻraladi. Shu takliflar asosida
ular tomonidan qoidalar ishlab chiqilib, qabul qilinadi. Bu qoidalarga rioya qilinishi
nazoratini faqat o‘qituvchi emas, o‘quvchilar ham olib borishlari koʻzda tutiladi.
4. Tanishuv (muzyorar)- ishtirokchilarning darsda oʻzaro erkin va faol
muloqotlarini ta’minlash maqsadida har turli harakatli mashqlarni tashkil qilish orqali
oʻtkaziladi. Bu mashqlarni o‘quvchilar orasidagi notanishlik, tortinchoqlik va shu kabi
holatlarni bartaraf qilib, oʻzaro iliq munosabatlarni hosil qilishga yoʻnaltirilgani uchun
“muzyorar” deb nomlanadi.
5. Kutiladigan natijalar har bir oʻquvchi dars yakunida nimalarni oʻrganishi,
qanday ishlarni bajara oladigan boʻlishi haqida ma’lumot berilib, bunda oʻquvchilarning
shaxsiy ehtiyojlari asosida ogʻzaki yoki yozma ravishda bildirgan kuzatuvlari ham
hisobga olinadi.
6. Kichik guruhlarga ajratish - dars maqsadiga muvofiq ravishda oʻquvchilarni bir
nechta kichik guruhlarga ajratgan holda vazifalar bajarishlarini tashkil etish uchun har
turli harakatli mashqlar shaklida amalga oshiriladi. Kichik guruhlarga birinchi marta
ajratishda oʻquvchilar oʻz ixtiyorlariga koʻra guruhlarga ajralishlari mumkin. Keyingi
gallarda tasodifiy kichik guruhlarga ajratish qoʻllaniladi.
7. Kichik guruhlar ishini tashkil qilish – har bir kichik guruhga aniq vazifa, zarur
materiallar, vositalar taqsim qilinadi, vazifani bajarish, natijani ma’lum qilish tartibi va
ajratilgan vaqt belgilanadi.
8. Taqdimotlar – kichik guruhlar oʻzlariga berilgan vazifalarni bajarganda keyin,
olingan natijalarni ular belgilangan vakil tomonidan barcha guruhlar a’zolari oldida
taqdimot qilishdan iborat. Bunday taqdimot yakka tartibda berilgan vazifani bajargan
biror oʻquvchi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
9. Kichik ma’ruzalar – interfaol mashgʻulot mavzusi boʻyicha oʻquvchilarga
nazariy ma’lumotlarni yetkazish maqsadida oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.