Qorovullarni tayyorlash. Soqchi va uning majburiyatlari Qorovullar tayinlangan harbiy qism komandirlari qorovul shaxsiy tarkibining tayinlanishiga va uni xizmatga tayyorlashga, qurollar va o‘qdorilarning ishlatishga yaroqli holatiga va qorovullarning o‘z vaqtida tarqatish tadbiriga yetib kelishiga javob beradi. Harbiy qasamyod qabul qilmagan, yangi xizmatga kelgan, lekin hali ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lmagan, jinoyat qilgan, jinoyat qilishda shubhalanib ustidan tergov ishlari olib borilayotgan, o‘zining axloqiy-ruhiy jihatidan shu paytda qorovullik xizmatini o‘tashga tayyor bo‘lmagan, kasal va boshqa harbiy xizmatchilarni, shuningdek, axloq tuzatish jazo muddatini o‘tayotganlarni qorovullikka qo‘yish taqiqlanadi. Naryadga kiradigan tunda qorovullikka tayinlangan harbiy xizmatchilar hech qanday xizmatga, mashg‘ulotga yoki ishga jalb etilmasligi kerak. Naryadga kirayotgan kun qorovul shaxsiy tarkibiga kun tartibida belgilangan soatlarda xizmatni o‘tashga tayyorgarlik ko‘rish uchun kamida 3 soat vaqt berilishi lozim. Qorovullikka turgandan so‘ng bir kun o‘tgach esa 4 soat, jumladan, 1 soat uxlashga vaqt beriladi.
Rasmda: Shaxsiy tarkibni xizmatni o‘tashga tayyorlash uchun qorovul shaharchasini jihozlash:
O‘quv-mashq joylari: A—qorovulni nazariy o‘qitish sinfi; B—qurolni o‘qlash va o‘qsizlashni mashq qilish; D—postni qabul qilish va topshirish; E—yong‘in chiqqanda soqchi harakati; F—turli shartsharoit paytida soqchining postdagi harakati; G—qo‘l jangi usullari mashqi; H—Jangovar Bayroq postida soqchining harakati; I—soqchini harbiy yuk (harbiy qism, shunday ishga ajratiladigan qorovul uchun) ortilgan transportni qo‘riqlashga tayyorlash.
Jihozlar:
1—yoritish plafoni; 2—plakatlar (o‘zlashtiriladigan o‘quv-mashq mavzulari) uchun lavha; 3—o‘t o‘chirgichlar; 4—aloqa vositalari; 5—taqiqlangan chegara (begona kishilarga yaqin kelishi taqiqlangan masofa); 6—qo‘riqlashning texnik vositalari, nazorat-o‘tish yo‘lagi va soqchining hamda transport vositalarining yurishi uchun so‘qmoq (yo‘l) bilan jihozlangan postlar perimetri belgilari; 7—post boshpanasi; 8—boshqarish pulti; 9—qo‘l jangi usullarini mashq qiladigan joy; 10—qorovul saflanadigan maydoncha; 11—plakat (postdagi soqchining qo‘lidagi qurol holati); 12—soqchi uchun o‘ralgan to‘siq; 13—plakat (qorovulda turadiganlar majburiyatlari va harbiy yuk ortilgan transportni qo‘riqlash chog‘idagi xavfsizlik talablari); 14—qorovul shaxsiy tarkibi bilan mashg‘ulot o‘tkazish rejasi; 15—pul solinadigan quti; 16—o‘qdonlarga (o‘q joylaydigan ramkalarga) o‘q solinadigan joy; 17—poyabzal tozalaydigan joy.
Vzvoddan (batareyadan) tayinlangan qorovul shaxsiy tarkibini tayyorlash shaxsan vzvod (batareya) komandiri tomonidan amalga oshiriladi.
Qorovullik xizmatini o‘tashga tayyorgarlik uch bosqichda olib boriladi:
birinchi, naryadga kirishdan ikki-uch kun oldin postlar raqami bo‘yicha qorovul shaxsiy tarkibi tayinlanadi va bo‘linadi;
ikkinchi, naryadga kirishdan bir kun oldin kun tartibida ko‘rsatilgan soatlarda qorovul shaxsiy tarkibi bilan harbiy nizom qoidalarini, qo‘riq
lanadigan obyektlar maketiga post raqamini qo‘ygan holda postdagi soqchining asosiy majburiyatlari va harakat turlarini o‘rganish, xavfsizlik talablarini bajarish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
uchinchi, qorovullikka kiradigan kun postdagi soqchining vazifasi haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nizom qoidalari va soqchining asosiy vazifalarini o‘rganish mashg‘ulotlari qorovullar tayyorlash sinfida, garnizon qorovullari bilan amaliy mashg‘ulot — harbiy komendatura qorovullik shaharchasida, ichki qorovullar bilan mashg‘ulot esa — harbiy qism qorovullik shaharchasida o‘tkaziladi (Rasmda). Soqchi va uning majburiyatlari Soqchi daxlsiz shaxsdir. Uning daxlsizligi quyidagilardan iborat:
uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida;
uning qat’iy ma’lum shaxslarga — qorovul boshlig‘iga, uning yordamchisiga va o‘zining tarqatuvchisiga bo‘ysunishida;
xizmati bo‘yicha barcha shaxslar uning talablarini so‘zsiz bajarishlarida;
Nizomda ko‘rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida. Faqat qorovul boshlig‘i, qorovul boshlig‘i yordamchisi va soqchi bo‘ysunadigan tarqatuvchi soqchini postdan almashtirish va olish huquqiga ega. Qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va tarqatuvchi vafot etsa yoki jismoniy jihatdan o‘z vazifasini bajara olmay qolsa, qorovullarni postdan olish va almashtirishni garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchi o‘z vzvodi (batareya) yoki batalyoni (divizioni) komandiri ishtirokida amalga oshiriladi. Qorovul postni qabul qilib olishdan oldin tarqatuvchi (qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi) va navbatchi topshirayotgan soqchi bilan shaxsiy tabel raqami bo‘yicha qo‘riqlashga qabul qilinayotgan barcha narsaning mavjudligini tekshirishi; bandilarni qo‘riqlashi uchun — postda turayotgan paytda esa qulflar, panjaralarning holatini va kameralarda saqlanayotgan bandilarning sonini tekshirishi kerak. Soqchi quyidagilarga majburdir:
o‘z postini sergaklik bilan qo‘riqlashga va tik turgancha himoya qilishga;
sergak himoya qilishga, hech narsaga chalg‘imaslikka, qurolini qo‘ldan qo‘ymaslikka va hech kimga, hatto o‘zi bo‘ysunadigan shaxslarga ham bermaslikka;
ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakat qilib yoki kuzatuv minorasida turib, postga keladigan yo‘llarni, to‘siqlarni diqqat bilan kuzatishga va post raqamida ko‘rsatilgan vaqtlarda xizmatning borishi haqida aloqa vositalari orqali xabar qilib turishga;.
navbat almashmasa yoki uni postdan olishmasa, hayotiga xavf tug‘ilgan paytda ham postni tashlab ketmaslikka (postni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish harbiy jinoyat hisoblanadi);
postda doimo o‘qlangan qurol olib turishga va doimo hamma narsaga tayyor bo‘lib turishga;
post raqamida ko‘rsatilgan va maxfiy chegara ko‘rsatkichlari bilan ajratilgan joydan ichkariga, post yaqiniga qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va o‘zining tarqatuvchisi va ular boshlab kelgan shaxslardan boshqa hech kimni qo‘ymaslikka;
qorovul transporti vositalari harakat yo‘nalishini va tanishish, shuningdek, uning tanitish belgi va signallarini bilishga;
Òashqi postlarda: kunduzi — «kamarga» holatida yoxud qurolni tik turib o‘q uzishga tayyorlash holatida; kechasi — qurolni tik turib o‘q uzishga tayyorlash holatida.