Malakaviy kurs ishi


Qorovulxonada ichki tartib-intizom



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/5
tarix19.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#145300
1   2   3   4   5
Malakaviy kurs ishi-fayllar.org

Qorovulxonada ichki tartib-intizom


Qorovul bo‘linmasi tarkibidagilar qorovul boshlig‘ining ijozatisiz qorovulxonani tark etishga haqqi yo‘q. Qorovulxonada tinchlik va tartib-intizom saqlanishi kerak. Musiqa asboblarini chalish va o‘ynash taqiqlanadi. Radioeshittirishlarni quloqqa qo‘yib eshitadigan telefonlar (naushniklar) orqali tinglash, o‘qish, yozish, shaxmat va shashka o‘ynashga ruxsat etiladi. Faqat maxsus belgilangan joyda chekish va poyabzal tozalashga ruxsat beriladi. Kichik qo‘riqlovchi bo‘linma shtatidan tayinlanadigan, xususiy tarkibi bir-ikki kecha soqchilikda turadigan qorovullarning qorovulxonasida televizor o‘rnatishga va teledasturni qorovul boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan belgilangan vaqtda, qorovul xizmatining bajarilishiga va uxlab dam olayotgan bo‘linmaga xalal bermay, tomosha qilishga ruxsat etiladi. Avtomat va pulemyotlar javonga o‘qdonsiz, qurollarning qulflari esa bo‘sh qo‘yilgan holatda, karabinlar esa javonga tepkilarni tushirilgan holda qo‘yiladi. Qorovulxonadagi javonlar qulflanmaydi. Avtomatlarning o‘qdonlari solingan yon xaltalar (karabinlar uchun o‘q joylangan ramkalar) va nayzali pichoqlar belkamarga boylangan pichoqlar yechilmaydi. Pulemyotlarning o‘qdonlari qulflanadigan maxsus qutilarga solinib, javonda saqlanadi, kalitlar qorovul boshlig‘ida bo‘ladi. Nazorat postlari qorovullarining to‘pponchalari o‘qlangan holatda qini bilan qulflangan temir qutilarda (seyfda) saqlanadi, qutilarning kaliti qorovul boshlig‘ida bo‘ladi, uning qorovulxonada yo‘q payti va dam olish chog‘ida esa kalitlar qorovul boshlig‘ining yordamchisiga beriladi. Qorovullarga to‘pponchalar postga turish oldidan maxsus guvohnoma bo‘yicha beriladi. Javondan qurol faqat qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi ruxsati bilan beriladi. Qurolni tozalash, uni qismlarga ajratmasdan qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi rahbarligida amalga oshiriladi. Qorovulning shaxsiy tarkibiga, qorovulxonada boshyalang, shinelsiz (nimpo‘stinsiz, qalin dala kurtkasisiz), biroq, aslaha-anjomda yurishga ruxsat etiladi. Yechilgan shinellar (nimpo‘stinlar, qalin dala kurtkalari) va bosh kiyimlari maxsus kiyim ilgichda bo‘lishi kerak. Qorovulning shaxsiy tarkibiga, qorovul boshlig‘i va uning yordamchisidan tashqari, qorovulxonaga kelgan kishi bilan gaplashish taqiqlanadi; faqat qorovulni tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishga ruxsat etiladi. Quyidagilarga oyoq kiyimisiz, asbob-anjomlarni yechmay va yechinmay, faqat yoqa tugmasini yechib hamda bel kamarini bo‘shashtirib yotishga(uxlashga) ruxsat etiladi: qorovulning bir bo‘linmasi tarkibiga — postga turishdan oldin, postni boshqa qorovul bo‘linmasiga almashtirib, qorovulxonaga qaytganida va qorovulga harbiy topshiriq berilganidan so‘ng; faqat tunda joylarni qo‘riqlaydigan qorovul bo‘linmasiga, qorovulxonaga qaytib kelganidan toki qayta postga jo‘nab ketguncha; nazorat-qo‘riqlash guruhi qorovullariga navbat bilan, qorovul boshlig‘ining ruxsati bilan 4 soatdan. «Qurollan» degan chaqiriq bo‘lishi bilan qorovulxonadagi qorovulning shaxsiy tarkibi, dam olayotgan bo‘linma bosh kiyimlarini kiyadi, o‘z qurollarini oladi va o‘zlarining raqamlari tartibi bilan qorovulxona ichida saflanadi. Shinellar (nimpo‘stinlar, qalin dala kurtkalari) qorovul boshlig‘ining alohida buyrug‘i bilan kiyiladi. Qorovul qorovulxonadan chiqarilgan (yong‘in yoki tabiiy ofatdan boshqa) har qanday sharoitda qorovul boshlig‘ining yordamchisi yoki tarqatuvchilardan biri ichkarida qoladi, ular bo‘lmagan taqdirda qorovul bo‘linmalarida esa qorovullardan biri qoladi. Harbiy qism turar joyida chetda bo‘lganda garnizon qorovullariga oziqovqat yetkazish kichik harbiy bo‘linmalar tomonidan tayinlangan komandirlar yoki harbiy qism navbatchilari tomonidan tashkil etiladi. Harbiy qism qarorgohidagi qorovul shaxsiy tarkibiga oziq-ovqat boshlig‘ining buyrug‘i bilan qorovulning uyg‘oq bo‘linmasi qorovullari orqali yetkaziladi. Qorovulxonani va uning tevaragini toza-ozoda va tartibli saqlash, pechkalarni qizdirish qorovul tarkibiga yuklanadi. Bu majburiyatlarning bajarilishi, asbobuskunalar, kiyim-kechak va qurol-aslahalarning but-butunligini ta’minlash qorovul boshlig‘ining yordamchisiga, bunday yordamchi tayinlanmagan qorovullarda esa qorovul boshlig‘i zimmasiga yuklanadi. Har kungi supurib-sidirishdan tashqari, garnizon komendanti (harbiy qism shtab boshlig‘i) tomonidan belgilab qo‘yilgan haftaning muayyan kunida garnizon (harbiy qism) tibbiyot xizmati boshlig‘ining buyrug‘i bilan qorovulxonada profilaktik dezinfeksiya o‘tkaziladi. Yilning qish faslida qorovulxona bir kecha-kunduzda to‘rt marta shamollatiladi. Havo iliq paytlar binoning bir tarafidagi tokcha yoki derazalar ochib qo‘yiladi. Qishda qorovulxona ichidagi harorat 18°C dan past bo‘lmasligi kerak. Pechkalarni qizdirish garnizon boshlig‘i belgilagan vaqtdan kechikmay to‘xtatiladi. Qorovul tarkibiga ovqatni isitish uchun plitalarni va quritish xonasidagi pechlarni qizdirishni qorovul boshlig‘i, ehtiyojdan kelib chiqib hal etadi. Qaynoq choy doimo bo‘lishi lozim. Qorong‘i tushishi bilan qorovulxona, dahliz va hojatxonalar to‘la-to‘kis yoritilgan, uxlab dam oluvchilar xonasi xira yoritilgan bo‘ladi. Harbiy shaharchadan tashqarida bo‘lgan qorovulxonaning derazalari tunda ichkaridan yorug‘lik o‘tkazmaydigan narsa bilan bekitiladi. Qorovulxonani qo‘riqlash uchun harbiy shaharchadan chetdagi va o‘z tarkibida bitta uch smenalidan kam bo‘lmagan postlari bo‘lgan qorovul bo‘linmasi qorovulxonaga kirish joyiga qorovullarning uyg‘oq qismidan soqchi tayinlaydi. O‘ta muhim joylarni qo‘riqlayotgan va o‘z tarkibida beshta uch smenadan kam posti bo‘lgan qorovul bo‘linmasi qorovulxonani qo‘riqlash uchun qo‘shimcha ravishda qorovul tayinlashi mumkin. Qorovulxona ichiga soqchi qo‘yilmagan sharoitda qorovulxonaga kiriladigan eshikka kuzatish tokchasi o‘rnatiladi va eshik doimo ichkaridan tambalangan bo‘lishi lozim.

Xulosa
Qorovullik xizmati va uning tashkil etilishi. Qorovul va uning tarkibi Qorovullik xizmatini o‘tash jangovar vazifani bajarish hisoblanib, shaxsiy tarkibdan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovul xizmati Nizomining barcha qoidalariga to‘liq rioya qilinishini, yuksak hushyorlik, bukilmas matonat va tashabbuskorliknitalab etadi. Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayorgarlik fani o’qituvchilar zimmasiga yoshlarni mehnatga, Vatanimizni himoya qilishga tayyorlash, ularning siyosiy, ma’naviy dunyoqarashini o‘stirish, xalqimizning boy tarixi, shonli jangovar an’analari va qadriyatlariga hamisha sadoqat ruhida tarbiyalash. Qo‘poruvchi ekstremistik kuchlardan mamlakatimizni ishonchli mudofaa qilishga tayyor turishi uchun hamisha ogoh bo‘lish, muntazam tayyorgarlik ko‘rish kerak. Shundan kelib chiqqan holda mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti e’tiborini davlat va jamoat tashkilotlari bilan amaliy hamkorlik o‘rnatish, yoshlarni
jismoniy chiniqtirib, harbiy texnika bilimlari bilan qurollantirish, chidamli, bardoshli, matonatli, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga
qaratilmoqda. Zero, mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan, tezkor, jangovar qobiliyati yuksak, har jihatdan yaxshi ta’minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirish davr talabi, hayot taqozosidir. Har tomonlama kamol topgan, mard, jasur, vatanparvar yigitqizlarni tarbiyalash keng ko‘lamli serqirra vazifa. Shu bois, o‘zaro do‘stlik, birodarlik, hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, turli salbiy ko‘rinishlarning oldini olish maqsadida «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!», «Kuch — adolatda», «Safdoshingni hurmat qil», «Harbiy xizmatchining ma’naviy qiyofasi» mavzularida

suhbatlar, uchrashuvlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilyapti. Yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasida muhim vosita bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning Vatan ozodligi yo‘lidagi qahramonona kurashlari, tarixning buyuk namoyandalari, xalq qahramonlari Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, Mahmud Forobiy hamda buyuk sarkardalar Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur jasoratlarini madh etuvchi ma’ruza va suhbatlar o‘tkazilmoqda. Bunday ma’ruza va suhbatlar uyushtirish, turli uchrashuvlar tashkil etishdan maqsad, yoshlarimizni ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni keng va atroflicha o‘rganishga, Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining Konstitutsiyaviy burchi ekanligini, Vatan sarhadlari daxlsizligini, yurtimiz tinchligini ta’minlash muqaddas vazifa ekanligini kishilarimiz ongiga singdirishdan iborat. Istiqlol tufayli xalqimizning turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlari qayta tiklanayotgan bir davrda, yoshlar qalbiga Vatan tuyg‘usini jo etish, ma’naviyatini shakllantirish va ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.



FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR RO’YXATI



http://fayllar.org
Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin