Shaxsning yo’nalishi-ehtiyojlari, motivlari, qiziqishlari, ishtiyoqi,ideallari
yo’nalishining mazmunini tashkil etadi.Xuddi mana shular kishining borliqqa ,
ijtimoiy
hamda boshqa kishilarga, shaxs sifatida o’z-o’ziga bo’lgan
munosabatlari xususiyatini belgilaydi. Shaxs yo’nalishini belgilashda, avvalo
o’quvchining o’z hayotida qanday maqsadlarga erishishni eng yuqori va muhim
deb hisoblashi, qiziqishlar ko’lami, kasb tanlashga
ongli munosabati haqida
tegishli ma’lumotga ega bo’lish talab qilinadi.
Baholash tartibi quyidagicha:
11.1.Umumiy yo’nalish darajasini baholash bo’yicha;
5-e’tiqodi, qiziqishlari va ishtiyoqlarining yuksaligi hamda ularning jamiyat
istiqbolini ifodalovchi axloqiy mezonlar bilan to’la mos tushishi;
4-yuqori e’tiqodga ega bo’lish bilan birga ayrim qiziqishlarning axloqiy
mezonlarga to’liq to’g’ri kelmasligi;3qiziqishlarida ijobiy va salbiy sifatlarining
tez-tez namoyon bo’lib turishi;2-beqaror qiziqishlar;1-axloqiy
mezonlarga endi
yo’nalishning yaqqol ifodalanishi.
11.2.Yo’nalish kengligi bo’yicha: 5-kasbiy, adabiy, badiiy, musiqaviy, sport,
texnika va boshqa shu kabilarga nisbatan qiziqishlarning ifodalanishi;4-bir-
biriga bog’langan uch-to’rt xil yo’nalishidagi qiziqishlarning ifodalanishi;3-
ma’lum kasbga oid qiziqishlar
va malakalarning ifodalanishi;2-faqat bir
yo’nalishdagina qiziqishlarning namoyon bo’lishi;1-beqaror qiziqishlar.
11.3.yo’nalish barqarorligi bo’yicha:5-yoshlikdayoq shakllangan qiziqishlar va
yo’nalishlarning hali o’zgarmagan;4-yo’nalish hayotda bir marotabadan ortiq
o’zgartirilmagan;3-yo’nalish ba’zan o’zgarib turadi;2-yo’nalish bir yilda bir
necha marotaba o’zgaradi;1-yo’nalish hamisha beqaror.
11.4.Mehnatga va o’z imkoniyatlari rivojlantirishga munosabat.
5-mehnatsevar, irodali, o’z maqsadi yo’lida qat’iy, o’z
imkoniyatlarini
rivojlantirishga hamisha intildi.O’z-o’ziga talabchan.Hamisha har bir ishga
ijodiy va mustaqil yondosha oladi. 4-mehnatsevar. Faqat aytilgan va ko’rsatib
berilgan ishlarni astoydil bajaradi faqat ayrim hollardagina ishga ijodiy va
mustaqil yondoshishga intiladi; 3-o’zi uchun oson va qiziqarli bo’lgan
paytdagina o’quv va mehnat toipshiriqlarini bajarishga harakat qiladi.Mustaqil
ishlay olmaydi.2-ishga va o’z-o’ziga loqayd.O’quv
va mehnat topshiriqlarini
xafsalasizlik bilan bajaradi;1-dangasa, o’z imkinoyitlarini rivojlantirishga
sovuqqonlik bilan qaraydi.
Dostları ilə paylaş: