II.Gurun tarbiyachisi va bolalar bilan muomala- munosabati: Bolaning guruhdagi obro`yi, boshqa bolalarni yoqtirishi, shuningdek, uni ham
boshqa bolalarning yoqtirish-yoqtirmasligi;
Guruhda kimlar bilan inoq ? Ularning inoqligi nimalatda ko`rinadi?
Bolalar bilan kelisha olmay janjallashadimi, nima sababdan?
Guruhda o`zini erkin his qiladimi, guruhdagi umumiy holat unga yoqadimi,
nima sababdan? O`zini bog`chaga qatnayotganidan xursandmi? Guruh tarbiyachisi bilan munosabati qanday, uni yoqtiradimi, hurmat qiladimi? III.Bolaning faoliyati va ruhiy jarayonlarining rivojlanish darajasi: 1) Kuzatilgan bolalarning mashg`ulotlarda aktivligi;
2) Bolaning so`z boyligi, nutqining obrazliligi, emotsionalligi, ifodaliligi, o`z
fikrini og`zaki bayon qila olishi, gapirish sur`ati va ovoz toni.
3) Bolaning mashg`ulotlarga qiziqish, qaysi mashg`ulotga ko`proq qiziqadi?
4) Bola diqqatining ixtiyoriyligi, to`planish, kuchi, barqarorligi va
taqsimlanishi.
5) Bolaning xotirasi, esda olib qolishi, esda saqlashi, qayta esga tushurishning
tezligi, mexanik va mantiqiyligi.
6) Bolaning tafakkuri: taqqoslay olishi, tahlil qilishi, umumlashtira olishi...
7) O`yin va mashg`ulotlarda bola xayoliy obrazlarining namoyon bo`lishi.
8) Bolaning bilihsga intilishi, qiziqishi va tirishqoqligi.
9) Tarbiyachi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi.
10) Bolada tasvirlash, mehnat, badiiy faoliyatlarning qay biriga qobiliyat
kuchliroq seziladi? – Bu haqda tarbiyachi va ota–onasi bilan suhbatlashish orqali
ham ma`lumotlar olish mumkin.
IV. Bolaning intizomi: Guruhdagi kun tartibi, intizom qoidalariga amal qilishi.
Berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishga ulgurib boradimi?
Topshiriqlarni bajarishdan bosh tortmaydimi yoki qanday topshiriqlarni
bajarishdan bosh tortadi?
Guruhda to`polonchimi yoki vazmin- bosiqmi, osoyishtami?