Ma’lumki, neft, gaz kabi an’anaviy energiya manbalarining zaxirasi cheklangan


-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga doir tariflar



Yüklə 32,41 Kb.
səhifə19/21
tarix15.02.2022
ölçüsü32,41 Kb.
#52598
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko

20-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga doir tariflar

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga doir tariflar tanlov savdolari asosida belgilanadi.

Yakuniy iste’molchilar uchun elektr energiyasiga doir tariflarni shakllantirishda barcha ishlab chiqarish manbalaridan, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha barcha xarajatlar hisobga olinadi.

6-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va ushbu sohadagi talablar

21-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash

Oldingi tahrirga qarang.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya va ishlab chiqariladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari sertifikatlashtirilishi lozim, bundan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan shunday energiya va qurilmalar mustasno.



22-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi talablar

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi faoliyat ushbu sohadagi texnik reglamentlar, normalar va qoidalarga, ekologik, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalariga, ishlarni xavfsiz yuritish talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.




Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin