23-modda. Axborotdan foydalanish
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, norma va qoidalar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga doir innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar hamda texnologiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
24-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: |