Xavfsizlik matritsasi Xavfsizlik matritsasida qatorlar bo‘yicha barcha foydalanuvchilar, ustunlar bo‘yicha esa ma’lumotlaming barcha fragmentlari yozib qo‘yiladi. Qator va ustunlar kesishgan joylarga ma’lumotlar ustidagi joiz amallar yoziladi.
Xavfsizlik matritsasiga asoslangan vakolatlami tekshirish tizim himoyalanganligini kafolatlamaydi, chunki ma’lumotlami so‘rovchi foydalanuvchining (jarayonning) haqiqiyligini teksfiiruvchi vositalami taqdim etmaydi. Bu esa ruxsatsiz foydalanishga olib kelishi mumkin. Shu sababli himoyalangan MBBT foydalanuvchi yoki jarayon taqdim etgan identifikatorlaming tasdig‘ini amalga oshiruvchi, foydalanishni cheklash qismtizimida haqiqiylikni tekshirishni ko‘zda
tutishi lozim.
Ammo foydalanishni cheklash qismtizimida markerlaming ishlatilishi konfidensiallik darajasi turli boigan ma’lumotlardan foydalanishni cheklashni tashkil etishga imkon bermaydi. Haqiqatan, agar foydalanuvchi konfidensiallik darajasi turli boigan axborotni maiumotlaming L qismiga ruxsatli murojaat etsa, ushbu foydalanuvchi L qismdagi barcha maiumotlar bilan ishlash imkoniyatiga
ega boladi.
Diskretsion cheklashlar Foydalanishni diskretsion cheklashning afzalligi sifatida himoyaning yaxshi detalizatsiyalanishini va nisbatan oddiy amalga oshirilishini ko‘rsatish mumkin. Ammo ushbu foydalanishni cheklash turi kamchiliklardan holi emas. Faqat nomlangan obyektlardan foydalanish cheklanib, saqlanuvchi maiumotlami o'zidan foydalanish cheklanmaydi.
Masalan, relyasion MBBTni qoilash holida obyekt jadval hisoblanadi. Bunda jadvalda saqlanuvchi axborotning faqat qismidan toia hajmda foydalanishni cheklash mumkin emas. Undan tashqari troyan dasturlari (troyan otlari) muammosi mavjud. Foydalanuvchi kompyuterda qandaydir dastumi chaqirganida, tizimda ko‘pincha foydalanuvchidan yashirin amallar ketma-ketligi boshlanadi. Ushbu amallar odatda operatsion tizim tomonidan boshqariladi.
Foydalanishni cheklashning diskretsion vositalarining qollanilishi axborotni uzatishni nazoratlash masalasini yechishga imkon bermaydi. Bunga sabab, ushbu vositalar avtorizatsiyalangan foydalanuvchiga qonuniy tarzda konfidensial axborotni olib, undan boshqa avtorizatsiyalanmagan foydalanuvchilaming foydalana olishlariga imkon tug‘dirishga to'sqinlik qila olmaydi.
Chunki, vakolatlar ma’lumotlardan (relyatsion MBBT holida relyatsion jadvallar qatoridan) alohida mavjud. Natijada ma’Iumotlar “egasiz” bo‘lib qoladi va ulami jadvallardan foydalanib, hatto MBBT vositalari yordamida xohlagan shaxsga uzatishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi.