Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Uslubiy qo’llanma-o’qituvchi va mustaqil o’rganuvchilar uchun asosiy yo’riqnoma hisoblanadi. Yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi bilan elektron hujjatlarni yaratish, hisobotlarni electron shaklda uzatish va qabul qilish zamonning eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qoldi. Bu qo’llanma ish jarayonini endi boshlayotgan kadrlar uchun bugalteriya va statidtik hisobotlarni tayyorlash, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan to’g’ri va oqilona foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirishga ko’maklashadi.
Bitiruv malakaviy ishini tadqiqot ob'yеkti. Access dasturida bugalteriya va statistic hisobotlarni tayyorlash, ma’lumotlar bazasini yaratish, ulardan foydalanish va electron shaklda hisobotlarni uzatish usullarini o’rganish maqsadida statistika bo’limlari bilan hamkorlikda ish olib borib, hisobotlarni tuzish yo’llarini, ish unumdorligini oshirish maqsadida foydalanilayotgan usullarni o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi va vazifalari:Access dasturida statistic hisobotlarni tayyorlsh va ma’lumotlar bazasini yaratish usullari to’grisidagi uslubiy qo’llanmani yaratish jarayonida access imkoniyatlaridan keng foydalanib, uslubiy ko’rsatmalar orqali talabalarga,foydalanuvchilarga to’liq ma’lumot berishdan iborat.
Tadqiqot usuli va uslubiyoti: Zamonaviy tеlеkommunatsion tеxnologiyalar ta'lim olayotgan o’quvchi talabalarga ma'lumot olishning noan'anaviy ko’rinishi – elеktron darsliklar, ta'limiy saytlar, o’rgatuvchi dasturiy vositalar, masofaviy ta'lim tizimlarini ochib bеrdi. Natijada o’quvchilarning mustaqil ishlab, o’zlarida ishonch hosil qilish va undan tashqari ularning ijod sohalarini kеngaytirishga olib kеldi. Tadqiqot Buxoro engil sanoat va pedagogika kollejida va tuman statistika bo’limlari bilan hamkorlikda ish o’zganish jarayonida statistik MBBT da olib borildi. Ma`lumotlar bazasi sifatida zamonaviy Microsoft Access ma`lumotlar bazasini yaratish va boshqarish tizimi, uning imkoniyatlari, statistika bo’limining EStat.2.0 elektron dastur bilan ishlash jarayonlarida o’rganilgan tajribaga asoslanib ish olib borildi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikki bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida ishning dolzarbligi, tadqiqot ob’yekti, malakaviy bitiruv ishining maqsad va vazifalari bayon etilgan.
I-bobda ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasidan foydalanib bugalteriya va statistik hisobotlarni tayyorlash bo’yicha uslubiy qo’llanma usullari, uslubiy qo’llanmani yaratishga qo’yiladigan talablar, ma’lumotlar bazasini yaratish usullari,ulardan foydalanish metodikasi haqida tushunchalar yoritilib berilgan.
II-bobda ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida bugalteriya va statistik hisobotlarni tayyorlash, ms Acsessda hisobotlar formasini yaratish tartibi , ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida statistik hisobotlardan foydalanish tartibi, hisobotlarni internet orqali uzatish haqida tushunchalar yoritilib berilgan.
Qo’llanishi:Ushbu uslubiy qo’llanma akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalari informatika fanidan amaliy mashgulotlar davomida foydalanishi va ish o’rganayorgan kadrlarga hisobotlarni tayyorlash jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan.