XML yunikodda ishlaydi; XML formatda yozuvlar, ro‘yxatlar va daraxtlar kabi ma’lumotlar strukturalarni ishlatish mumkin; XML qat’iy aniqlangan strukturaga ega. Shu bilan birga ishlatishda oddiy, samarali va ziddiyatsiz bo‘lib qoladi. Shu bilan birga har xil uslublarni ishlatishdan chegaralanmagan (masalan, qiymatlarni teg parametrlariga yoki teg tanasiga joylashtirilib, ma’lumotlarni modellashtirish mumkin, teglarni nomlashda turli xil tillardan foydalanish mumkin); XML — xalqaro standartlarga asoslangan format; XML ierarxik strukturasi amalda ixtiyoriy tipdagi hujjatlarni yozish imkonini beradi, faqat audio, video va multimedia potoklarni, rastrli suratlarni, tarmoqli ma’lumotlar strukturasini va ikkilik ma’lumotlardan tashqari; XML litsenziyalash va har-xil cheklovlardan xoli bo‘lgan oddiy tekst; XML hech qanday platformalarga bog‘liq emas; Binar formatlardan farqli o‘laroq, XML ob’ektni ta’riflaydigan nomlar, tiplar va sinflar haqida meta ma’lumotlarga ega, unga ko‘ra ixtiyoriy ilova noma’lum strukturali hujjat bilan ishlayverishi mumkin (maslan, dinamik interfeyslarni qurishda); XML barcha zamonaviy dasturlash tillari uchun sintaksik analizatorga (parserga) ega; XMLda brauzerlarda, operatsion tizimlarda, veb-serverlarda amalga oshirilgan XSLT o‘zgarish standart mexanizmiga ega; XML zamonaviy qurilmalarda apparat, mikrodastur va dastur quyi darajasida qo‘llab quvvatlanadi
XSLT o‘zgarishlarni tadbiq etish
XSL – XML-hujjat ma’lumotlarini qanday shakllantirish yoki o‘zgartirishni aniqlab beradigan texnologiya hisoblanadi. Hujjat brauzerda aks ettirishga yaroqli formatga o‘giriladi. XSL texnologiya eng ko‘p brauzerlarda qo‘llaniladi, lekin XSL yordamida ixtiyoriy boshqa formatlarga, masalan VRML, PDF tekst formatlariga ham o‘girish mumkinligini unutmaslik kerak. XSL transformatsiya (XSLT) vazifasini bermoq uchun, tarmoqning mijoz tomonida XMLning quyidagi ko‘rinishdagi instruksiyasi bo‘lishi talab qilinadi
XML lug‘ati
XML o‘ziga xos abstrakt til bo‘lgani uchun, XML lug‘ati ishlab chiqilgan. Mazkur lug‘at dasturchilarga teglar nomi va ularning atributlarining cheklangan to‘plamini ishlatishga kelishish imkoniyatini beradi. XHTML – ko‘pchilik brauzerlar tushunadigan, ana shunday ilk lug‘atlardan biri hisoblanadi. XHTML dan ko‘pincha CMS kontentlarini saqlash va taxrirlashda foydalaniladi. Ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladigan CommerceML, xCBL va cXML kabi tijorat lug‘atlariyam mavjud. Bundan tashqari, insonlarga mo‘ljallanmagan va ancha murakkab SOAP ma’lumotlarni uzatish protokoli kabi maxsus lug‘atlar ham ishlab chiqilgan.