Axborot olamida o‘zaro XML ko‘riniishidagi ma’lumotlar almashinishi soni ortib borishi bilan, saqlanadigan XML-hujjatlar hajmi ham tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Ko‘pgina veb-saytlar ma’lumotlarni saqlanadigan joyda XML dan foydalanadilar. saqlanayotgan ma’lumot foydalanuvchilarga ko‘rsatilishidan oldin HTML yoki XHTML o‘zgartiriladi. Microsoft InfoPath va W3C XForms kabi dasturiy mahsulot va texnologiyalarning yangi avlodlari Microsoft Access yoki SQL Server larni o‘zining ma’lumotlarni saqlash joyi sifatida tanlab, XML-ma’lumotlar bilan ishlashni boshlayapdilar. Shuningdek, ruxsatsiz foydalanishdan muxofazalangan konfidensial ma’lumotlarni saqlashda ko‘pincha XML dan foydalaniladi.
XML ko‘rinishidagi ma’lumotlarni saqlash haqida gap ketganda, ish samarasi muhim omillardan biri hisoblanadi. Agar XML hujjat oddiy matnli hujjat sifatida saqlanadigan bo‘lsa, qanday qilib unga samarali ishlov berishni ta’minlash mumkin? Saqlanayotgan ma’lumotlar hajmi gigabaytlar bilan o‘lchanganda, xotirada butunlay joylashadigan hujjatning ob’ekt modelini (DOM) hosil qilish samarasiz hisoblanib, o‘zgacha yondashuvlarni izlash kerak bo‘ladi.
Saqlanayotgan XML ma’lumotlar hajmini o‘sib borishi
Saqlanayotgan XML ma’lumotlar hajmini o‘sib borishi bilan, katta hajli ma’lumotlar orasidan kerakligini izlab topish samarasini oshirish yanada muhimroq ahamiyat kasb etayapdi. XML ma’lumotlarni saqlashda qanday usul qo‘llanishidan qat’iy nazar, ma’lumotni izlab topish tezligini oshirish uchun, ularni indekslash zarurligi yaqqol ma’lum.
Internet tarmog‘ida XML
Saqlanayotgan ma’lumotlar orasidan biror-bir to‘plamni ajratib olish amaliyoti ko‘p qo‘llaniladi. Internet tarmog‘ida ishlayotganda, ma’lumot almashish tezligi muhim ahamiyatga ega. XML ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilganda, bunday ma’lumotlar bazasi kerakli tezlikni ta’minlab bera oladimi? Bundan tashqari XML ma’lumotlar bazasi yetarlicha ishonchli ishlashi talab qilinadi.