Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi


Imtiyozlarni belgilash va bekor qilish



Yüklə 494,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix06.04.2023
ölçüsü494,15 Kb.
#94124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Data base security - lecture 6 (1)

Imtiyozlarni belgilash va bekor qilish 
Imtiyozlami belgilash va bekor qilish. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi ko‘pchilik 
foydalanuvchilaming maiumot bazalari bilan ishlashni ko‘zda tutadi. Ammo 
barcha foydalanuvchilarga ham ma’lumotlar bazasi bilan liar qanday harakatlami 
bajarishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli foydalanuvchilarga imtiyozlar 
belgilanadi. 
Maiumotlar bazasida imtiyozlar ikki kategoriyaga bo`linadi: tizimli imtiyozlar 
(system privileges) va obyektli imtiyozlar (object privileges). Tizimli imtiyozlar 
ma’lumotlar bazasidan umumiy foydalanishni nazoratlaydi. Unga jadvallami va 
boshqa obyektlami yaratish hamda ma’lumotlar bazasini ma’murlash huquqi 
taalluqli. 
Obyektli imtiyozlar 
Obyektli imtiyozlar maiumotlar bazasining muayyan obyekti bilan bogiiq. 
Obyektli imtiyozlar uch qismdan iborat: 
- imtiyoz qoilanuvchi obyekt; 
- imtiyoz ruxsat beruvchi amallar
- imtiyozlar beriluvchi foydalanuvchi. 
Belgilanishi lozim boigan dastlabki imtiyozlardan biri – jadval yaratuvchilari 
imtiyozlari. Agar barcha foydalanuvchilar tizimda bazaviy jadvallami yaratish 
imkoniyatlariga ega boisalar, malumotlaming ortiqchaligi, ularning nomuvofiqligi 
ro‘y berishi mumkin, natijada tizim samarador bo`lmaydi. 
Jadval yaratgan foydalanuvchi uning egasi hisoblanadi. Bu degani, foydalanuvchi 
o‘zi yaratgan jadvalda barcha imtiyozlarga ega va imtiyozlami boshqa 
foydalanuvchilarga uzatishi mumkin. Har bir foydalanuvchi SQL muhitida maxsus 
identifikatsiya nomiga (yoki nomeriga) ega. 
Jadvaldan foydalanuvchi uchun imtiyozlar 
Jadvaldan foydalanuvchi uchun imtiyozlarning quyidagi xillari belgilanishi 
mumkin: 
- SELECT — jadvalda so‘rovlami bajarishga ruxsat; 
- INSERT — jadvalda INSERT (yangi qatomi kiritish) operatorini bajarishga 
ruxsat; 
- UPDATE - jadvalda UPDATE (hoshiyalar qiymatini yangilash) operatorini 
bajarishga ruxsat; 
- DELETE - jadvalda DELETE (yozuvlami yo‘qotish) operatorini bajarishga 
ruxsat; 
- REFERENCES - tashqi kalitni aniqlashga ruxsat. 


GRANT operatorining bittasida bir necha imtiyozlar, ulami vergul orqali sanash 
yoki foydalanuvchiga ushbu jadval uchun barcha imtiyozlar berilishini anglatuvchi 
ALL argumentini ishlatib, belgilanishi mumkin. 
GRANT operatorining bittasida bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchiga 
imtiyozlar, ulami vergul orqali sanash yoki imtiyozlar barcha foydalanuvchiga 
berilishini anglatuvchi PUBLIS argumentini ishlatib, belgilanishi mumkin. Ammo 
bu imkoniyatdan ehtiyotkorona foydalanish zarur, chunki PUBLIS nafaqat joriy 
foydalanuvchilarni, balki tizimga keyinchalik kiritilishi mumkin bo`lgan barcha 
foydalanuvchilarni anglatadi.

Yüklə 494,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin