Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə29/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Darvozasiga
Urilganday gol
Qo'lga tushgandi U ko'tarib qo'L
Shoir she'riarida kichkintoylarning jismoniy ishga intilishlari ham yaxshi ochib beriladi. Uning «Oftob chiqdi olamga», «Er chopildi — javob topildi*
she'rlari fikrimizning dalilidir. «Oftob chiqdi olamga» asarida u xalq og'zaki ijodidan unumli foydalangan. She'rda bolalarning harakati, urinishi, kattalar ishiga ko'maklashishi nihoyatda ta'sirli va shirali ifodalangan.
Po'Iat Mo'min haqiqatan ham oftob — bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat, yashash, yasharish ramzi ekanligini kichkintoy do'stlari qulog'iga quyishga, buni bola obrazi orqali yanada yorqinroq, ta'sirliroq aks ettirishga harakat qiladi:
Oftob chiqdi olamga,
Chopib bordim dadamga.
Dadam ko'chat ekardi,
Salom berdim dadamga.,
P. Mo'minning «Er chopildi — javob topildi* asarida mehnatdan zavqlanish tuyg'usi yorqin ifodalangan. Asar qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq — misollarni ishlay olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi — yer chopadi. Terlab-pishadi. Natijada ko'ngli yorishadi, fikri oydinlashadi. Uyga berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham chopadi. Barcha savolga javob topildi. Shu bahonada yer ham chopildi.
Po'Iat Mo'minning «5» baho qo'shig'i», «Xursandmisiz?, Xursandmiz», «Sentyabrim», «Uch baho — puch baho» singari qo'shiqlari o'qish, ilmli bo'lish mavzuiga bag'ishlangan. O'z ustida ko'p ishlash, kitob o'qish, dars qoldirmaslik «aMo» o'qishning mustahkam garovi ekanligini shoir «Uch baho — puch baho» qo'shig'ida ancha tanqid qilib o'tadi. Onaiarni, keksalarni hurmat qilish, e'zozlash («Achom-achom buvijon», «Mehribonim, oyijon!»); o'zaro hurmat, do'stlikni joyiga qo'yish («Bir jahon bolalarimiz»); har bir shodiyona, bayramlarni zo'r tayyorgarlik bilan kutib olish, chevarlik kasbini bolalikdan bilib borish («Ko'ylagim») mavzulariga bag'ishlab shoir o'nlab qo'shiqlar yaratganki, bunday qo'shiqlar bolalarning jon-dili hisoblanadi.
Po'Iat Mo'min axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala ko'proq uning «Birovlar», «Bir odamning afsusi», «So'zi shunaqa — o'zi shunaqa», «Behzodni bilasizmi?», «Ulg'aydimi aqlingiz?», «Qo'ling oltin — yo'ling oltin», «Birinchi bo'l, birinchi» kabi she'r va qo'shiqlarida ochib beriladi.
Po'Iat Mo'min «AlIa bilan Jalla», «Ziyrak fil va ziqna boqqol», «Har kimniki o'ziga, oy ko'rinar ko'ziga», «Unutgan o'g'il», «Oltin nay», .»Dono bola», «Bilganni qari — bilmaydi pari» singari ertak-dostonlarida xalq og'zaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani ko'rinib turadi.
Po'Iat Mo'min dostonchi-shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning «OItin nokli bor», «Ko'cha — ko'pchilik uchun», «Eh, rosa shirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Ko'ngii istar yaxshilik» degan poemalari allaqaclion kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostonlarida bolalalar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik, o'qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik kabi rnasalalar ilgari surilgan. Bolalar hayotida sodir bo'ladigan yutuq va kamchiliklar badiiy bo'yoqlarda, qiziqarli epizodlarda chizib berilgan. Bir so'z bilan aytganda, maktab o'quvchilarining hayoti zavq-shavq bilan tasvirlangan.
Po'lat Mo'min o'zining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar o'rtasida shuhrat qozondi. Uning «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy», «Suqatoy-konfetvoy», «Oiia bolam deydi, bola onam deydi» nomli fantastik ertak-pesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning quvonchiga quvonch qo'shib kelayotir.
Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini o'tkir kulgi ostiga oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon do'stligini ulug'lovchi «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» bolalami yaxshilikka da'vat etadi.
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pesasi «Suqatoy-konfetvoy»da ham ko'ringan. Tematikasi va g'oyaviy yo'nalishi, uslubi jihatidan bu ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, halollik va mehnatsevarlik ulug'lanadL Voqea Bilim xola, Janjal xola, Qurt o'rtasidagi kurash asosida rivojlanadi,
Po'lat Mo'minning butun e'tibori, ijodining mohiyati bolalarga hayot yo'lini ko'rsatib berishga intilishdan iborat. Shu pesadagi Aqljon bilan Odobjon aytganidek:
Aql, Odob, Fan yo 'li,
Yo Iteming eng ma 'quit,
Kimki yursa uch yo 'Idan ,
Ishi keladi o 'ngdan,
Yo 'liar eltar maktabga,
Etkazadi maqsadga,
Bugina emas, bolalar Po'lat Mo'minning o'nlab topishmoqlarini ham sevib o'qib, o'rganadilar va zehnlarini charhlaydilar.
Muallifning «Qovoqvoy bilan chanoqvoy» asarinng ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Undagi ertaklarga xos shartli, allegorik obrazlar tomomila aniq va hayotiy zaminga asoslanlgan.
Pesaning bosh qahramonlaridan biri Qovoqvoydir. Uning timsolida muaUif dangasalik va beg'amlik oqibatida darslami o'zlashtira olmay, sinfda qoluvchi lapashang va po'k bolaning tadrijiy takomilini mujassamlashtirgan. Do'stlari ta'sirida Qovoqvoyning asta-sekin tuzala borishi, ilg'orlar qatoriga kirib, mehnatsevarlik va epchillik darajasiga ko'tarilishi bilan bog'liq voqealar, bu yo'ldagi kishilar o'rtasidagi munosabat, tortishuv va kurashlar pesaning asosini tashkil etadi.
P.Mo'min ertak syujetini harakatga keltirishda bosh va yordamchi konfliktlardan foydalanadi. Qishloq xo'jalik ekinlarining ashaddiy dushmanlari chigirtka va kapalaklar o'z urug'larini paxtakorlarga tarqatrnoqchi bo'ladilar-u,
Tarvuz, Qovun, Chanoqvoy, Paxtaoy, G'ujumoy, Lavlagi hamda Sholg'om kabi kuchlar ta'qibidan qo'rqadilar. Qovoqvoyning befahm, landavur, beg'am hamda qo'rqoqligi zararkunandalarga ish beradi. Ular paxtazorlarga sochishni buyurib, tuxumlari solingan xaltachani Qovoqvoyga zo'rlab tutqazadilar. Hashorotlar undan o'z maqsadlan yo'lida foydalanish uchun harakat qilsa, ijobiy qahramonlar Qovoqvoyni tarbiyalamoqchi. Mana shu o'rtadagi kurash asar konfliktining boshqa yetakchi tomonini tashkil etadi.
Mehnatga bo'yni yor bermay, darslarni o'zlashtira olmaganidan tashqari, Qovoqvoy tanbal, yalqov, fahm-farosati kam, bo'shang, ayni vaqtda u, haddan ziyoda chiranchoq. Uning xarakteridagi bu sifatlar asardagi ijobiy kuchlar bilan bo'lgan ziddiyat va to'qnashuvlarda ochib tashlanadi, Qovoqvoy asta-sekin tuzalish tomon yo'naltiriladi. Bir-birini o'rtoqlarcha samimiy tanqid qilishga asoslangan ijobiy kuchlar o'rtasidagi shu ziddiyatlar dramatik konfliktning yordamchi chizig'ini yuzaga keltiradi.
Konfliktning yordamchi liniyasi esa yaxshi ishlangan va qahramonlar xarakterini chizib berishda, asarning muvaffaqiyatini ta'minlashda katta xizmat qilgan. Po'lat Mo'min Qovoqvoyning maqtanchoqligini fosh etib, uni izza qilishda to'g'ridan-to'g'ri zalga — tomoshabinlarning o'ziga murojaat etish bilan o'ziga xos yutuqqa erishgan Qovoqvoyning «Mendan karra jadvalni so'rang, suv qilib ichib yubordim» degan mazmunda kerilib savol-javob o'ynashi zalni faollashtiradi, maqtanchoqning miyasi g'ovlab, o'sal bo'lishi qalblarga samimiy kulgi shavqini soladi.
Chiranchoq Qovoqvoyning jismoniy zaif va po'kligi kamtarin Tarvuz bilan yuz bergan tortishuv va to'qnashuvlarda, boks musobaqalarida bilinib, sharmanda bo'ladi. Qovoqvoy Tarvuzdan yengilib zil ketsa, ikkinchi tomondan qadam-baqadam g'ayratga kira boradi, badan tarbiya mashqlari foydasini, mehnatsevarlik manfaat keltirishini anglaydi.
Qovoqvoyning qayta tarbiyalanishida ayniqsa Chanoqvoy hal qiluvchi rol o'ynaydi. Boshda Chanoqvoyning odilona, samimiy, do'stona maslahatlariga mensimay qarab, quloq solmagan Qovoqvoy «Sehrgar» gaplarini jon dili bilan tinglaydi, uning ko'rsatmalariga amal qilib, karrani o'rgana boradi, g'ayratga kiradi, faollashadi, zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish, ularni tutishda faollik ko'rsatish darajasiga ko'tariladi. Biroq uning xarakteridagi zaif tomonlari tezda uzil-kesil yo'qolmaydi. U endi do'stlariga «Sehrgar»ni uchratganligi bilan maqtanadi. Muhimi shundaki, do'stlar uni qayta tarbiyalashga, o'z saflariga qaytarishga muvoffaq bo'ladilar.
Asarda Chanoqvoy xarakteriga mos va yetarli material berilgan. Xususan, mualhf uning tilini individuallashga alohida e'tibor bergan. Pesaning she'riy kuchi, yumoristik va satirik fazilatlari ham Chanoqvoy, Qovoqvoy, Tarvuzvoy nutqida, ularning dialog va monologlarida yaxshi ko'rinadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin