XUDOYBERDI TO'XTABOEV (1932 yilda tug'ilgan)
...Novcha niholcha hamon ajal bilan olishib yotibdi, jang bobokalonlar aytishganidek, beomon, shafqatsiz edi. Birin-ketin yashil bargchalari qovjirab taslim bo'lishdi, shoxchalaridagi hayot so'ndi. «Tanam tirik hali, — entikib dedi novcha niholcha, — men yashashim kerak, albatta yashayman...» U kimdandir yordam kutgandek jovdirab atrofga qaray boshladi. Meni bu yerga ekib, ketmonini asfaltda daranglatib sudrab ketgan bolalar kelib qolmasmikan, deb yana bir bora ko'cha boshiga ko'z tashladi, yomg'ir tomchilaridan umidvor bo'lib, bulut bo'lmasa ham ko'kka tikilib, uzoq qotib turdi... Keyin to'satdan sersuv adirlarda birga o'sgan ukalarining o'ligiga ko'zi tushib qoldi.. Qiziq, hammalari tik turgancha jon berishibdi... O'tgan yili xuddi shu kecha-kunduzlarda hammalari tirik, yayrab-yashnab barq urib o'sishayotgan edi... Endi bo'lsa... «yo'q, men yashashim kerak...».
— Suv! Suv! Suv!Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha asta-sekin o'zidan ketib, allaqanday sehrli xayolot nash'asi bilan mast bo'la boshladi, keyin o'sha kun — haddan tashqari qizdirib yuborgan 19 iyun kuni kunduz soat oltilarda jon berdi.
Tik turgancha qotib qoldi u...
Bu atoqli adib Xudoyberdi To'xtaboyevning shox asarlaridan bin — «Nihollar nolasi»dan parcha. Bu asarni bolalar behad sevib o'qiydilar, o'zlariga xulosalar chiqaradilar. Haqiqatan ham nihol — daraxtning xuddi inson kabi joni borligi, ozuqa — suvga ehtiyoji; parvarish qilinmasa yosh kitobxon qalbini achitib, tug'yonga solib halok bo'lishi asarning asosini tashkil etadi.
Xudoyberdi To'xtaboyev katta-yu kichik bolalarning sevimli adibi. U hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika janrlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelayotgan talantli adib sifatida kitobxonga ma'lum va mashhurdir.
Xudoyberdi To'xtaboyev 1932yilning 17 dekabrida Farg'ona viloyatining O'zbekiston tumaniga qarashli Kattatagob qishlog'ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas, qishloqda bo'ladigan hamma mehnatlarda hol-qudrat ishtirok etdi, hayot nimadan iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi.
Bo'lajak adib ikkinchi jahon urushi yillarida o'qishni yig'ishtirib, dalada ketmon chopdi, hisobchilik qildi, mashaqqatli mehnat bilan suyagi qotdi.
Qo'qon pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan X. To'xtaboyev ona qishlog'ida muaUirnlik qilar ekan, unda ilmga cheksiz ishtiyoq uyg'onadi. Shuning uchun ham u o'qituvchilikni tashlab, Toshkent davlat dorilfununiga o'qishga kirdi. Bu yerda Alisher Navoiy, Bobur, G'. G'ulom, Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor asarlarini sevib o'qidi, o'rgandi.
Universitetni tugatib, Bog'dod tumanida o'qituvchilik qildi. Ilmiy bo'lim
mudiri, direktorlik lavozimlarida ishlab, yoshlarni ilm-fan nurlaridan bahramand etish ishlarida faoliyat ko'rsatdi. She'riy mashqlari vaqtli matbuot sahifalarida e'lon qilina boshladi. Bu esa bo'lajak adibni markazga — Toshkentga ijodiy ish bilan jiddiy shug'ullanishga chorlar edi. Shunday ham bo'ldi. U 1958 yilda Toshkentga ko'chib keldi. «Toshkent haqiqati» gazetasiga ishga kirdi.
X. To'xtaboyev bolalikdan to'g'ri so'z, halol, pok va mehnatsevar bo'lib o'sdi. Gazetada ishlar ekan, ba'zi nopok odamlarni ko'rib, ularning qilmishlarini hazm qila olmadi. Bunday kishilarning sir-asrorlarini fosh etishga, el-yurt o'rtasida munofiqlarning yaramas tomonlarini ochib tashlashga qaror qildi. Bu borada unga feleton janri qo'l keldi. 1962 yilda respublikamizning otaxon gazetasi — «O'zbekiston ovozi» ga feletonchi bo'lib ishga o'tdi. Bu yerda 300 dan ziyod feleton yozdi.
«Hadik», «Tilxat», «Ona», «Xarakteristika», «Barvaqt aytilgan azon», «Domlaning uyiga o't ketdi», «Maxsus topshiriq», «Jonginam, shartingni ayt» kabi kattalar uchun qissa va hikoyalar yozgan X. To'xtaboyev bolalar uchun ham hikoyalar yarata boshladi. Uning «Birinchi daraxtim», «Qochoqlar», «Qizg'anchiq», «Dadajon, yozmang», «Kelvordim, dada», «Vali bilan Salim», «Shoshqaloq», «Yaxshi-yaxshi» singari o'nlab blkoyalari yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg'otdi.
«Kichkina rais» hikoyasining qahramoni kichkintoy o'quvchi bola. Lekin Foziljonning xatti-harakati, intilishi, paxta dalalarini sergaklik bilan kuzatishi, fikr yuritishi raislarga xos.
Foziljonning ona zaminga, odamlarga nisbatan qiziqishi ta'sirU chizilgan. Kimsasiz, g'irt yetim bola o'z qishlog'i, atrofidagi odamlar bilan sevinib, quvonib yashaydi. O'zini ularning bag'rida erkin his etadi.
Xudoyberdi To'xtaboevda yozuvchilikka ishtiyoq uyg'otgan, qobiliyatining shakllanishida muhim rol o'ynagan, asarlariga qaytarilmas rang va jilo bergan narsa hayot, vaqtli matbuot, redaksiyalardagi qaynoq ijodiy muhit va qunt, chidam bilan o'qish, o'rganish, o'z ustida ishlash bo'ldi.
Hayotda turli xarakterdagi odamlar ko'p bo'ladi. Birov yaxshilik qilaman deb yomonlik qilib qo'yganini o'zi ham sezmay qoladi. Birov o'zini jamoat uchun g'oyat foydali odamman deb o'ylaydi, aslida esa zararkunanda bo'hb chiqadi. Yana birov bilar-bilmas har narsaga aralashaveradi, o'rtaga tushadi, so'z beradi, lekin baribir men haqman, shunday qilishim kerak deb biladi. Ana shunday kishilarga bag'ishlangan «Jonginam, shartingni ayt» qissasi Xudoyberdi To'xtaboevni hajvchi adib sifatida keng kitobxonlar ommasiga tanishtirdi.
Xudoyberdi To'xtaboyev uzoq yillar feletonchi bo'lib ishlab, kishilarning yurak dardini, hasratini qunt bilan o'rgandi. Bunday shikoyatlarga sabab bo'layotgan shaxslarning xatti-harakatlarini mufassal bilib olishga intildi. Davrdan orqada qolgan, sarqit deb atalgan illatlar botqog'iga botgan, molu dunyoga hirs qo'ygan shaxslar haqida birtalay feletonlar yozdi. «Sariq devni minib», «Sariq devning o'limi» nomli asarlari ana shu faktlarni umumlashtirish asosida yuzaga keldi, desak to'g'ri bo'ladi.
Ma'lumki, hajviy qissalarimiz bannoq failan sanarli edi. «KaIvak maxsum», «Toshpo'lat tajang», «TiriIgan murda», «Shum bola»dan keyin ancha vaqt bu janrda aytarli asaryaratilmadi. Keyingi yillarda Abdulla Qodiriy va G'afur G'ulomning an'analarini Xudoyberdi To'xtaboyev davom ettirib, bu «bo'shliq»ni to'ldirishga harakat qildi.
Xudoyberdi To'xtaboyev bolalar uchun asar yozayotgan paytda, albatta, o'z o'quvchisini ko'z oldiga keltirib yozadi. «Olti yoshli bolaga aytayotgan gapingiz o'n to'rt yoshli o'smirga aytadigan gapingizdan albatta, farq qilishi kerak», deb ta' kidlaydi u. Yozuvchining bolalar va o'smirlarga atab yozgan asaiiarining qiziqarli, o'qimishli, jozibali bo'lishining asosiy sabablaridan bin ham shu. Shuning uchun ham Xudoyberdi To'xtaboyevning birinchi yumoristik-saiguzasht qissasi, bofalar hayotidan olingan «Sehrli qalpoqcha» tez orada bolalar hurmatiga sazovor bo'ldi va uni jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi.
Yozuvchining yumorga moyilligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi chiqara olish iste'dodi ilgarigi asarlariga nisbatan bu asarida yana ham chuqurroq sezildi. «Sariq devni minib» asarini qiziqarli syujet asosiga quradi, asarning hikoyachisi — bayonchisi qilib undagi barcha voqealaraing ishtirokchisi, guvohi bo'lmish Hoshimjonni qo'yadi, tilga olinadigan voqealar uning tilidan hikoya qilinadi. Yozuvchi Hoshimjonning hikoyasi orqali uning hayot yo'li sarguzashtlarini, o'ziga xos xarakteri va psixologiyasini atroflicha ochib beradi. Shuningdek, Hoshimjon xarakterida Xo'ja Nasriddinning va xalq ertaklaridagi «tegirmonga tushsa butun chiqadigan» zukko bolalarning fazilatlari yaqqol mujassamlashganligini ko'ramiz.
«Sariq devni minib» da o'qish, ilm cho'qqilarini egallash uchun va insonning o'z orzusi, ezgu niyatiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan zamonamizda yashashiga qaramay, dangasalik, yalqovlik qilgan, hayotda yengil-elpi yashashga yo'l axtargan va adashgan bolafar — hoshimjonlar kulgi ostiga olinadi:
Hoshimjon dehqon oilasidan chiqqan, sho'xligi olamni buzadigan bir bola. U hayotdagi ko'p narsaga mehnatsiz, qiyinchiliklarsiz oson yo'l bilan erishgisi keladi. Mehnatsiz va ilrnsiz ham kishi istagan narsaga erisha olishi, katta obro' orttirishi mumkin, deb o'y&ydi. O'z fikrida qat'iy turgan Hoshimjon muddaosini amalga oshirish uchun buvisi aytib bergan ertakdagi sehrli qaipoqchani izlashga tushadi, uzoq izlanishlardan keyin istagan ishini hech qanday mashaqqatsiz bajarishga yordam beradigan sehrli qaipoqchani tashlandiq molxonadan topib oladi. Endi u o'zini orzulariga batamom erishadiganday his etadi, «Ortiqcha» fanlarni dars jadvalidan chiqarishni rad etgan direktor, har xil vazifalar berib «miyasini qotiradigan* o'qituvchilariga o'qimasdan ham har qanday kasb egasi, mashhur odam bola olish, ko'krak to'la nishonlar bilan shon-shuhratlar, katta obro'ga ega bo'lish mumkinligini ko'rsatib qo'yrnoqchi bo'ladi va shu maqsadda sehrli qalpoqcha bilan safarga chiqadi.
Shunday qilib uning sarguzashtlari boshlanadi.
Ming afsuski, sehrli qalpoqcha bu borada Hoshimjonga ko'mak berolmaydi. Sehrli qalpoqcha muhayyo etgan imkoniyatlar har safar kutilmagan ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelaveradi. Hoshimjonning baxti endi kulay deb turganda ishning pachavasi chiqib qolaveradi. U davlat xo'jaligida agronom bo'Iib harn, «shoirlik qilib* ham, qurilishda muhandislik qilib ham, qo'g'irchoq teartida artistlik qilib ham ko'radi, mashhur sayohatchi sifatida butun dunyoni kezmoqchi ham bo'ladi. Lekin hamma yerda ilmining, tajribasining yo'qligi ishning pachavasini chiqaraveradi. Hoshimjon qaerga bormasin, qanday ish qilmasin pirovardida sharmanda-yu sharmisor bo'ladi. Uning agronomlik va muhandislik «faoliyati» jinoyatga olib keladi, qamalishiga sal qoladi, shoir bo'Iaman deb rasvo bo'ladi. «ulug' artist» teatrdan quviladi. Qissada Hoshimjon o'z sayohati davomida qanchadan-qancha ajoyibotlaming guvohi bo'Iib, qiziq, kulgili sarguzashtlarni boshidan kechiradi. U o'qimay, mehnat qilmay, o'z ustida ishlamay juda ko'p narsalarga erishmoqchi bo'ladi, lekin u hech narsaga erisha olmaydi. Chunki unga ilmsizligi pand beradi.
Yozuvchi Hoshimjon obrazini butun qirralari bilan ochishga uringan.. Bolalarga xos o'yinqaroqlik ham, soddaligu beg'uborlik ham, g'ururlilik, to'g'ri so'zlik, shumlik bir oz maqtanchoqlik, hatto o'rnida yolg'onni ham do'ndirib yuboradigan, o'zini boshqalardan ajratib ko'rsatishga intilish odatlari, bolalarga taqlidchilik, dovyurak, epchil va ruhiy tetiklik, xafachilik va ruhiy tushkunlikdan yiroqlik ham Hoshimjon xarakteriga xos xususiyatdir. Xudoyberdi To'xtaboyevning «Sariq devning o'limi» sarguzasht romani uch qism («O'rtoq polkovnik», «Sariq devni quvib», «Sariq devning o'limi yoki olam guliston bo'lgani»)dan iborat. Bu roman asosida ham Hoshimjon sarguzashtlari yotadi. Kitobni o'qib uning yangi sarguzashtlaridan xabardor bo'IasiZj sehrli qalpoqcha yana madadga keladi, ajoyib-g'aroyib karomatlar ko'rsatadi, U Hoshimjonga jiddiy masalalarda — o'g'ri, muttaharn, tekinxo'rlarni fosh etishda yordam beradi.
Endilikda Hoshimjon aynan awalgi o'yinqaroq Hoshimjon emas, balki to'qqiz yillik maktabni bitirib, ulg'ayib, birmuncha quyulib, esi kirib, oq-qorani tanib qolgan yigitcha. Endi u o'z hayoti, taqdiri, jamiyatga foyda yetkazadigan odam bo'Iib yetishi haqida jiddiy o'ylaydi, biror kasb egallash haqida bosh qotiradi. Boshida sartarosh bo'ladi. «Biiasizku, bir ishga ahd qilsam, uni oxiriga yetkazmaguncha qo'ymaydigan odatim bor. Jonimni qiynab bo'lsa ham maqsadimga erishaman», deb shu kasb orqali odamlarga xizmat qilishga bel bog'laydi. Keyin milisiya maktabiga kirib o'qib, uni bitirgandan so'ng milisionerlikka ishga o'tadi. Kitobdagi barcha voqea-hodisalar, sarguzashtlar Hoshimjonning ana shu milisionerlik nuqtasidan boshlanadi, hamma gap-so'zlar qahramonning shu kasb-kori bilan bog'liq holda davom etadi.
Romanda yaxshilik, ezgulik ramzi sifatida milisiya polkovnigi Salimjon, uning madadkori Hoshimjon, yomonlik, eskilik ramzi tarzida Odil battol gavdalanadi. '•'• •---/
Ular o'rtasida tinimsiz shiddatli kurash ketadi. Odil nihoyatda makkor, u Salimjon boshiga juda ko'p og'ir savdolar solgan, uyiga o't qo'ygan, uning yakka-yu yolg'iz1 farzandining qo'Iiga to'pponcha tutqazgan, jinoyatga yetaklagan.
Asar pirovardida butun umri davomida xalqqa, yaxshi odamlarga zarar yetkazish bilan shug'ullangan Odil battol va uning hamtovoqlari qonuniy mag'lubiyatga uchraydi, haqiqat, adolat, ezgulik g'olib chiqadi.
Xudoyberdi To'xtaboyev o'z romanida yulg'ichlarga, qalloblarga qarshi kurashda butun xalq bir kishiday bo'lib birlashsa, bu ishni butunlay o'z qo'Iiga olsa, Odil battollarga qiron keladi, ulardan nom-nishon ham qolmaydi, degan fikrni o'rtaga tashlaydi.
«Sariq devni minib» qissasi, «Sariq devning o'limi» romanining eng yaxshi fazilatlaridan bin tilining shiradorligi va o'ynoqiligidadir. Muallif bosh qahramon Hoshimjonning tilini alohida e'tibor bilan ishlagan. Bu til nozik qochirimlarga boyligi va jonliligi, shu bilan birga bolalar tiliga mos holda soddaligi bilan ajralib turadi. Qahramonning xarakteri uning so'zlaridan shundoqqina bilinib turadi.
Fantastik-sarguzasht janri bolalar adabiyotining eng qiziqarli janrlaridan biridir. Bunday asarlar bolalarning ongi va psixologiyasiga kuchli ta'sir ko'rsatadi, ularni o'qishga, o'rganishga, izlanishga o'rgatadi, jamiyatimizning faol quruvchilarini tarbiyalashga yordam beradi.
«Qasoskoming oltin boshi» romani markazida bosh qahramon — tarixiy shaxs, xalq qasoskori Namoz taqdiri yotadi. «Qasoskorning oltin boshi» tarixiy-biografik roman emas, shuning uchun ham muallif Namozning hayotini batafsil yoritib berishni maqsad qilib olgan emas. Lekin adib o'rni-o'rni bilan uning hayotiga doir ma' lumotlar berib borgan. Bu ma' lumotlar uning xarakterini tushunib olishda kitobxonga yordam beradi.
Namoz faqat jismonan emas, aqlan ham yetuk. U haqiqat uchun qasoskor, qo'rqmas, tadbirkor, ochiq ko'ngil qahramon sifatida gavdalantirilgan. U atrofiga o'zi kabi dovyurak yigitlarni to'plab, zulmkorlarga qarshi kurashga undaydi.
Halolligi, mardligi, adolatliligi, yetimparvarligi uchun xalq Namozni yaxshi ko'radi va uni Go'ro'g'liga qiyos qiladi. «Go'ro'g'libek Namozboy qiyofasida paydo bo'lgan emish. Afsun o'qisa ko'zdan g'oyib bo'lib qolarmish. Undan o'q o'tmas emish, qilich chopmas emish...»
Namozning mardligi, jasorati xalq qalbida mangu yashab kelayotganligi «Qasoskorning oltin boshi» da yaxshi chizib berilgan.
Talantli bolalar adibi Xudoyberdi To'xtaboyevning «Sir ochildi», «Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa», «Besh bolali yigitcha», «Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi», «Mungli ko'zlar», «Jannati odamlar» kabi yirik asarlarining yuzaga kelishi o'zbek bolalar adabiyotining yutug'i hisoblanadi. U bolalar uchun yanada o'qimishli asarlar yaratish maqsadida tinimsiz izlanmoqda.