Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə33/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

FAKHOD MUSAJON
(1933yildatug'ilgan)
O'zining qisqa hajmli va hayajonli hikoyalari, mazmundor qissalari, kichkintoylarni to'Iqinlantiradigan pesalari bilan bolalarning quvonchlariga quvonch ulashib kelayotgan qalamkashlardan biri Farhod Musajon 1933 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1956 yilda ToshMUning Sharq fakulteli:. i tamomlaydi. Bir necha yil O'zbekiston radiosida, «O'zbekiston madaniyati» gazetasida, «G'uncha» jurnalida mehnat qiladi. 1966 yildan esa «O'zbekfilm»da muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlab kelmoqda.
Farhod Musajonning ilk asari 1955 yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Daradagi qishloqda» (1960), «Turdi, qizil bog'ich va men» (1970), «Oftobni quvlab» (1970), «Chin do'stlik» (1976), «Chevar qiz» (1982), «Buloq suvi»(1982), «Turdi, velosiped vamen» (1983), «Glotokrodnikovoyvodbi», «Tekin tomosha» (1989) kabi kitobfarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram bo'ldi.
1997 yilda adib o'zining bolalarga atab yozgan barcha hikoyalarini jamlab, yigirma ikki taboqdan iborat katta kitobini qayta ishlagan va to'Idirilgan holda chop ettirdi. Bu kitobini ham ilgarisiga o'xshab «Tekin tomosha* deb atadi. Oldingisidan farqli o'laroq bu kitob uch qismdan iborat: kichkintoylar, o'rtanchalar va o'smirlarga.
Farhod Musajon ijodining o'ziga xos xususiyatlaridan bin shundaki, uning aksar hikoyalari quvnoq yumor hissi bilan sug'orilgan. Adibning barcha hikoyalarida beg'ubor va zavqli bolalik davri ruhiyati saqlangan. Shuning uchun uning hikoyalari oson o'qiladi, oson hazm bo'ladi. Natijada ta'sir kuchi ham ortadi.
Adib ijodining yana bir jihati u o'z personajfarini yomon yoki yaxshi, adabiy atamalar qo'Uab aytadigan bo'lsak, salbiy yoki ijobiyga ajratmaydi. Ularga baho berar ekan, fe'li-atvori qandayligini tasvirlar ekan hech qachon kuchii iboralarni, «ablah, iblis, yaramas, gazanda» va hokazo haqoratomuz, qattiq-quruq, so'zlami ishlatmaydi. Zero, inson sifatida endi shakllanayotgan bolalarga nisbatan bunday o'tkir so'zlarni ishlatish insofdan va adolatdan emasligini tushunadi. U o'z qahramonlarini qandayligidan qat'i nazar — o'yinqaroqml, lapashangmi, ayyormi, dangasami, maqtanchoqmi — hammasini birday sevadi va sevib tasvirlaydi. Uning uchun mutlaqo yomon bola umuman yo'q, kamchiligi bo'lishi mumkin, deylik yolg'onchiroq, xasisroq, xudbinroq, lekin nokas bola yo'q, har qanday bolani ham to'g'ri yo'lga solib yuborish mumkinligiga ishonadi. Va shu muborak maqsad yo'lida ijod qiladi.
Farhod Musajonning o'ziga xos uslubi bor. Uning asarlaridan bir parchagina o'qigan odam muallifning kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, sodda, tushunarli va ixcham yozadi. Shu sababli katta mahorat evaziga yillar davomida paydo bo'ladigan va shakllanadigan badiiy soddalik tufayli uning asarlari o'qimishli chiqadi. Bolalar till bilan aytsak, hikoyalari «rostakam bo'lgan voqeaga o'xshaydi*. Darhaqiqat, adib voqealarni xuddi hayotdagidek ishonarli va qiziqarii qilib so'zlab beradi. Bu juda muhim. Negaki bolalar hikoya voqealariga ishonmasalar, asarning ta' sir kuchi yo'qqa chiqadi. Mana shu omil — ishontira olish mahorati F. Musajon ijodining eng muhim xususiyatidir.
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik hamda o'rta va katta yoshdagi bolalarga va o'smirlarga bag'ishlangan asarlarni ham uchratish mumkin.
Ayonki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar o'zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona-yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari; mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan shakllana boshlaydi. Turmushda qizg'anchiq bo'lmaslik, kasb-hunar egallashga intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi.
Bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi o'rgangan Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bag'ishlab «Eng yaxshi bobo», «Shodiyona kun», «Shiqildoq», «Pahlavon va nimjon», «Sovg'a», «Ajoyib buzoqcha», «Yaxshilik», «To'lab ber», «Varrak», «Dor» kabi o'nlab hikoyalar yaratgan,
Adibning «Varrak» asari mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarlaridan yana bin «Eng yaxshi chana» dir. Bu hikoyada qo'li ochiq, sahovatli, bag'ri butun bo'lishlik, xasis, ziqna bo'lmaslik kabi g'oyalar kichkintoylar ongiga yetkaziladi: Latifjonga dadasi chana olib kelib beradi, Quvonchdan bolaning boshi ko'kka yetay deydi.
Latifjon boshda ancha qizg'anchiq bo'ladi. Shuning uchun chanada bitta o'zi uchadi. Boshqalarni chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning qo'li tegib ketsa, chanani ko'tarib uyiga chopadi.
Latifjonning dadasi o'g'lidagi bunday qizg'anchiqlikni payqaydi, lekin unga pand-nasihat qilib o'tirmaydi. Aksincha, quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi:
Bilasanmi, — dedi dadasi o'g'Hga, — men bu ajoyib chanani qaerdan oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qo'lda yasalgan chana. Yoshi oltmishda. Ha, oltmish yil burun bitta og'aynimning dadasi olib bergan ekan. Og'aynim o'sha paytda sendek ekan. Chananing cliiroyliligini ko'rib uchishga uning ham ko'zi qiymabdi, Kattaroq bo'lganimda ucharman, hozir bolalar tortib olib eskitib qo'yishadi, deb asrab yuraveribdi.
Oradan yillar o'tibdi, bir kuni qarasa bolaligi tugab chol bo'lib qolibdi. Endi unga chana kerak emas ekan, chunki chol odam uyalmasdan chana uchadimi?! Og'aynim chanani menga sovg'a qilar ekan, beg'ubor bolalik chog'imda maza qilib ucholmadim, ishqilib sening o'g'lingga yaxshi xizmat qilsin dedi. Shunaqa, o'g'lim, qizg'anchiq odam zavqdan mahrum bo'ladi!
Latifjon awal dadasining bu gaplariga tushuna qolmaydi. Yuragining allaqaeri jaz etgandek bo'ladi. Nihoyat u dadasiga yuzlanib:
—Ertadan boshlab ayamasdan uchaman, — dedi.
Adibning «Sovg'a» hikoyasi bolalarni mehnatkash bo'Iishga da'vat etadi. Oqiljonning gul ekishi, uni mehr bilan parvarish qilishi kichik kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
«Turdi, qizil bog'ich va men» hikoyasi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarning sevimli asarlaridan bin sifatida e'zozlanib kelinadi.
Hikoyada ozodalik, shahar tozaligi uchun kurashish bosh masala qilib qo'yiladi. Turdi va G'iyos kabilarning shahar tozaligida faol qatnashmaganliklari, dangasaliklari fosh qilinadi.
Xullas, Farhod Musajon o'zining maktabgacha va maktab yoshidagi kichik bolalarga bag'ishlab yozgan hikoyalarida salmoqdor fikrlarni sodda, bolalarbop shaklda aytadi. Adib nasihat qilish yo'lidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida ko'p uchrab turadigan oddiy voqealarni tasvirlaydi va aytmoqchi bo'lgan muhim gaplarni ana shu voqealar mag'ziga singdirib yuboradi.
Farhod Musajonning «0rzuga ayb yo'q», «Bo'sh kelma, Aliqulov», «Buloq suvi» kabi boshqa qissalari o'zbek bolalar adabiyotida muhim o'rinda turadi.
Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning mehrini qozongan. «Xayolparastlar», «Oq kabutar», «Sabil qoldi», «O'g'limni qaytarib beringlar» pesalari shular jumlasiga kiradi.
Bular orasida ayniqsa, «O'g'rimni qaytarib beringlar» asari mashhur bo'ldi.
Dramaturg uning nomini o'zgartirib «Najot istab» deb qaytadan ishladi. U Hamza nomidagi Akademik drama teatrida muvaffaqiyat bilan qo'yildi. Dushanbe, Olmaota shaharlarida, Tataristonda sahna yuzini ko'rdi.
Pesada asosan bola tarbiyasida ota-onaning o'ynaydigan beqiyos katta roli haqida gap boradi.
Farhod Musajon kattalarga bag'ishlab «Bahor nafasi», «Bu ko'zlarga ishonsa bo'ladi», «Xotin kishining ra*yi», «Ko'r shofyor», «Zo'raki kashanda», «Nozik masala», «Kallapocha», «Himmat», «Bog' ko'cha» kabi kitoblar yozgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin