5-mavzu: Buddaviylik va xristianlik dinining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri
1-savol. Buddaviylik qanday tarixiy jarayonda kelib chiqdi?
Javobi: Buddaviylik – dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI – V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar.
2-savol. Buddaviylik qanday ta’limotni ilgari suradi?
Javobi: Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob-uqubat» va «najot yo‘li mavjud» degan g‘oyalar yotadi. Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib, tug‘iladi, o‘zini-o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk da’vatida ta’birlangan to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan.
3-savol.Xristianlikning ilk tarixi qachondan boshlanadi?
Javobi: Xristianlik (yun. Christos-Xudo yarlaqagan vakil, xaloskor) –Rim imperiyasining sharqiy qismi (Falastin)da paydo bo‘lgan. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq
4-savol. Xristianlikning muqaddas kitoblari qaysilar?
Javobi: Xristianlikda Yangi Ahd tarkibiga kirgan Injil 4 qismga bo‘linadi:
Injilning dastlabki 4 kitobchasi Iso Masihning hayoti va ta’limotiga bag‘ishlangan, ular Matto (Matfey), Marko, Luka, Yuhanno (Ioann) bayon etgan Muqaddas xushxabar (Yevangelie) deb ataladi. Bu 4 kitob muallifining har biri Iso Masih shaxsiyati va faoliyatining alohida xususiyatlarini tasvirlaydi, to‘rtala kitob ham Isoning yo‘li va qayta tirilishi bilan yakunlanadi. Bu Injil xushxabarining markaziy nuqtasi hisoblanadi.
5-savol. Xristianlikda qanday bayram va marosimlar bor?
Javobi: Xristianlikning marosimlari-Tavba-tazzaru qilish marosimlari, Yeley surtish marosimlari,Miro moyi surtish marosimlari,Ruhoniy unvonini berish marosimlari, Nikoh marosimi,
Bayramlari-Rodjestvo, Pasxa,
Dostları ilə paylaş: |