4-savol. Shamanizm nima? Javobi: Shamanizm-(tunguscha shamon-o‘ta hayajonlangan, jazavali kishi degan ma’noni bildiradi). Sibirdagi turkiy halqlarda “shamon” so‘zi “qam” deb yuritilgan. Shomon qabila ruhoniysi bo‘lib, ruhoniylar ilohiy kuchga ega deb tushunganlar. Shomonlar urf odatlarini bajarishni tomoshaga aylantirganlar.
5-savol. Totemizm qanday e ‘tiqod? Javobi: Totemizm-(alkongin tilidagi “totem”-uning urug‘i so‘zidan, Shimoliy Amerika hindulari – ajivbe qabilasi tilida «ot-otem» so‘zi «uning urug‘i» ma’nosini anglatgan)-ibtidoiy jamiyatning ilk dinlaridan biri. U kishilarning ma’lum guruhi bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor, degan e’tiqodga asoslanadi.
4-mavzu: Milliy dinlarning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs e’tiqodini ta’minlashdagi roli 1-savol. Milliy dinlar deganda nimani tushunasiz? Javobi: Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo'lib, odatda, politeistiq ya'ni ko‘p xudolik dinlari bo'lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko'p xudolikning o'zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida – bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdek muhabbat va go'zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo'lgan.
2-savol. Yahudiylik dinining vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz? Javobi: Yahudiylik dini eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda Falastinda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan dindir. sosan yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 2 ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Arabiston yarim orolning shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Tankani bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Rossiya – Ispaniya davlatini tuzdilar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqlarining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Yahudiylik nomi Yahudo (Iuda) qabilasining nomidan olingan.