Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
96
«Инвестиции» darsligining muallifi, profes-
sor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyi-
dagicha tavsiflaydi: “…foyda olish yoki boshqa sa-
maralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga mam-
lakatning turli tarmoqlariga tadbirkorlik loyihalari,
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyi-
halarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan pul mab-
lag‘larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirish-
dir” [3].
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati
yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha
tavsiflangan:
− “investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy
samara olish maqsadida investitsiya sohasi
obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va
intellektual boyliklarni aks ettiradi” [4];
− “investitsiyalar deganda, foyda (daromad)
olish va investorlarning individual maqsadlari sin-
gari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida
iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tad-
birkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga
muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘nalti-
rilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan
xarajatlar yig‘indisi tushuniladi” [5].
Xorijlik iqtisodchi olimlardan U.Sharp, Kemp-
bell R.Millonell, Stanli, L.Bryu kabilar investitsiya-
larning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’rif-
larni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining
iqtisodiyot bo‘yicha laureati (1990-yil) U.Sharp
ta’kidlashicha: “…investitsiyalar kelgusida (ehtimol,
nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi
vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir” [6].
“Investitsiyalash” atamasining ma’nosini mana
bunday sharhlaydilar: “Kelajakda foyda olish uchun
bugun puldan ajralishdir” va hisoblaydilarki, mab-
lag‘larni yoki real, yoxud moliyaviy aktivlarga inves-
titsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi
mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun
pul bilan “xayrlashish”da ko‘radilar.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.Vaxa-
bov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminov, D.G‘ozibekov,
D.Tojiboyeva, G.Maxmudovalar tomonidan investit-
siyalarning iqtisodiy mohiyati yuzasidan ilmiy
izlanishlar olib borilgan va munosabat bildirilgan.
Jumladan, A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar
tomonidan investilsiyalarning mazmun-mohiyati
bo‘yicha bayon etilgan ta’rifda: “…investitsiyalar –
foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish
maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa
faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul mablag‘lari, bank-
larning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qim-
matli qog‘ozIar, texnologiyalar, mashinalar, uskuna-
lar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-
mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar”, −
deb ta’riflangan [7].
Prof. D.G‘ozibekov tomonidan investitsiyalar-
ning mazmuniga quyidagicha ta’rif berilgan: “…aniq
va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni
asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisob-
ga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlan-
gan samarani olishdan iborat bo‘ladi. Ana shu belgi-
lariga ko‘ra investitsiyalar boshqa qo‘yilmalardan
mazmunan farq qiladi. Bular barchasining asosida
kapitalning harakatlanish jarayoniga jalb etilishi
investitsiyalarning mohiyatini aks ettiradi” [8].
Shuni ham ta’kidlash joizki, D.G‘ozibekov
tomonidan investitsiyalarning makroiqtisodiy dara-
jadagi, makrodarajadagi va moliya nazariyasidagi
mohiyati to‘g‘risida ham fikrlar bildirilgan. Ishlab
chiqarish nazariyasi va umuman, makroiqtisodiyot-
da investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish
vositalari hamda inson kapitalini qo‘shib hisobla-
ganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa
investitsiya deganda, real yoki moliyaviy aktivlarni
olish tushuniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning
maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, biz-
ningcha, “Investitsiyalar bo‘sh turgan kapitalni iqti-
sodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga
keltirishdir”.
Bizga ma’lumki, iqtisodiy o‘sish investitsiya
resurslarisiz bo‘lishi mumkin emas, bu resurslar o‘z
mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga
qaratilgan mablag‘dir. Pul mablag‘lari shaklidagi
investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu inves-
titsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga
jalb etilgandan so‘ng real investitsiyalarga aylanadi
va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: