Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
98
kalava, infuziya va inyeksion qorishma ko‘rinishi-
dagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil
etish, Auminzo-Amantoy konlari hududida oltin
mavjud konlarda qazib chiqarish va qayta ishlash
bo‘yicha qurilish ishlari I-II bosqich, “Muruntau”
karyeriga qayta ishlov berish (V navbat) I bosqich,
texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha
majmua qurilishi (I-II bosqichlar), Toshkent metall
zavodi qurilishi va boshqa yirik investitsiya loyi-
halari doirasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar sabab
bo‘ldi. Shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investit-
siyalar hisobidan o‘zlashtirilgan ivestitsiyalar 2019-
yilga nisbatan 32,7 %ga kamaydi.
Buni o‘tgan yilda amalga oshirilgan sement
ishlab chiqarishni tashkil etish, “Tashkent city” XIM
hududida “Congress Hall” va besh yulduzli “Hilton”
mehmonhonasining qurilishi, metallni qayta ishlash
zavodi qurilishi, to‘qimachilik fabrikasi qurilishi va
boshqa loyihalar bo‘yicha investitsion faollik bilan
izohlash mumkin.
2020-yil yanvar-dekabr oylarida 86 647,0
mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning
42,9 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan
o‘zlashtirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar
tarkibida xorijiy investitsiyalar 32 847,2 mlrd.
so‘mni tashkil etdi va qolgan 53 799,8 mlrd. so‘m
xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan
joriy davrda 64179,9 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan
bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 22
467,1 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning
2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati
90,6 %ni tashkil etdi [11].
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O‘zbekiston
Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining
xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari,
shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali
iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga
qaratilgan faoliyati tushuniladi. “Tashqi iqtisodiy
faoliyat deganda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik
va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning
yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro
tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni
o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati
tushuniladi” [10].
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan
yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respubli-
kasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘l-
gan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga
olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat
bilan shug‘ullanishga haqlidir. Tashqi iqtisodiy fao-
liyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi
yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
− tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik
negizini shakllantirish va takomillashtirish;
− valyuta bilan tartibga solish;
− soliq bilan tartibga solish;
− tarif va notarif tartibga solish;
− O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy
manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompen-
satsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash;
− tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish
tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklov-
lar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eks-
port va import qilinishi ustidan davlat monopo-
liyasini o‘rnatish;
− eksport-import operatsiyalarini amalga
oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq ro‘y-
xatini belgilash;
− o‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi
qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik
(biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib
berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in quro-
lini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vosita-
larini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy
texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin
bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlarida
ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texni-
ka axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat
natijalariga nisbatan eksport nazoratini o‘rnatish;
− olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovar-
larni sertifikatlash;
− texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, vete-
rinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, eko-
logiya standartlari, talablari, qoidalari va normala-
rini belgilash;
− tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun
preferensiya va imtiyozlar berish [10].
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa-
cha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tash-
qi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
uni moliyaviy, valyuta, kredit, bojxona tarif va
tarifdan tashqari tartibga solish, eksport nazoratini
ta’minlash, tovarlarni olib kirish va olib ketish mu-
nosabati bilan sertifikatsiyalash sohasidagi siyosati-
ni belgilab olishdan iborat. Bunday boshqarishning
barcha yo‘nalishlari amaldagi qonunchilikka asosla-
nadi. Davlatning eng muhim vazifalaridan biri
tashqi iqtisodiy faoliyat va u asosida tashqi iqtisodiy
siyosatning boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik
qiladigan qoidasini ishlab chiqishdir.
Davlat tomonidan boshqarish (tartibga so-
lish)ning maqsadi barcha darajadagi, foydali tashqi
iqtisodiy faoliyatni ta’minlovchi huquqiy-iqtisodiy
va tashkiliy sharoitlarni yaratishdir. Bu bosqichda
eksportni rivojlantirish davlat dasturida belgilan-
gan strategik maqsadni amalga oshirish uchun sha-
roit yaratish zarur: eksport qilinadigan mahsulot
sifatini yaratish, eksportning tovar va geografik
tuzilmasini takomillashtirish kerak. Xalqaro ama-
liyotga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z strategik maqsadlarga
erishishiga yordam beradigan tashqi savdo sohasi-
dagi masalalarni hal etishi zarur.
Dostları ilə paylaş: