Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
95
Kirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida investitsiya faoliyati muhim ahamiyat
kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish dara-
jasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy
o‘sishi ko‘p jihatdan mamlakatdagi
investitsion ja-
rayonlarga bog‘liq. Har qanday jamiyatning baraqa-
ror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz tasav-
vur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu nar-
sa yaqqol namoyon bo‘lmoqdaki, har qanday mam-
lakatning bundan keyingi yuksalishi investitsiya-
larni jalb etish holatiga bog‘liq.
Barchamizga ma’lum, islohotlar va yangila-
nishlar o‘z-o‘zicha amaliyotga tatbiq qilinganda,
oxirgi, ya’ni yakuniy samara kutilganidek bo‘lmas-
ligi yoki kutilgan natijaga keyinroq erishish mumkin
bo‘ladi. Shuning uchun yangi iqtisodiy tizim va mu-
nosabatlarning qaror topishida barcha tarmoqlar
kerakli darajada hukumat tomonidan qo‘llab-quv-
vatlab boriladi, bu olib borilayotgan islohotlarninig
samarali bo‘lishini kafolatlaydi. Mamlakatimizda
iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni bosqichma-
bosqich asta-sekinlik
bilan amalga oshirish va bu
jarayonda davlatning bosh islohotchi vazifasini ba-
jarishi mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘ti-
shida o‘ziga xos turtki bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon
investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishni
tartibga solish borasida ko‘plab yangi va mamlaka-
timiz iqtisodiyoti uchun muhim qarorlar qabul
qilishni talab qiladi.
“Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samara-
dorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz
imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida xabardor qilish,
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish
sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ma-
halliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiq-
lashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017-2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strate-
giyasini “Faol investitsiyalar
va ijtimoiy rivojlanish
yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgi-
langan vazifalarni amalga oshirish maqsadida”
ko‘p-
lab ishlar amalga oshirilmoqda [1].
O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy in-
vestitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga
kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy
asoslarga ega. Lekin bu degani O‘zbekistonda xorijiy
investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib
bo‘lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga
tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexa-
nizmlarini takomillashtirish masalalari turadi. Ja-
hon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, strategik investor-
lar ko‘p miqdordagi mablag‘larni, birinchi navbatda,
iqtisodiyoti o‘z ichki imkoniyatlari asosida barqaror
va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga
yo‘naltiradi. Aynan
shunday mamlakatlardagina
qo‘yilgan mablag‘lar saqlanishi va barqaror foyda
olishga mo‘ljal qilsa bo‘ladi. Ichki va chet el inves-
torlarini, birinchi navbatda, minimal darajadagi
soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi
qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
MDH davlatlarining paydo bo‘lishi bilan xo-
rijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini amal-
ga oshirishdagi yangi
imkoniyatlar maydoni paydo
bo‘ldi. Shuni aytish kerakki, xorijiy investorlar bu
masalada katta tajribaga ega. Albatta, bu masala-
ning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomoni investitsiya-
lar qabul qiluvchi (MDH) davlatlar uchun zamona-
viy ishlab chiqarish vositalarini qabul qilishdagi
investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy
hol deb qarash kerak emas, chunki investitsiyalar –
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, uni olg‘a silji-
tuvchi kuch.
Mamlakatning
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, xorijiy
investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki,
har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon
tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning yetakchi
davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan
yutuqlarini qabul qilmasdan
rivojlanishi mumkin
emas. O‘zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy
islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilar
ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Globallashuv jarayoniga qo‘shilish
dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda
bo‘lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat
siyosatining o‘zaro manfaatli asosda bu davlatlar
siyosatiga mos kelishidir.
Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investit-
siya faolligi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining
kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlana-
yotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o‘tish
davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xal-
qaro mehnat taqsimotidagi roli ortib borayotganligi
ham unga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, glo-
ballashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish,
fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi, raqobatning
kuchayishi va boshqa bir qator omillar ham xosdir
[11].
Dostları ilə paylaş: