o’zini o’zi rivojlantiradigan va o’zini o’zi boshqaradigan tizim.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 1)iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari;
2)inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so’zsiz ehtirof etish va himoya qilish;
3)hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;
4)qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi;
5)hokimiyatning uchga bo’linishi va hokimiyatlarning o’zaro aloqasi printsipiga asoslangan huquqiy davlat;
6)siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;
7)so’z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
8)fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o’zaro majburiyatlari va burchlari;
9)sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;
10)odamlarning munosib turmush darajasini ta`minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.
Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko’rsatadi. Jumladan:
siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;
butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo’lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;
individlarni mulkka ega bo’lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi;
qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo’yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiybirlashmalarga birlashish imkoniyatlari;