Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida bugungi kunda iqtisodiyotning barcha jabxalarida keskin burilishlar, o’zgarishlar va rivojlanishlar sodir bo’lmoqda



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/19
tarix28.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#85930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida

1. Umumiy qism.
1.1. Detalni xizmat vazifasi.
Bizga berilgan detal ”Skalka” detali bo’lib u reduktorda ishlaydi. Tishli g’ildiragi uchun tayanch vazifasini bajaradi. B va E yuzalari bilan podshipniklarga o’rnatiladi.
Skalka ko’pincha uglerodli yoki legirlangan po’latlardan tayyorlanadi. Termik ishlanmaydiganlari Po’lat 5 markadagidan, termik ishlanadiganlari Po’lat 45 yoki Po’lat 40X tez aylanuvchi va sirpanish podshiklarida ishlaydiganlari esa Po’lat 20 yoki Po’lat 20X markali po’latlardan tayyorlanadi. Bizning detalimiz Po’lat 45 markadan tayyorlangan.
Po’lat 45 GOST 1050–60 materiali kimyoviy tarkibi.
1-jadval

S

Si

Mn

R

S

Ni

Cr

Ko’p emas

0.4÷0.45

0.17÷0.37

0.5÷0.8

0.045

0.045

0.30

0.30

Po’lat 45 GOST 1050-60 materiali mexanik xossasi.


2-jadval

σv

σv




£, %

HB

Kam emas

360

610

16

40

163÷229


1.2. Ishlab chiqarish turini aniqlash.


Har bir mashinasozlik korxonasi bir yil davomida ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulot va zaxira qismlarining ma’lumotiga ega. Bu ma’lumot ishlab chiqarish dasturi deb ataladi va unda ma’lumotni turi, soni, o’lchami va materiali to’g’risida ham yetarlicha axborot bor. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan tsexlar bo’yicha ishlab chiqarish dasturi tuziladi. Har bir mahsulot umumiy ko’rinishining chizmasi, detallarning ishchi chizmasi, yig’uv chizma, spetsifikatsiyalar va texnik talablar bilan boyitiladi.
Ishlab chiqarish dasturining xajmi, mahsulot tasnifi, jarayonning texnik va iqtisodiy shartlariga asosoan shartli ravishda uchta ishlab chiqarish turi mavjud: donali, seriyali, yalpi. Har bir ishlab chiqarish turi o’ziga xos tashkiliy shaklga ega. SHuni aytish kerakki, bitta korxonada xar-hil ishlab chiqarish turlari bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish turi va unga to’g’ri keladigan ishni tashkil qilish shakli tehnologik jarayonni tasnifini hamda uning tuzilishini aniqlaydi. SHuning uchun ham ishlab chiqarish turini aniqlash detalga mexanik ishlov berish tehnologik jarayonni loyixalashni boshlang’ich asosiy bosqichidir. Ishlab chiqarish turini jadvallar usuli bilan aniqlaganda detalning og’irligi va yillik ishlab chiqarish dasturi talab qilinadi.
Bunda N=1200 dona va m=0,301 kg bo’lganda ([10],2j,18b) ishlab chiqarish turi o’rta seriyali deb aytishimiz mumkin.
Berilgan yillik dasturga asosan ishlab chiqarish qadamini quyidagiifoda yordamida hisoblanadi.

bu yerda: – dastgohlarni bir yillik haqiqiy ishlash vaqti fondi; N=1200 dona – yillik ishlab chiqarish dasturi.
Bo’limdagi ish tartibi 2 smenali. Seriyali ishlab chiqarish turida detallarni partiyalarga bo’lib ishlov berish sababli partiyadagi detallar sonini hisoblab topish talab qilinadi.

bu yerda: a=3,6,12,24 kun – partiyadagi detallarni ishlov berishga kiritilish davri; F=254 kun – bir yildagi ishchi kunlar soni.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin