Tayanch suz va iboralar: soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, Davlat soliq xizmati organlari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalar.
1.Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi uchun ta’sir choralarini qo’llash tartibi
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqish tartibi O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi, “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Soliq to’g’risida qonun hujjatlarining buzilishi holatlari yuz berganda soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan soliq to’lovchilarga nisbatan Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi va tegishli tartibda tekshirish dalolatnomalari va ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomalarni tuzadi.
Sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarliklar qo’llaniladi.
Ma’muriy javobgarliklarning ayrim moddalari Davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari yoki boshliq o’rinbosarlari tomonidan qo’llanilishi mumkin. Qolgan barcha javobgarliklar sud tartibida amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish paytida davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 278-moddasiga ko’ra materiallarni prokurorga topshiradi.
2. Soliq to’g’risidai qonun hujjatlarining buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo’llash vakolatiga ega bo’lgan vakolatli shaxslar.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilanligi uchun ma’muriy huquqbuzarliklar bo’yicha ma’muriy jazo choralari ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 245-moddasiga asosan ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalar ko’rib chiqadilar.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 264-moddasiga muvofiq Davlat soliq organlariga, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalariga MJTKning 1591-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 164-moddasining birinchi va to’rtinchi qismlarida, 168, 171, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida4, 1754, 1755-moddalarida, 176-moddasining birinchi qismida, 1762, 1791, 1861, (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda) 2153-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning o’rinbosarlari hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig’i, uning o’rinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o’rinbosarlari, tuman va shahar bo’limlarining boshliqlari tegishincha Davlat soliq xizmati organlari yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining xududiy organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo’llashga haqlidirlar.
Dostları ilə paylaş: |